❗️O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi malakali kadrlarni Markaziy apparat, hududiy boshqarma va mahalliy bo‘limlar masʼul lavozimlariga ishga taklif qiladi

Nomzodlar quyidagi manzil orqali onlayn ariza to‘ldirishlari va hujjatlarni elektron yuborishlari so‘raladi.

🗂Kerakli hujjatlar:
1. Shaxsiy maʼlumotnoma(CV yoki obyektivka);
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
3. Oliy taʼlim maʼlumotiga oid hujjatlar nusxalari;
4. 3x4 o‘lchamdagi fotosurat (oxirgi 6 oy ichidagi)

✅ Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash;
3. Suhbat.

🏢Agentlik xodimlarining maoshi egallagan lavozimidan kelib chiqib, o‘rtacha 3 -10 mln so‘mni tashkil etadi.

⚠️ Hujjatlar 2020-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

👉 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:@yoshlarmurojaatibot

544 comments

Show 100 more comments
Бехзод
❄❄❄
Oliy ma'lumotliman.
Кайси йуналишдасиз
❄❄❄
Бехзод
Унда нега билмайсиз?
Matematika magistraturaga topshirdim. Ikkinchi mutaxassislikka hecham qiziqmagan ekanman.
.
Бу аник факт мисол уч армиядан келганлар леготаси бн кирадими укишка кизикмаса хам. Бу ерда укиман диганла укий олмай колаябти пул бн кирганла борми неча йиллар тайерланиб кира олмеканла канча булар кимларнинг эвазига укишка кира олмаябти купчилиб укиман диганлар? Кани энди айтинчи
nechta legotalik buladi uzi , uqib kirsa buladiku shuncha yildan beri shuncha odam kiryaptiku, baloham bulgani yuq, yaxshiroq tayyorlanish kerak, odam uzi kuchi yetadigan joyga topshirish kerak, Man kursda dars beraman. Mangaham har yili shu gapni aytib keladigan yangi o'quvchilar juda kup, aslini olganda lekin u 100 ball ololmagan o'quvchi. tugri manam legotaga qarshiman hech kim biror sabab bilan legota berish kerak emas. Kuchi yetsa uzi kirsin. olimpiadachi,zulfiya ,armest, milisani bachasi ham, ular ham bizday odam, shoxi yuq
Farrux Nizomov
Photo
hinduni rasmini quymang. bu bobo kimligini bilmaysizku. Bu odam islom diniga juda kup dushmanlik qilgan odam
❄❄❄
Rahmat.
7mln771 ming stipendiyasiz kantrakti ekan
Stipendiyali esa 12 mln 907 ming
Удаление Аккаунт
Assalomu alaykum! Xushnud aka nimaga aynan Oliy ma'lumotlilar hayronman yoshlar tashkiloti qobilyatli, tashabbuskor yoshlarni sinab ko'rib imkoniyat berishi kerak emasmi? Men sezib turibmanki, menga oxshab bu habarni katta qiziqish bilan o'qishgan lekin "oliy ma'lumot" so'zini o'qigach hafsalasi pir bo'lgani aniq. Qachon bizda qobilyatli lekin o'rta maxsuslarga imkoniyat berilarkin. Men bilgan ko'pchilik Yoshlar ittifoqi avvalroq "Kamolot" tashkilotida faol bo'lishgan hozir barcha diplomlarini tomga joylab Rossiyada. Ko'p tanigan yoshlar yetakchilari va tengdoshlarimga deyarli har kuni "Diploming bo'lganda falon yerga qo'yardim" boshqacha aytganda ularga shu bir hujjat yetishmadi. Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarorini eshitib hursand bo'lgandim ammo qarorda kvota juda kam yana qaror ijrosida tanlov kommisiyalari haqqoniy tashkil etilmay hududiy Kengashlarda Shunchaki maslahat qilinib biror Kengash xodimi yoki yaxshi tanish, piarchi Yetakchiga berib qoyiladigan bo'ldi. Ushbu masalaga yechim topishga bosh qotirilmas ekan shaxsan men yangi tuzilgan agentlikdan ham biror KAROMAT umid qilmayman. Ahir o'ylang o'z vaqtida "Kamolot"ni ham katta dabdaba bilan tashkil etgandik, ittifoq ham katta umidlar bilan tashkil topgan ilk yillarida zo'r ketdi. Keyin esa asta "Kamolot"ga oxshab bordi. Faqat qobilyatlilar uchun tanlovlar, keraksiz forum yoki anjumanlarga pul sarflashlar. Endi Agentlik bilasizmi biz vazirlik tuzsak ham shunday achchiq masalalarga ko'z yumaversa baribir vaqt o'tib yaqqol bilinib qoladi nima ishqilgani.
P.S. Meni yoshim 20 yosh, fuqaro sifatida o'z fikrimni bildirdim halos.
Mohihon Azizova
Ishga qabulga yosh chegarasi nechi yosh
......
Kimdur xujjat jõnata oldimi ishga kirishga
......
Yoki yolgonmi xammasi
Show next 100 comments