⚡️Ўқишни кўчириш (тиклаш) учун ариза юборганлар диққатига!

Ўзбекистондаги давлат ОТМдан бошқа ОТМга ва бир ОТМ доирасида ўқишини кўчириш (тиклаш) мақсадида transfer.edu.uz электрон тизими орқали онлайн рўйхатдан ўтган талабалар (фуқаролар)нинг аризалари тўлиқ кўриб чиқилди, деб хабар бермоқда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги.

Aйрим аризалар маълум бир сабабларга кўра рад этилган.

❗️Рад этилган аризаларнинг камчиликларини бартараф этган ҳолда таҳрирлашнинг СЎНГГИ МУДДAТИ 2021 йил 13 август куни соат 23:59.

❌ Ушбу муддатдан сўнг аризаларни таҳрирлаш имкони бўлмайди.

‼️Ушбу муддат ичида камчиликлари бартараф этилмаган AРИЗAЛAР КЎРИБ ЧИҚИЛМAЙДИ.

☝️Рўйхатдан ўтган барча талабалар (фуқаролар)дан ўзларининг шахсий кабинетларига кириб (рўйхатдан ўтишдаги логин ва парол орқали), аризаларининг кўриб чиқилиш ҳолатини доимий кузатиб боришлари сўралади.

P.S.: бу ерда гап хориждан ва нодавлат ОТМдан ўқишни кўчириш ҳақида кетмаяпти.


👉 @xushnudbek 👈

3402 comments

Show 100 more comments
Mani arizamni statusi kurib chiqilmoqda deb turibdi Xurshid aka tuliq kurib bulinmamagan
Bu dtm ku aralashtirmen
⚜GuGu⚜408⚜
Invoys raqami qattan ko‘rsa bo‘ladi. Man to‘omiyamanu
Сайтмзга кирсангиз қўшилибди энди хали хам йўқ эди
Sukhrobbek™
Qabul qilinibdi
Menga ham orgating lichga otib iltimos
@xushnudbek meni arizam qabul qilinibdi. Endi keyingi bosqich qanaqa
Нигина
Sherzod Jumayev
Menga ham orgatvoraszmi iltimos
Yuklab olish, degan joyga kirsez uzgargan qabul qilindi deb chiqadi
Qabul qilindi degani kuchirildi deganimi
Hali kopchilikda korib chiqilmoqda deb turibdikuu
Assalamu Alaykum ishchi guruh tomonidan kurib chiqilmoqda deb yozilgan
Qilichova Maftuna
Arizani yuklab olingla wunda stsus.aniq.kurinarkan qabul yoki qabul qilinmagani
Assalomu alekom bizng arizamiz hali hamon kurib chiqilmoqda deb yozilgan holatdaku qanaqasiga hamma arizalarni kurib chiqishdi
Marjona Bobosherovna 121-guruh talabasi
Manga 10avgustda kòrib chiqilyapti degan xabar kelgan ekan bugun kòrdim bu degani rad etildi.degani.masmi.hozir kirib kòrsam yana shu avhol
Yòq, kanalga tashalgan xabarda barcha arizalar kòrib chiqilib, ba'zi arizalar rad etildi deyilgan. Bu degani dastlab arizalar ma'lumotlar tòģri kiritilganligi va hujjatlarida kamchilik yòqligi buyicha tekshirildi, hujjatlarida kamchiligi bor talabalarga xabar berildi. Endilikda kimda kòrib chiqilmoqda deb yozib quyilgan bulsa, ularning arizalari asosliligi bòyicha kòrib chiqilmoqda yoki kòrib chiqiladi, albatta navbati bilan. Sizga rad etildi deb xabar jònatilmagan bòlsa demak xavotirga hojat yòq.
Yaxshimisla uzb ichidagi perevoda imtixon bòladi db eshitdm shunaqa bòladimi rostan
Iltimos @Narzullayeva_sevara meni ham perevodimni korib beringizlar shu profilga yozingizlar biladiganlar
Show next 100 comments