❗️БУ МУҲИМ: магистратурада чет тилидан тест синовлари учун кимга рухсатнома чиққан бўлса, ўша абитуриентлар тестда қатнашишга келишлари мумкин. Улар мутахассислик фанидан неча балл олганларидан қатъи назар тестда қатнашиш ҳуқуқига эга.

Ҳатто мутахассислик фанидан 56% дан кам тўплаганлар ҳам, рухсатнома чиққан бўлса чет тили синовларига келсин ва иштирок этсин. Кейинчалик уларнинг магистрлар сафига қабул қилиниши ёки қилинмаслиги Давлат қабул комиссияси томонидан алоҳида кўриб чиқилади. Бу ҳақда тез орада расмий изоҳ ҳам чиқиши кутилмоқда.

Барчага тавсиям: аввалги имтиҳонда неча балл олган бўлсангиз ҳам тест синовларида албатта қатнашинг.


👉 @xushnudbek 👈

500 comments

Show 100 more comments
Люби себя
Agar bilimiz zor bolsa 2- tildan ham yuqori oling. Har tomonlama zor ekanizni isbotlang. Kelajakda talabalarga dars berasiz. 54 ball olganlar ham bor. Balki bilimi sizdan yuqoridir.
Жуда ақлли экансиз билдик. Ҳўп унда нимага 56 балл тушунчаси киритилган? Ёки нега ҳамма тил имтихонига кира олади деб олдиндан айтишмади? Нега ҳаёлига келган вақтда қонун ўйлаб топиб, яна ўзгартиришади? Аниқ бир лойиҳаси борми бу қонунни? Асос кўрсатишсин. Кейин мен сизга гапирмадим. Бу ерда мантиқсизлик,ва коррупция яна кучаяди. Ўзи мутахассислик имтихонидан зўрға ўтгандик. Тушунарлими?
Bu narsani tushunmay qoldim, magistrlar officalda audio suhbatlar tashaldi, bu qonundan chetga chiqishmi, yoki noaniqmi, yoki yana o'yinmi, vaqt
ko'rsatadi, mutahasislikdan 56 dan oshirmasa exxe, kirib ingliz tilidan ilmiy ish qiladimi, omad hammaga
... .....
Tamom pul berganlar qaytarib olinglar😂😂😂😂
Sertifikati borlar haqida hech kim indamadi, Aloo
Assalomu alaykum bitta savolim bor edi
Man magistraturaga topshirgan edim ruhsatnoma birinchi testga chiqmadi endi ikkinchi testga ruhsatnoma chiqibdi birinchisiga bormagan edim ikkinchisiga borsam boladimi?
Ingliz tilidan alohida ruxsatnoma chiqadimi?qaysi smenada nechinchi chisloda imtihonga kiruvchilarni qayerdan bilsa bo'ladi
O'z kuchi bilan o'tganlar ko'pchilikni tashkil qiladi, iltimos, o'ylab gapiringlar.
Faya Ikromovna
Tushunmadim. Endi magistraturaga topshirish uchun chet tilidan sertifikat shartmasmi? Chet tilidan test bo'lsa
Ertaga 16:30 bunyodkor stadioniga imtixonga boradiganla bormi
Nematjonova G
Shu birinchi imtihonga kirgan qayd varaqasimi ruhsatnoma?? Qaysi u ruhsatnoma
Nilufar Akramova
56 tuplagan bu maksimal balmi yoki bundan yuqori tuplaganla bormi endi 50 bal tuplash kerak ekan
Ingliz tilidan ruxsatnomani qayerdan olsa boladi
Assalomu aleykum. Sertifikati yoq lekin ruxsatnomasi ham chiqmay qolganlar qayerdan aniqlasin imtihon kuni va vaqtini
56 dan kam to'plaganlar ham keyingi ya'ni chet tili imtihoniga kiritilsa bu qanday gap. Unda magistraturaga qabul qilish to'g'risidagi nizom nima bo'ladi. Agar boshidanoq ogohlantirish kerak edi "spets" fandan ball bo'yicha aniq cheklov yo'q deb. Bu holatda ayrimlar vaziyatga qarab o'zgarish qilyabtimi? Yoki yuqoridagilar nima desa xalq ko'nikuradimi? Mojaroli holat bu
Spets fanni yarmini ham bilmagan odam shu sohada o'qishga munosibmikan. Faqat chet tili bilan imtihondan o'tib masalan, tabiiy yo'nalishga o'qishga kirsa bu qanaqa vaziyat. Menimcha o'ta mantiqsizlik. Ertaga u kabi shu yo'nalishda savodi yo'q kadrlarni o'qitish va ularni himoyaga chiqarish ham professor o'qituvchilar uchun judayam bir qiyin vaziyat keltirib chiqaradi.
Фируза Абдуллаева.
Илтимос ички переводни аниқлаб беринг олдиндан рахмат.
Show next 1 comment