​​Онамга 20 минг сўм

“Жамият” газетаси бош муҳаррири Мақсуд Жонихонов Фейсбукда кундалик ҳаётимиздаги бир воқеани ёзиб қолдирди, шуни Сизлар билан улашгим келди:

“Ҳовлида озгина иш бор эди, вақт тополмай мардикор олиб келадиган бўлдим. Улар тўпланадиган жойга бориб машинани тўхтатгандим, 20-30 таси бирдан ёпирилди.

Кунига саксон мингдан чиқаман, нима иш бўлсаям қилавераман, деди бир йигит.

Унинг кўзларидаги қандайдир мунг мени фақат шу йигитни олиб кетишга ундади.

Одамзот қизиқ, ўзи 100 мингларни чамалаб келаётган эдим. Шундай бўлса-да, тортишдим:

— 60 минг бераман, гап тамом.

У бир муддат жим турди-ю машинага ўтирди. Уйга келиб кийимларини алмаштирди-да, ишни бошлади.

Ярим соатлар ўтгач бонкада совуқ чой олиб, унинг кийимлари ёнига қўяётганимда бир ёзув дафтарчасига кўзим тушди.

Ҳуснихатнинг чиройлилиги эътиборимни тортди. Унда "20.07.20. Ишим яхши бўлса, ойимга 20 минг, синглимга 20 минг, уйга 20 минг, майда-чуйдага 20 минг деб" ёзилган.

Лекин негадир “уйга 20 минг” деган ёзув устига чизиқ тортилган 😳

Демак, бу кела келгунча мендан оладиган пулини ҳисоб-китоб қилган. 60 мингга кўнмаса, ишсиз қолишини ўйлаб, айтганимга рози бўлган. Кейин оладиган пулининг уйга ишлатадиган қисмини ўчирган.

Одамлар бор, жарақ-жарақ пул топади, аммо синглиси ё опаси тугул туққан онасини ҳам бир йўқламайди.

Акалик, укалик, фарзандлик бурчини унутиб қўйган баъзилар эса давраларда ҳеч кимга гап бермайди, лекин суриштирсанг нечта ака-укаси борлигини ҳам эсидан чиқарган бўлади.

Шулар ҳақида ўйларканман, ҳалол меҳнати билан топадиган пули арзимас бўлса ҳам оқибатни унутмаган мардикор йигитга тан бердим.

Тан бериш билан қорин тўярмиди?

Ишни тугатгач, укамизга жуда яхши ишладингиз, ҳовлимни гулдай қилиб қўйдингиз, раҳмат, деб икки ҳисса пул бердим. У аввал унамади.

Энди фақат сизни опкеламан, қўлингиз гул экан, деганимдан сўнг рози бўлди, чеҳрасидаги мунг тарқагандай бўлди.
Ва дуо қилди.

Қалби соф, ҳалол, содда одамларнинг бундай дуоларидан кейин яйраб яшайсан...”

Пост тугади.


