❗️Ногиронлиги бор абитуриентлар диққатига

Қонунчиликка кўра, 1 ва 2-гуруҳ ногиронлари учун ўқишга киришда тегишли имтиёз берилади, аниқроғи улар учун умумий квотанинг 2%и миқдорида давлат гранти учун алоҳида жой ажратилади.

Ногиронлиги бор шахслар учун қўшима квота мана бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/10119

Аммо айрим ногиронлиги бўлган шахслар ДТМ сайтида рўйхатдан ўтган пайтда уларнинг ногиронлигини тасдиқловчи маълумот кўринмаётган экан. Бу эса уларнинг алоҳида квота бўйича танловда қатнашишига тўсқинлик қилади. Абитуриентлар ДТМ сайтида ногиронлиги борлигини ўзлари кўрсата олмайди, анкетада бунақа банд йўқ.

Мазкур масалага аниқлик киритиш учун тегишли мутасаддилар билан боғландик. Уларнинг маълумот беришича, ҳозирда максимал даражада барча ногиронлиги бўлган шахсларнинг маълумотлари ДТМ базасига киритилган. Фақат маълумотларни электронлаштириш чоғида айрим шахсларнинг маълумотлари қолиб кетган бўлиши мумкин. Агар ногиронлиги бор шахслар мурожаат қилган тақдирда улар тезда муаммони бартараф этишларини маълум қилди.

Шу сабабли биз марказлашган ҳолда ногиронлиги бор шахсларга ёрдам бериш мақсадида махсус анкета тайёрладик.

❗️Агар қайси абитуриентнинг ногиронлиги борлиги ҳақидаги маълумот ДТМ сайтида кўринмаётган бўлса, қуйидаги анкетани тўлдиришингизни сўраймиз, биз тезда мутасадди шахсларга буни етказамиз ва муаммонгизни ҳал қилишга кўмаклашамиз.

Анкетани тўлдириш:
📲 https://forms.gle/E3b9cxhv2wMwMCVZ8


ℹ️ ушбу анкета фақат ДТМ сайтида рўйхатдан ўтган ҳамда имтиёзлар бўлимида ногиронлиги борлиги ҳақида маълумот кўринмаётган абитуриентлар учун мўлжалланган.


