Айтганча, кўпчилик абитуриентнинг ID-рақамини қаердан аниқлашни билмаяпти. Бунинг йўли жуда осон.

Сизга берилган абитуриент рухсатномасининг энг тепасида 7 хонали рақам бор. Ўша сизнинг ID-кодингиз бўлади ва кирган ёки кирмаганингизни аниқлаш учун бу рақам сизга керак бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

2414 comments

Show 100 more comments
2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumot

Davlat test markazi tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020-yil 25-sentabr kuni soat 15:00 da e’lon qilindi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirdi.

Bunda 1 o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi.

2020-yil 2-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

👉 davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

👉 to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020-yil 26-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 2020-yil 28-sentabrdan boshlaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👊𝕷𝖔𝖈𝖍𝖎𝖓𝖇𝖊𝖐.𝖃𝖆𝖙𝖆𝖒𝖔𝖛.148👊
2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumot Davlat test markazi tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020-yil 25-sentabr kuni soat 15:00 da e’lon qilindi. Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirdi. Bunda 1 o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi. 2020-yil 2-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi. Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p). Shundan: 👉 davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p); 👉 to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi. Tanlov natijalariga ko‘ra: 👉 davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni; 👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi. Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan). Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020-yil 26-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlari mumkin. Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 2020-yil 28-sentabrdan boshlaydi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Shu gap rostmi
Jiyanim 89 ball to'plagan. Talabalikka tafsiya etilmabdi. Lekin 3-yo'nalishida 83 ball to'plagan abituriyent kontrakt asosida o'qishga qabul qilinibdi. U abituriyent 1-yo'nalishga kirgan. Qanday aniqlik kiritsam bo'ladi. Yoki kimga murojaat qilish kerak. Biladiganlar bo'lsa aytib yuboringlar
Topshirgan joylarining har 3 tasi gayam kirgan bo'lsa o'zi istagan joyini tanlashi mumkinmi shu haqida qanaqadur ma'lumotlar bormi iltimos habarlaring bo'lsa aytib yuboringlar
Bu yili 1-kurslarga onlayn boshlanadi degan gap rostmi ? Javob uchin oldinnan raxmat
$ STUDENT $
Bu yil institutga qabul qilinganlar qanday qilib institut bilan bog'lanadi? Talaba bo'lgandan keyin ham institutga taqdim etadigan hujjatlar bormi? Ularni qanday usulda institutga taqdim etamiz? Javob uchun oldindan raxmat
Diyorbek Jo‘raboyev
Imtixoni amaliy bo‘lganlarni javobini qayerdan bilsa bo‘ladii???
Biladiganlar bo‘lsa aytib yuboringlar
Ijodiy imtihonlar natijasini qayerdan bilse böladi
Мир
Ijodiy imtixonla xalii chiqgani yoo chiqsa fardu di kanaliga quyishadiii
ID raqam orqali dtm saytdan bilsa boladimi kim biladi qanday qilib
Sulaymanova Marvarid
Salom hammaga
Sulaymanova Marvarid
Oqiw 1 kursla ucun onlaynmi yoki borib oqiladimi
Мир
Ijodiiy imtixonlardi mandati qachon chiqadii
DILSHOD
Xushnudbek aka noturdowlarni perevot jovoblari xaligacha jovobi chiqmadi yordam bering???????????????????????????????????????????????????????????????
Мир
Ijodiyy imtixonlaa qachoon chiqadi bizz qancha kutamiiz yana iltimoos javob bervorilaa
1692 1692
3123269
Assalamu alaykum Xushnudbek aka! Iltimos super kontraktni miqdori kunduzgi bilan sirtqini farqi xaqida to'liqroq ma'lumot bersangiz. Bunday deyishimga sabab 5 771 349 so'mmi yoki 6 412 610 so'mni berilgan baravarida hisoblanadimi? Shu haqida ham ozroq ma'lumot bersangiz. Ma'lumot uchun oldindan rahmat.
ELDOR TOSHMURODOV
2930244
Show next 1 comment