❗️O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi malakali kadrlarni Markaziy apparat, hududiy boshqarma va mahalliy bo‘limlar masʼul lavozimlariga ishga taklif qiladi

Nomzodlar quyidagi manzil orqali onlayn ariza to‘ldirishlari va hujjatlarni elektron yuborishlari so‘raladi.

🗂Kerakli hujjatlar:
1. Shaxsiy maʼlumotnoma(CV yoki obyektivka);
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
3. Oliy taʼlim maʼlumotiga oid hujjatlar nusxalari;
4. 3x4 o‘lchamdagi fotosurat (oxirgi 6 oy ichidagi)

✅ Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash;
3. Suhbat.

🏢Agentlik xodimlarining maoshi egallagan lavozimidan kelib chiqib, o‘rtacha 3 -10 mln so‘mni tashkil etadi.

⚠️ Hujjatlar 2020-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

👉 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:@yoshlarmurojaatibot

544 comments

👍👍👍
Oliy òquv yurtini bitirgan bòlishi keremi
Ishga kirishga soqqa soʻrayotibdi hamma joyda
Talaba bolsa ham bolaveradimi
Bunga oqishni endi tugatganlar ham olinadimi yoki ish stajiga qarabmi
MUNIRA
universitetda uqib turib ishlasa ham buladimi
Assalomu aleykum
Òrta mahsus diplom bòlsa ham bòladmi agar hohish istag bòlsa ishlash uchin
Sirtqi ta'limda o'qisaham olishadimi?
Urta maxsus huquqshunoslik diplomi bilan ham ishga olishadimi
Bu qanday tashkilot?
Vazifalari nimadan iborat?
Institutni bitirib nima qilishga bosh qotgan) ;
Magistraturaga chet elga chiqish kerak, pandemiya tezroq tugasin!!!
Show next 100 comments