❗️Ногиронлиги бор абитуриентлар диққатига

Қонунчиликка кўра, 1 ва 2-гуруҳ ногиронлари учун ўқишга киришда тегишли имтиёз берилади, аниқроғи улар учун умумий квотанинг 2%и миқдорида давлат гранти учун алоҳида жой ажратилади.

Ногиронлиги бор шахслар учун қўшима квота мана бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/10119

Аммо айрим ногиронлиги бўлган шахслар ДТМ сайтида рўйхатдан ўтган пайтда уларнинг ногиронлигини тасдиқловчи маълумот кўринмаётган экан. Бу эса уларнинг алоҳида квота бўйича танловда қатнашишига тўсқинлик қилади. Абитуриентлар ДТМ сайтида ногиронлиги борлигини ўзлари кўрсата олмайди, анкетада бунақа банд йўқ.

Мазкур масалага аниқлик киритиш учун тегишли мутасаддилар билан боғландик. Уларнинг маълумот беришича, ҳозирда максимал даражада барча ногиронлиги бўлган шахсларнинг маълумотлари ДТМ базасига киритилган. Фақат маълумотларни электронлаштириш чоғида айрим шахсларнинг маълумотлари қолиб кетган бўлиши мумкин. Агар ногиронлиги бор шахслар мурожаат қилган тақдирда улар тезда муаммони бартараф этишларини маълум қилди.

Шу сабабли биз марказлашган ҳолда ногиронлиги бор шахсларга ёрдам бериш мақсадида махсус анкета тайёрладик.

❗️Агар қайси абитуриентнинг ногиронлиги борлиги ҳақидаги маълумот ДТМ сайтида кўринмаётган бўлса, қуйидаги анкетани тўлдиришингизни сўраймиз, биз тезда мутасадди шахсларга буни етказамиз ва муаммонгизни ҳал қилишга кўмаклашамиз.

Анкетани тўлдириш:
📲 https://forms.gle/E3b9cxhv2wMwMCVZ8


ℹ️ ушбу анкета фақат ДТМ сайтида рўйхатдан ўтган ҳамда имтиёзлар бўлимида ногиронлиги борлиги ҳақида маълумот кўринмаётган абитуриентлар учун мўлжалланган.


👉 @xushnudbek 👈

119 comments

Show 59 more comments
bu juda muommo boldi bugunni ozida 12 ta nomerga tel qildik hamma bir birga otqazishadi legota boyicha . biz ham hujjat topshirdik lekin imtiyoz yoq chiqmadi kiritilmagan ekan. soglqini saqlash vazirligi ushbu raqamni berdi 71 241 05 31 lekin ertalabdan beri bu raqam ishlamayapti. Shu nomer mobodo ishlab qolsa keyin hal qilib berishi mumkin ekan . Buyogi juda sarsongarchilik bop ketdi.. Oliy talim vazirligiga murojaat qilgandik ular test markaziga murojjat qiling dedi. Test markazi sog'liqni saqlash vazirligiga murojaat qil dedi .Lekin aniq javbob yoq shu masalni hal qilib berishsa yahshi bolardi.
Assalomu alaykum OTM da oqiyotgan talaba yana oqwga abituriеnt sifatida hujjat topwirsa boladimi topwirgandan keyin oqiwdan haydalmaydimi km bilsa aytvorilar
Assalomu alaykum Xushnud aka. Avvalo abituriyentlar va talabalarga berayotgan beminnat yordam uchun sizga rahmat. Uncha buncha odam bunga vaqt sarflab õtirmaydi va qandaydur javobgarliklarga duch kelmay deb tomoshabin bo‘lib ôtiraveradi. Meni shunday savolim bor edi. Aziz_ayol.uz dan Tavsiyanomaga ariza berdik va berildi deb sms keldi. Uni elektronniy fayldan chiqartirib olmoqchi bo‘ldik iloji bo‘lmadi. MFY dan so‘rasak ular ham uddalay olmadi. Qayerga murojaat qilishimizni maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat. Ishlarizda omad.
Maqsadli qabul nima? Tushuncha bervoring iltimos shu narsa barcha abituriyentlarni õylantiryapti.
Mr.BETTER
Yuqoridagi maqsadli qabul xaqida xam ozgina tushuncha bersangiz, koplab abituriyentlar, jumladan o'zim xam bu narsaga unchalik tushunmadim
maqsadli qabul, navoiy ped institutda, chirchiq ped institutda, tosh med institutda va yana 1-2tasida bor, kop instda(universitetda) yoq, maqsadli qabul tumanda yetishmayotgan kadrlar uchun ajratilgan, masalan chirchiq ped institutni my.dtm.uz da ochsang tumanlarga ajratib berilgan grantlar, bekobodga 2 ta ...
Кар соқовлар хам топширса бўладими. Шуниким билади.
Имтхон қай тартибда бўлади уларга.
san ham yoq ma'lumotni tarqatuvchi bo'lyabsan, tayyorgarlikni yaxshila
Sharifboy Ozodov
Nogironligi borlar boshqa viloyatga o'qishga kirsa o'zini viloyatiga o'qishni ko'chirsa davlat granti saqlanib qoladimi
ДИЛДОРА АХАТОВА
Ногиронлиги бор абитуриентнинг хаммаси хам билимли бўлсайди,афсус олий таълимга турли имтиёзлар билан кирганларнинг кўпи билимсиз,,,
Davlatimizga ming rahmat nogironlarni ham oylagani uhcun .Nima nogironlar odammasmi ? Ularni balkim bilimi juda zor emasdir lkin ulanri ham yahshaga haqqi bor . Ularning imkoniyati cheklanganini ularning aybi emasku. Ular ham hayot yolini tanlashga haqqi bor aks holda bir umr kimgadir qaram bolib qoladi . aslida soglomlar bilimi bilan nogironlardan kora ancha katta yutuqlarga erishishi kerak deb oylayman. sizning bu fikringizni keskin qoralayman. Nogironlarga imtiyoz berilishi bu davlat rahbarining ularni qanchalik oylaganini bildiradi.
Hech kim javob bermaydimi
Ismoil Adizov
topshirsa bo'ladi, hch qanday chkelov yoq
Agar kirolmasa keyin eski yonaliwida 2 kursdan oqiwni davom ettiradmi
𝑀𝑜𝒽𝒾𝓃𝓊𝓇
Nimaga my.dtm.uz ishlamayapti yonaliwni tanlab bomayapti 5 oliygoh ham ciqmayapti nima un
Assalomualaykum iltimos hech kim bilmaydimi oilasida nogironligi borlarga imtiyoz bormi yo'qmi? Shuningdek bir ko'zi protez lekin o'zining nogironligi yo'q. Shunga qanaqadir imtiyoz bormi? Kimda ma'lumot bo'lsa aytvoringlar iltimos!
Олимжон Холиков
Салом Хушнидбек ака. Журналистикада топширганларга ижодий имтихон бўладими. Рахмат.
Nega hech kim javob bermaydi unda muhokamani yopb qoyinglar
Harbiy imtiyoz beruvchi hujjatda hatolik bulsa chi
Show next 39 comments