👉 @xushnudbek 👈

441 comments

Show 100 more comments
Jamshid
Шу болани телефони рақамини берганларингизда, иш чиқиб қолса, пулни бегона қилмасдик. Менинг тел. номерим 90 7162119
Илхом
Салом. Жуда таъсирли. Раҳмат Сизга!
кing
Doimiy iwlaw un davlat iwida iwlaw kk
Davlat iwida iwlaw un OTMga kiriw kk
OTMga kiriw un repititrga boriw ln bunga har kimni waroiti yetmidi yiliga 300-400$ bitta fan
Maktab prosta " òlgan " 😕
Endi kim aybdor???
Saparniyazov Inomjan
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka qalaysiz, ishlaringizga rivoj. 4 yildan buyon 06.01.06.- sabzavotchilik bo'yicha tajriba ishlarini olib boryapman, Nukus shahrida yashayman lekin tajriba maydon shahardan tashqarida, bu yil yakuniy bosqich edi pm.gov.uz ga ham yozdim ular o'zim ishlaydigan Nukus davlat pedagogika institutga borishni aytdi xullas koptok bo'lib har joyga uloqtirilib tamom bo'ldim. Borgan va telefonda gaplashgan hammasiga aytdim haftasiga bir marta shaxsiy mashinamda bir kun desam ham tayinli javob yo'q. Postdan ikki marta qaytib keldim. Tarozi, o'lcham tayoqlar va boshqa kerakli asboblarni olib yurishim kerak, shuni aytsam hech kim tushunmaydi. Oxiri sizdan yordam va maslahat so'ray deb kommen dan foydalandim, uzr. Javobini kutib qolaman, oldindan rahmat
Nigora Ramazonova
Birgina soz aytmoqchiman. Alloh rozi bulsin. Shunday insonlarga tassano aytish kerak
𝑺𝒉𝒂𝒉𝒛𝒐𝒅𝒂👩‍🎓
Judayam ta'sirli. Ba'zida koshkiydi bu dunyoda hech kim bunday qiyin vaziyatlarga tushmasaydi, hamma to'kin-sochinlikda yashasaydi degim keladi. Qaniydi hamma yaxshi inson bõlsa, insonlarga yaxshilik qilaverging kelsa. Ammo besh qõl barobar emasligini yaxshi bilamiz. Nima bõlsa ham, qalbi pok, samimiy, oltin yurakli insonlar albatta mukofotini oladi, inshaallah🤲
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Tasirli hikoya shunday insonlar bo‘rligi uchun dunyo juda ko‘p iflosliklarni ko‘tarib turibdi menimcha
Mirtulayeva Nargiza Gayratovna
Haqiqatdan kop mardikorlani kozi mungli boladi.Bizani uyga kegandayam rahmim keluradi 3 Mahal yaxshi ovqatlantirishga harakat qilaman.Hojaynimni kiyimlaridan beraman iloji boricha
Insofli diyonatli iymon etiqodli shunday insonla borakan bu dunyo uz joyida turibdi, bomasa....
Shuxrat Iskandarov
Инсонлигимизни йукотмайлик аслида хозирги шароитда купчиллик шу ахволда кун курмокда, лекин карантин деб бечора одамларни шу кунлик топишидан хам махрум килаяпмиз. Худо курсатмасин карантин койдасини буздингиз хурматли фукоро деб штаф езиб берса уйга деб чизилган 20000 мингни урнига штрафга деб 15 кун ишлайди. (15*80 000=1 2000 00) рахмат ажойиб пост учун.
Hozirgi kunda kunlik daromad bilan kun kechiradigan oilalarga juda og'ir bo'lib qoldi.

Haqiqiy erkak oilam deydi. Har kunda har sinovda va har doim. Shunday insonlarni yaratganning o'zi asrasin.

Sabr ortidan bir kun albatta quyoshli kun ham kelajak. Butun O'ZBEKISTONIMIZNI bu ofat kulfatlardan o'zi asrasin.
Ha, o'qib yurgan kezlarim dam olish kunlari "kunbay" (mardikorchilik desa orimizga tegardi)ga chiqardim. Yaxshi insonlar ko'p edi. Yomonlari oyog'i yerdan uzilganlari ham bor edi.
Har gal ishga chiqqanimda birinchi marta ishga chiqishizmi deb so'rashardi (nega bilmayman).
Qattiq, mensimay gapirilganda g'ururimni bosardim, zo'r bo'lsang nega kunbayga chiqding. O'sha damlar meni havolanib ketishdan saqlab, kimligimni eslatib turadi...

