⚡️Ўқишни кўчириш (тиклаш) учун ариза юборганлар диққатига!

Ўзбекистондаги давлат ОТМдан бошқа ОТМга ва бир ОТМ доирасида ўқишини кўчириш (тиклаш) мақсадида transfer.edu.uz электрон тизими орқали онлайн рўйхатдан ўтган талабалар (фуқаролар)нинг аризалари тўлиқ кўриб чиқилди, деб хабар бермоқда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги.

Aйрим аризалар маълум бир сабабларга кўра рад этилган.

❗️Рад этилган аризаларнинг камчиликларини бартараф этган ҳолда таҳрирлашнинг СЎНГГИ МУДДAТИ 2021 йил 13 август куни соат 23:59.

❌ Ушбу муддатдан сўнг аризаларни таҳрирлаш имкони бўлмайди.

‼️Ушбу муддат ичида камчиликлари бартараф этилмаган AРИЗAЛAР КЎРИБ ЧИҚИЛМAЙДИ.

☝️Рўйхатдан ўтган барча талабалар (фуқаролар)дан ўзларининг шахсий кабинетларига кириб (рўйхатдан ўтишдаги логин ва парол орқали), аризаларининг кўриб чиқилиш ҳолатини доимий кузатиб боришлари сўралади.

P.S.: бу ерда гап хориждан ва нодавлат ОТМдан ўқишни кўчириш ҳақида кетмаяпти.


👉 @xushnudbek 👈

3402 comments

Show 100 more comments
Men yozgan ariza ham 11 kundan beri ko’rib chiqilmoqda deb turibdi hali ham ko’rib tugatgani yo’q bular
Jumayev Jaloliddin
Assalomu alaykum o'qishni ko'chirishdagi loginni unutganlar (behosdan o'chirib yuborganlar uchun)qayta tiklashning iloji bormikan.
Men ham o'qishimni perevod qilish uchun ariza topshirgandim.
Arizam hali ham ko'rib chiqilmoqda deb turibdi.
Transfer.edu.uz saytida ham ko'rib chiqilgan arizalar soni 26ta turibdi.
Korib chiqilmoqda diyabdi nga ertaga rat bolib qolsa nima qilamiz
Arizalar rostan ko'rib chiqildimi yo'qmi aniqlik kiritilsa yaxshi bo'lardi
Nazarbayev Abbos
Rad etildi degani bolsa nima qilishimiz kerak??
Assalomu alekum ariza kõrib chiqiliyapti deyapti ertaga oxirgi kun deyishyapti qanday bilsak buladi
Assalomu alaykum.
O'qishni ko'chirish bo'yicha arizani tahrirlash muddati 13-avgust deyilgan.
Lekin hozir tahrirlaymiz desak, ko'rib chiqilayotgan vaqtda tahrirlash mumkin emas deb chiqyapti.
Qanaqa qilib tahrirlash mumkin?
Xushnudbek akaga savollarni qanday yòllash mumkin
Iltimos kimdir bilsa aytvoringizlar
Saida Raximova
2 chi faylga talabalik guvohnomasi tashaladimi?
Assalomu alaykum hammaga oxirgi imtixon qaysi kuni ekan bilmaysizlarmu
Nigora Muhammadjonovna
Test javoblari nechchida koʻrinadi
Гулхаё Чориева
Assalomu alaykum. Parol esdan chiqgan bo‘lsa, uni tiklashni iloji bo‘lmayapti. Qanaqa qilib tiklasa bo‘ladi
Menga bitta ham emas 3marotaba arizangiz qabul qilindi deb sms keldi oʻqishingiz koʻchirildi degan 1ta sms yetadi iloyim oʻqishni koʻchirishda hammani omadini bersin 🤲🤲🤲
Iltimos qilamiz Xushnud aka savollarimizga javob bering
Assalomu aleykum transfer.dtm.uzga kirsak ruhsatnoma olish uchun serverninig ichki xatoligi yuz berdi deb yozib chiqbti qanaqa hatolik tushinarsiz holat, Tolov qilishimiz kerakkuu qanday yol tutaylik Xushnudbek aka
Ko'rib chiqilmoqda bo'lib turibdi qachon ko'rib chiqishadi
Show next 100 comments