👉 @xushnudbek 👈

119 comments

Show 91 more comments
Maxfuza
Assalomu aleykum mavzu yuzasidan savolim bor edi Faqat pensiya oluvchilar nogiron hisoblanadimi .men ham ikkinchi guruh nogironiman bitta buyragim olib tashlangan lekin pensiya olishni istamaganman lekin meni nomim hech qayerda chiqmayapti Otgan yili murojaat qilganimda bu haqda hech qanaqa malumot yoq deb javob berishgandi endi bu yil ham shunaqa boladimi. men qanday qilib shuni hal qilsam .ozi pensiya olmaganimni sababi nogiron deb odamlar qarashmasligi uchun edi .endi buni isbotlash uchun doxtirma doxtir yurib balnitsada yotib isbotlashim kerakmi.Xushnud aka iltimos shu masalani hal qilishga yordam bering men nogironlarga beriladigan imtiyozdan hammaga jar solmasdan reklama qilmasdan Foydalanmoqchiman .Yordam bering oldindan raxmat
Vaalaykum assalom. Bu masalani xal qilishda ozgina kechikibsiz adashmasam. Nogironlar uchun ajratilgan 2%li kvotadan foydalanish uchin, imtiyozga ega bo‘lish uchun, Avvalo viloyat yoki tuman Vtekdan nogironligingizni tasdiqlovchi hujjat olishingiz kerak. U xujjat dtm.Uzdan ro‘yhatdan o‘tganingizda xujjat seriya raqamlari kiritladi va imtiyozdan foydalanib o‘qishga topshira olasiz. Buni xujjatni tayyorlab qonuniy bajarmasangiz sizga hech bir joy yordam berolmaydi imtiyozdan foydalanishingizda. Hamma joyda xujjat so‘raladi.
Assalomu alaykum
Men ijodiy imtihon topshirishim kerak. Lekin dtm. Uz saytida mening(bilishimcha barcha kasbiy(ijodiy) imtihon topshiruvchilar) dtm varaqam chiqmayapti. 29-sanada menga ham varaqa chiqadimi
Miss Nafisaxon
Xushnudbek aka nega Oliy ta'lim muassasiga fakultetlar kesimida qabul qilinayotgan parametrlar korsatilmayapti iltimos izoh bering.
Assalomu aleykum onasi nogiron bo'lsa farzandiga imtiyoz beriladimi? Iltimos javob bering
Maxfuza
Nodir Karimov
2 guruh degan hulosani siz qayerdan olgansiz, qo'lizda komissiya hulosasasiga asosan guvohnoma bo'lishi kerak. Agar u bo'lmasa 2 guruh nogironi hisoblanmaysiz bu pensiyaga bog'liq emas. Guvohnomaga bog'liq
Bolaligimdan besh yil davomida 2 guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan ammo men voyaga yetganimdan keyin pensiyani rad qildim. rad qildi degani bu sogayib ikkinchi buyragi oz joyiga keldi degani emasku .demak men haqiqatdan ham shunaqa ekanligimni qayerda isbotlashim kerak .iltimos tushunganlar yordam berila .Bizda shu pensiya olganlargina nogiron hisoblanadimi faqat .Hozir men qanaqa yol tutitishim kerak .Yana xuddi avvalgidek otanga bor onanga bor xujjatbozlikmi...kop nogironlar anashunaqa hujjatbozlik unga bor bunga bor sarsonchilikdan zerikib pensiyadan ham voz kechib ketishyapti .Hammama ham emas ammo kop hollarda puli borlar uyoqqa buyoqqa yuguradiganlar pensiya oladi bechara puli yooq nima qiladi Xushnudbek huquqiy maslaxat bering
Шахзода
Утган йилги кабулда энг кам неччи балл билан кирган экан 2%квота имтиези борлар.билмислами
Assalomu aleykum.Meni ukam shu yil 11-sinfni tugatib oliy talimga kirish uchun hujjat topshirdi.U hujjat topshirganda pasport orqali royxatdan otgan ekan.Yaqinda ID karta oldi.Pasport malumtlarini ozgartirishni iloji bolmayabdi.DTM ga telefon qilsak telefonlari umuman ishlamayabdi.Endi nima qilishni bilmayabmz nima qilsan boladi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizga katta raxmat har bir abiturentlarni befarq qoldirmayabsiz. Bizdan qaytmasa Allohdan qaytsin. Ishlarizni rivojini bersin
Salom men ariza yubordim qachon ko'rib chiqiladi Tezroq aytib yuborsangiz
з.тоировна
Мен хам ногиронлик буйича ариза тулдирдим жавоб беринг нима килиш кераклигини
Nigora Durdiyeva
Ассалому алайкум.углим 2013 йилгача ногиронлик буйича руйхатда турган (13 йил давомида) ОТМга хужжат топширганда бу инобатга олинадими
Ёркиной Нурматова
Assalomu alaykum,Xushnudbek.Nogironligi borlar uchun imtiyoz faqat 1-yo‘nalish uchunmi,yoki hamma yo‘nalishga o‘tadimi?Qarorda hech narsa deyilmagan
Hurmatli xushnudbek mana 5 -kundirki imtiyoz masalasi haliyam hal bolmadi. anketani toldirdik kimga uchrashsak imtiyozni hal qiladi haliyam imtiyoz mavjud emas deb yozishayapti . Barcha tashkilotlar futbol qilish bilan ovora lekin echim yoq nima degan gap bu?
Qachon echim boladi ishqilib ulguramizmi? Imtiyozni nogironligi bor insonlarga hal; qilib beringlar!!!
Nimasini toltirish kerak yordam bering
Yordam bering iltimos
𝑄𝑜𝑑𝑖𝑟𝑗𝑜𝑛_𝑈𝑙𝑎𝑠ℎ𝑜𝑣 ✰ 3.16
Assalomu alaykum, bir savol bilan murojaat qilayotgan edim.
Oliy taʼlim muassasalari uqishga topshirgan talaba agar temir daftarda roʻyxatda turadigan boʻlsa-yu talaba toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinsa kontrakt summasining 50% miqdorini davlat budjeti hisobidan toʻlab beriladimi agar u qoshimcha kontrakt asosida (super kontrakt) qabul qilingan bolsa bunday holda bu talabaga qanday moddiy yordam koʻrsatildi ?
Javob uchun oldindan rahmat.
Show next 7 comments