Yaponiyada ishlashim davomida juda ko'p managerlarni ko'rdim.
Biri Micro Management, Biri imkoniyat bermaydi, Biri juda katta erkinlik beradi, biri qattiq qo'l, biri juda yumshoq.
To'g'risini tan olish kerak, birlari bilan ishlashga odam zerikardi, birlaridan odam motivatsiya olar edi.
Lekin bitta narsa, hammalaridan hech bo'lmasa bitta bilim olishga, ulardan bilim o'g'rilashga harakat qilar edim.
Bir zo'r kishini hamma tomonini o'zingizga olishingiz qiyin, lekin har xil odamlardan o'zingizga kerak bilimlarni, skill-larni olish imkoniyati bor.
Bugungi mavzu o'rtoqlar: Har kimdan bizga eng kerak bo'lgan, ISH O'G'RILAYMIZ!
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook