❗️БУ МУҲИМ: магистратурада чет тилидан тест синовлари учун кимга рухсатнома чиққан бўлса, ўша абитуриентлар тестда қатнашишга келишлари мумкин. Улар мутахассислик фанидан неча балл олганларидан қатъи назар тестда қатнашиш ҳуқуқига эга.

Ҳатто мутахассислик фанидан 56% дан кам тўплаганлар ҳам, рухсатнома чиққан бўлса чет тили синовларига келсин ва иштирок этсин. Кейинчалик уларнинг магистрлар сафига қабул қилиниши ёки қилинмаслиги Давлат қабул комиссияси томонидан алоҳида кўриб чиқилади. Бу ҳақда тез орада расмий изоҳ ҳам чиқиши кутилмоқда.

Барчага тавсиям: аввалги имтиҳонда неча балл олган бўлсангиз ҳам тест синовларида албатта қатнашинг.


👉 @xushnudbek 👈

500 comments

Show 100 more comments
#Qabul2021

⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

📚 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirildi va 1-bosqich imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Preziddentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida muvofiq 2-bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Chet tili fanidan test sinovlari 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

✅ Bunda ruxsatnomalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda necha ball olganidan qat’iy nazar ruxsatnoma chiqqan barcha talabgorlar test sinovlarida ishtirok eta oladi.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
.........
Ozini muxatasisligidan 56 Bal olmagan talaba 10 ta tilni bilsa ham Nima keragi bor sohasini bilmasa.
Nimani oqlab berdi shu tizim 30 yildan beri sohasini zo'r bilganlarni institutga olib.
Diplom bahosi, mutaxassislik imtixoni bali va ingliz tili imtixoni bali birgalikda toʻplash mumkin boʻlgan ballning 56% dan yuqori boʻlishi kerak. Faqat mutaxassislik imtixoni natijasiga qarab oʻqishga oʻtish mumkin deyish xato boʻlardi. Hozir toʻgʻri ish qilishyapti
Khurramova Dildora
Qahramon Husanov
Mutaxassislikdan 56 bal olmaganlar magistraturada o‘qishga haqqi yo‘q umuman
Bu nima dganiz, bilsez agar 7-avgustda bulib utgan IELTS imtihoniga qatnashgan kishi IELTS dan 7 olib, magestrga 18- avgust kuni test topshirib undan 26 ball tuplab chiqdi, bilimszligidanmi bu nima deysz a. Gapirguncha sal uyoq buyogizga qarab gapiring xopmi. Qaysi birida nohaqlik bugan db uylesz IELTS imtihonidami yoki Magistraturadami?????
Авазова Саида
56 balldan past olganlar ham ikkinchi bosqichga kirishi kerak deb uylayman ,56 dan yuqori olganlarning hammasi ham haqqoni olmagan to'plagab balini
. Shoxsanam
Shodmonova Aziza Ulug'bekovna
Булмайдику
Rahmat, qayerdan toliq malumot olsam boladi
56 dan past to‘plaganlar alohida ko‘rib chiqiladimi
Бону
Мандаям IELTS балим бор лекин мутахассисликдан кам йигдим умидим хам сунган еди диплом балим хам яхши еди лекин имтихонда паст ечдим бу хам Бир омад
Show next 100 comments