Bu ham hayotiy dars aziz yurtdoshlar....
Дилобар
Oilada yagona boquvchi bo'lgan odam yoki katta farzand qaysi biriga yetkazsin oilasini boqish uchun tirikchilik qilsinmi yoki repititorga borsinmi?
Ular tezroq maktabni tugatib ish topsayu oilasini ijtimoiy tomondan ta'minlashni o'ylaydi. Chunki muhtojlikda yashash ularni juda qiynab yuborgan bo'ladi.
Ular ham hamma yoshlar singari o'qigisi o'z bilimi bilan institutga kirib jamiyatga foydasi tegadigan inson bo'lishni xohlamaydi deb o'ylaysizmi? Afsuski, ularning muhtojlikda katta bo'lganliklari ularni avvalo pul topib ro'zg'orni but qilishga undaydi.
Lekin ilojsiz narsaning o'zi yo'q deganlaridek, ertami kechmi ijtimoiy holatni yaxshilab olib o'qishga kirish mumkin. Buning uchun hech qachon taslim bo'lmaslik va irodani kuchliroq qilish kerak. Hechdan ko'ra kech yaxshiroq.
Zokirjon
Gap yuq haqqatan juda ibratli hikoya ekan.bu hikoyani òqib uzim ham mardikorlikkga chiqgan kezlarim esimga tuwdi .
Jumayev Feruz.
Alloh rozi bulsin
Bir narsaga doim xudoga shukur qilib aytaman baxtimizga insofli, diyonatli, chindan ham yaxshi insonlar oramizda ko'p, bunday insonlar ko'payaversin ilohim, insofsiz, diyonatsiz, o'zligini va xudoni unutgan yomon insonlarga esa xudo insof va vijdon bersin, chunki hozirda oramizda yaxshi insonlar borligini el boshiga ish tushganda bilyapmiz, pandemiya davrida ham qo'ldan kelgancha yordam berishyapti, Olloh ulardan rozi bo'lsin.
Yana bir gap mardikorchilik qilib ko'p mushohada qilishga o'rganasiz. Ishchi izlab kelgan odamlarning turishi, gapidan qanaqa odam ekanligini taxmin qilib qolasiz...
Odamlarning mashinaga o'zini "urish"larini ko'rib OAVlarda "kar-kar" qiloyatganlarning gapi hayotga unchalik ham mos emas ekan...
Ko'p go'sht yeyapmiz deb narxini oshirishdi, non ko'p yeyapmiz deb unning narxini oshirishdi...
Ishqilib oxiri yaxshilik bo'lsin...
Allohni nomiga eslardik, eslamasak indamay yashardik...
Virus chiqib Allohni chin dildan eslaydigan, tavba qilib duo qiladigan bo'ldik...
200 kishilk to'y qilinsin isrofgarchilik bo'lyapti deganda xezlandik, mana 30 kishilik to'ylar ham bo'larkan-ku...
Mardikor -(tojikcha) mard ishchi degan ma'noni bildiradi, kuniga 100 Ming so'm topsa ham halol topadi, lekin haromdan millionlab pul topayotgan ayrim "insonlar" bularni o'zlaricha mensimaydi. Lekin ular bilishmaydi-ki, bu dunyodagi ko'zga ko'rinadigan moddiy boyliklarning hammasini qiymati - 0 teng.
Xullas, Allohim oxiratimiz uchun eng yaxshisini ravo ko'rsin. 🤲
Малика Бойназарова
Ассалому алайкум! Мана шундай таьсирли постларни укир экансиз, беихтие"р саньаткорларнинг соатига палон $га бораман дейиши гашингизни келтиради.Халол, пок ишлаб, яна шу топганидан онаси, опасига хам улуш ажратадиган иймонли инсонлар бор булсин.Токи хае"т шундай инсонлар хисобига бардавомдир.
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Kunlikka ishga chiqadiganlarga juda-juda qiyinligini men 3-4 yil oldin his qilgandim. Talabalik paytim mardikor bozorga ishga chiqib kun bo‘yi oyna tashib, abedda makaron yeb, kechga esa 18 ming so‘m ish haqi olganimda bilgandim. Juda xo‘rligim kelib ketdi o‘shanda... 18 ming so‘m😔😔😔 Olloh ularga kuch-quvvat bersin. Ana shu postdagi oilam deb yonib kuyadigan insonlarga pul topib aql topmagan insonlarni uyida ishlash nasib qilmasin. Faqat o‘ziga o‘xshgaganlarni uyida ishlasin...
Show next 100 comments