Тестда ҳар доим ҳам мантиқ ишлатиб бўлмайди-да, дейишмоқда. Тўппа-тўғри, барча саволларни ҳам фақат мантиқ билан топиб бўлмайди, умумий фактик билимлар ҳам керак бўлади. Аслида юқоридаги савол ҳам ҳеч қанақасига мантиқий савол эмас, у ерда аниқ факт сўраляпти. Аммо ушбу фактик саволни мантиқ билан ечса бўлади, демоқчиман. Чунки мантиқий фикрлашингиз яхши бўлса, тест ишлаш тактикасида сизга катта ёрдам беради. Ўзи умуман олганда мантиқий фикрлаш ҳаётда ҳам кўп асқатади.

Кейин айримлар математикада мантиқий фикрлаш ўтмайди, дейишибди. Ия, ҳамма мантиқ математикада-ку! Математикани яхши ўқиганларнинг мантиқий фикрлаши кучли бўлади, мантиқий фикрлаши кучли инсонлар математикани яхши ўзлаштиришади. Фақат формула ёдлаш ёки қўшиш/айиришни билиш билан математикада натижа кўрсатиш имконсиз.

Математика фанидан бугун менга тушган бир савол эсимга тушиб қолди:

❓Фақат 0 ва 3 рақамларини ишлатиб нечта 3 хонали сон ҳосил қилиш мумкин?

Мана бунга аниқ мантиқ керак. Қани, сиз ҳам шу саволнинг жавобини топиб кўрингчи.

P.S.: ушбу саволлар мажбурий блокдан олинган, шу сабабли бирмунча осон. Мутахассислик блокида мураккаб саволлар ҳам бор.


👉 @xushnudbek 👈

985 comments

Show 100 more comments
Shahlo Asadova
Generous
0chi
Nma 0
Shahlo Asadova
Nma degani u va yoki Bu yerda takrorlanmasin demaganku 333 ni ham olsak boladiku
Endi takrorlanmasin deb yozsa qanaqa test bo‘lardi bu?Ozgina mantiq yuritish kk
Hammasi menmcha ikki uch yil oldingi tushgan testlardan anchagina oson menimcha. Davlatimiz talabalarni oʻylab shuuncha oson va qulayliklarnk yaratib berdi. Abiturientlardan esa shunchaki oʻqish va uqish talab qilinyapti. Bu menmcha qaytaraman qiyin emas. Testlar qyin boʻlyapti deb chiqayotganlar shunchaki oʻqishmaganligini yashirish uchun topgan bahonasi. Adolat nima boʻlganda ham ustun turadi. Oʻyin boʻlyapti deb shubha qilayotganlar agar sz aqlli va oʻz vaqtda zoʻr oʻqib qoʻygan boʻlsangiz nimadan qoʻrqasz. Sz maksimal balni toʻplab qoʻyingchi kirolmasmikinsz?! Turli tarqalayotgan mishmishlardan qoʻrqmaslik uchun ham profesional qilib oʻqib qoʻyish va keyiin talab qilish kk.
Otabek
Ishonmayman
Men sizni ishontirish uchun yozmadim. Fakt gap bor!!!
003, 030, 300, 330, 303, 033 uch honali boʻlgani uchun har raqam uch marotaba ishtiroq eta oladi
🌹بنت فخر الدين🕊
Man o'zimga huddi shu savol tushdi. Savolda 0va 3soni qatnashgan nechta 3xonali son.bor deyilgan edi. Faqat 0va 3 soni qatnashgan deyilmagandi
"Faqat" degan shart keyinroq qo'shib qo'yildi.
300 303 330 333
Nodirbek Shaxribonu
Urazimbetov Azamat
KEcha imtihon toshirdingiz Xushnud aka. Lekin o‘qimayman dedingiz. Siz olgan ball boshqa abuterientlarning super kantrakt to‘lashiga savbabchi bo‘b qoladiku. Sababi bir o‘rinni band qilib qoladiku. sHuncha mehnati zoya bo‘lmaydi?
Nega band qiladi.Odamlargayam xayronson hamma wunaqa deyapti nega topwirdiz oqimasayiz deb wunchaki test jarayonlarini kuzatgani kirdim oqimayman dedilar.Ballari yuqori chiqsa lekin abiturent oqimayman desa o'z o'zidan undan pastda turgan abiturent imkoniyat beriladi.Shunday qilib ro'yhat yana bitta bitta suriladi.Va boshqalarga yo'l ochiladiku
Show next 100 comments