❗️БУ МУҲИМ: магистратурада чет тилидан тест синовлари учун кимга рухсатнома чиққан бўлса, ўша абитуриентлар тестда қатнашишга келишлари мумкин. Улар мутахассислик фанидан неча балл олганларидан қатъи назар тестда қатнашиш ҳуқуқига эга.

Ҳатто мутахассислик фанидан 56% дан кам тўплаганлар ҳам, рухсатнома чиққан бўлса чет тили синовларига келсин ва иштирок этсин. Кейинчалик уларнинг магистрлар сафига қабул қилиниши ёки қилинмаслиги Давлат қабул комиссияси томонидан алоҳида кўриб чиқилади. Бу ҳақда тез орада расмий изоҳ ҳам чиқиши кутилмоқда.

Барчага тавсиям: аввалги имтиҳонда неча балл олган бўлсангиз ҳам тест синовларида албатта қатнашинг.


👉 @xushnudbek 👈

500 comments

Show 100 more comments
22 ball olganlar han kiradimi😄
Pul bilan hal qilganlarni balli 90 dan yuqoriku chet tili hech nimani hal qilmaydi manimcha
Shohruh²¹
Ilets òtganini qayerdan bilsa boladi. Manda chiqmayaptiku
Ha menda ham chiqmadi. Boshqa IELTS bor do‘stlarimda ham shunday ularda ham ruxsatnoma chiqmadi.
R
Siz ielts o'qib olingchi. Bekorga prezidentimiz chet tilini bilganlarlarga imtiyoz beradiganlari yo'qlr
Ozini muxatasisligidan 56 Bal olmagan talaba 10 ta tilni bilsa ham Nima keragi bor sohasini bilmasa.
55 DAN KAM OLGANLAR ICHIDA ZO‘R
Boburmirzo
Qaysidir kottakonni o'g'li o'sha kuni uxlab qolib imtixonga kelmagan shekilli o'shani o'qishga kirgizish uchun bo'lyapti bularni hammasi😂😂😂😂
Royxat dtmga oliy talim vazirligi beribdi. Nega talab bajargmaganlarni bergan savol???
#Qabul2021

⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

📚 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

✅ Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
.........
Ozini muxatasisligidan 56 Bal olmagan talaba 10 ta tilni bilsa ham Nima keragi bor sohasini bilmasa.
Nimani oqlab berdi shu tizim 30 yildan beri sohasini zo'r bilganlarni institutga olib.
Diplom bahosi, mutaxassislik imtixoni bali va ingliz tili imtixoni bali birgalikda toʻplash mumkin boʻlgan ballning 56% dan yuqori boʻlishi kerak. Faqat mutaxassislik imtixoni natijasiga qarab oʻqishga oʻtish mumkin deyish xato boʻlardi. Hozir toʻgʻri ish qilishyapti
Show next 100 comments