❗️Ногиронлиги бор абитуриентлар диққатига

Қонунчиликка кўра, 1 ва 2-гуруҳ ногиронлари учун ўқишга киришда тегишли имтиёз берилади, аниқроғи улар учун умумий квотанинг 2%и миқдорида давлат гранти учун алоҳида жой ажратилади.

Ногиронлиги бор шахслар учун қўшима квота мана бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/10119

Аммо айрим ногиронлиги бўлган шахслар ДТМ сайтида рўйхатдан ўтган пайтда уларнинг ногиронлигини тасдиқловчи маълумот кўринмаётган экан. Бу эса уларнинг алоҳида квота бўйича танловда қатнашишига тўсқинлик қилади. Абитуриентлар ДТМ сайтида ногиронлиги борлигини ўзлари кўрсата олмайди, анкетада бунақа банд йўқ.

Мазкур масалага аниқлик киритиш учун тегишли мутасаддилар билан боғландик. Уларнинг маълумот беришича, ҳозирда максимал даражада барча ногиронлиги бўлган шахсларнинг маълумотлари ДТМ базасига киритилган. Фақат маълумотларни электронлаштириш чоғида айрим шахсларнинг маълумотлари қолиб кетган бўлиши мумкин. Агар ногиронлиги бор шахслар мурожаат қилган тақдирда улар тезда муаммони бартараф этишларини маълум қилди.

Шу сабабли биз марказлашган ҳолда ногиронлиги бор шахсларга ёрдам бериш мақсадида махсус анкета тайёрладик.

❗️Агар қайси абитуриентнинг ногиронлиги борлиги ҳақидаги маълумот ДТМ сайтида кўринмаётган бўлса, қуйидаги анкетани тўлдиришингизни сўраймиз, биз тезда мутасадди шахсларга буни етказамиз ва муаммонгизни ҳал қилишга кўмаклашамиз.

Анкетани тўлдириш:
📲 https://forms.gle/E3b9cxhv2wMwMCVZ8


ℹ️ ушбу анкета фақат ДТМ сайтида рўйхатдан ўтган ҳамда имтиёзлар бўлимида ногиронлиги борлиги ҳақида маълумот кўринмаётган абитуриентлар учун мўлжалланган.


👉 @xushnudbek 👈

119 comments

Show 76 more comments
Олимжон Холиков
Салом Хушнидбек ака. Журналистикада топширганларга ижодий имтихон бўладими. Рахмат.
Nega hech kim javob bermaydi unda muhokamani yopb qoyinglar
Harbiy imtiyoz beruvchi hujjatda hatolik bulsa chi
Charos
Nimaga javop bermayapszlar
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka. Yaratgan Haq taolo qilayotgan ishlarizdan rozi bo'lsin!!! Ilmingizni bundanda ziyoda qilsin.. Barchasi uchun sizga va davlatimizga rahmat!
Shodiyor
Zòr ish bòpti savobli
Shodiyor
Zòr ish bòpti savobli
Урозова Барно
Eee saytlaringni ishlatib quyinglaring e har kuni yangi qonun chiqarib asabga tegavermay
Assalom aleykum hammaga perevod qilish uchun transkript originali bolishi kerakmi yokida skaner shakli ham bolaveradimi
Assalamu aleykum , umumiy savol bor edi magistaturaga TDYU ga Iqtisodiyotni tamomlaganlar xujjat topshirsa bõladimi oldindan rahmat,
Assalomu alaykum allohga shukur bizni savolimizga ham e'tibor qaratilibdi. Kecha bo'lgan konfrensiyani ohirigacha gapirmoqchiman belgisini yoqib o'tirib navbat ololmagan edim. Shunday bo'lsada e'tibor qaratgan Xushnud akaga rahmat.
Aka yana bir savolda: silka beribsiz ma'lumoti chiqmayotganlar anketani to'ldirsin. deb ularga qo'limdan kelganicha yetkazishga harakat qilaman. ammo internetni tushinmaydigan uni ishlatishni bilmaydiganlari juda ko'p. rosti biz biladiganlar ular nomidan to'ldirib berishga harakat qilamiz. Bordi-yu ulgirolmasak nima bo'ladi? Undan ko'ra imtiyoz bo'limiga imtiyoz qo'shish funksiyasini my.dtm.uz ga kiritishsin. vaqt oz qolyabdi. Ahir o'tgan yili bu funksiya bor edi-ku.
Maxfuza
Assalomu aleykum mavzu yuzasidan savolim bor edi
Faqat pensiya oluvchilar nogiron hisoblanadimi .men ham ikkinchi guruh nogironiman bitta buyragim olib tashlangan lekin pensiya olishni istamaganman lekin meni nomim hech qayerda chiqmayapti
Otgan yili murojaat qilganimda bu haqda hech qanaqa malumot yoq deb javob berishgandi endi bu yil ham shunaqa boladimi. men qanday qilib shuni hal qilsam .ozi pensiya olmaganimni sababi nogiron deb odamlar qarashmasligi uchun edi .endi buni isbotlash uchun doxtirma doxtir yurib balnitsada yotib isbotlashim kerakmi.Xushnud aka iltimos shu masalani hal qilishga yordam bering men nogironlarga beriladigan imtiyozdan hammaga jar solmasdan reklama qilmasdan
Foydalanmoqchiman .Yordam bering oldindan raxmat
Maxfuza
Assalomu aleykum mavzu yuzasidan savolim bor edi Faqat pensiya oluvchilar nogiron hisoblanadimi .men ham ikkinchi guruh nogironiman bitta buyragim olib tashlangan lekin pensiya olishni istamaganman lekin meni nomim hech qayerda chiqmayapti Otgan yili murojaat qilganimda bu haqda hech qanaqa malumot yoq deb javob berishgandi endi bu yil ham shunaqa boladimi. men qanday qilib shuni hal qilsam .ozi pensiya olmaganimni sababi nogiron deb odamlar qarashmasligi uchun edi .endi buni isbotlash uchun doxtirma doxtir yurib balnitsada yotib isbotlashim kerakmi.Xushnud aka iltimos shu masalani hal qilishga yordam bering men nogironlarga beriladigan imtiyozdan hammaga jar solmasdan reklama qilmasdan Foydalanmoqchiman .Yordam bering oldindan raxmat
Vaalaykum assalom. Bu masalani xal qilishda ozgina kechikibsiz adashmasam. Nogironlar uchun ajratilgan 2%li kvotadan foydalanish uchin, imtiyozga ega bo‘lish uchun, Avvalo viloyat yoki tuman Vtekdan nogironligingizni tasdiqlovchi hujjat olishingiz kerak. U xujjat dtm.Uzdan ro‘yhatdan o‘tganingizda xujjat seriya raqamlari kiritladi va imtiyozdan foydalanib o‘qishga topshira olasiz. Buni xujjatni tayyorlab qonuniy bajarmasangiz sizga hech bir joy yordam berolmaydi imtiyozdan foydalanishingizda. Hamma joyda xujjat so‘raladi.
Assalomu alaykum
Men ijodiy imtihon topshirishim kerak. Lekin dtm. Uz saytida mening(bilishimcha barcha kasbiy(ijodiy) imtihon topshiruvchilar) dtm varaqam chiqmayapti. 29-sanada menga ham varaqa chiqadimi
Miss Nafisaxon
Xushnudbek aka nega Oliy ta'lim muassasiga fakultetlar kesimida qabul qilinayotgan parametrlar korsatilmayapti iltimos izoh bering.
Show next 22 comments