⚡️Ўқишни кўчириш (тиклаш) учун ариза юборганлар диққатига!

Ўзбекистондаги давлат ОТМдан бошқа ОТМга ва бир ОТМ доирасида ўқишини кўчириш (тиклаш) мақсадида transfer.edu.uz электрон тизими орқали онлайн рўйхатдан ўтган талабалар (фуқаролар)нинг аризалари тўлиқ кўриб чиқилди, деб хабар бермоқда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги.

Aйрим аризалар маълум бир сабабларга кўра рад этилган.

❗️Рад этилган аризаларнинг камчиликларини бартараф этган ҳолда таҳрирлашнинг СЎНГГИ МУДДAТИ 2021 йил 13 август куни соат 23:59.

❌ Ушбу муддатдан сўнг аризаларни таҳрирлаш имкони бўлмайди.

‼️Ушбу муддат ичида камчиликлари бартараф этилмаган AРИЗAЛAР КЎРИБ ЧИҚИЛМAЙДИ.

☝️Рўйхатдан ўтган барча талабалар (фуқаролар)дан ўзларининг шахсий кабинетларига кириб (рўйхатдан ўтишдаги логин ва парол орқали), аризаларининг кўриб чиқилиш ҳолатини доимий кузатиб боришлари сўралади.

P.S.: бу ерда гап хориждан ва нодавлат ОТМдан ўқишни кўчириш ҳақида кетмаяпти.


👉 @xushnudbek 👈

3402 comments

Show 100 more comments
Axir qabul qilindi, yoki rad etildi xabari boladi deyishdiyu postda nega aniq bolmaydi
Siziki qabul qinibdi..
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.
Men o‘tgan yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida maqsadli kvota asosida davlat grantiga o‘qishga kirdim va birinchi kursni tugatdim.
Bu yil kanalingizdagi bir xabarda OTM talabasi ham topshirsa bo‘ladi deb aytgan ekansiz.Men topshirdim va hozircha Toshkent tibbiyot akademiyasiga mandat.dtm.uz sayti ko‘rsatishi bo‘yicha kirib turibman(tibbiyot yo‘nalishiga imtihonlar tugadi menimcha).Agar men kirsam Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qimoqchiman.Bu borada hech qanday muammo yuzaga kelmaydimi?Menimcha yana topshirib kirgan talabalar bir men emasman shu haqida ham @xushnudbek kanalingizda ham post yoki audioxabar qilib tushuntirish bersangiz iltimos.Oldindan rahmat.
𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛
Прокурор Республики Узбекистана
Xc narsa joylaw wartmas
Рахмат.Диме кушимча хужат жойламаганимга аризами рад этишмас
Kasha bizda yangilik emas
Hamroyeva Mohichehra
Temurxon noo‘rin yozgan bo‘lsam uzr lekin iqtisodiy sharoiting to‘g‘ri kelmay farzandlaringdan birini o‘qitishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa qay birini tanlashga ojizlik qilar ekansan. Demoqchi bo‘lganim cho‘kayotgan odam NAJOT TOPARMIKANMAN DEB XASGA HAM TIRMASHADI. Men xuddi shu xolatdaman. Ariza tashlagan kunimdan boshlab natijasini intizorlik bilan kutaman. Xushnudbekni kanalini doimiy kuzatib boraman. Biror bir xabar nazoratimdan chetda qolmaydi. Javoblar chiqdi degan xabarni o‘qib ariza doimgidek holatda turganligini ko‘rib shu kanalga yozishga majbur bo‘ldim. Siz tashlagan holatdagi ariza o‘qishni ko‘chirilganligini izohlaydimi. Agar arizamni javobi shunday deb kelgan bo‘lsa farzandimni o‘qishini ko‘chirilganligidan dalolatmi.
Iroda
Biznikida yanglik yuq
Ariza tarixizga kiring.arizezi qaytadan yuklab oling
Show next 100 comments