HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
No...
Click ham ulash katta muammo.Chekka tumanlarda terminal ham muammo.Tizim islohotga muhtojmiyey
Shohjahon
To‘g‘ri ishlamayapdi
Humo dabdala ekan. Oylikga kun ko'radiganlar, puli plastikda bo'lsa lekin karta ishlamasa,nima keragi bor?
Kecha dorixonaga kirdim karta ishlamadi. Qarzga dori olomaysiz, qaytib borishga uyimiz uzoq, kasalimni oldini oling tezda dedi, kimga murojat qilishni bilmadik. Naxt pul yo'q.
Iloji bolsa linyasini yaxshilasa bo'lar edi. Juda ko'p aholi qiynalmoqda.
Husan Abdunazarov
Shu Humo kartasi nega kerak edi o‘zi? Uzcardda ham hamma qulayliklar borku. Men humo kartada hech qanaqa ustunlik ko‘rmayapman.
Ҳумо пластик карточкасидан харид қилиб булмаяпти .
Бӯка тумани
Humo karta olish uchun ariza berganimga salkam bir oy bo‘ladi. Lekin haligacha hech gap yo‘q. Yana bir ikki oy kutamiz shekilli???
Манда 479 000 сўм қарз кўрсатяпти))
HUMO plastik kartasi axir Jahon standardlariga mos keladi.Yevropada joylashgan hamma davlatlar ushbu plastik kartadan foydalanadi. Demak biz ham qilishimiz kerak chunki bu Jahon standarti. Bizda ishlidimi yo‘qmi, xalqimizga va savdo nuqtalariga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, bular muhimmas.Eng muhimi sarflangan pulni foydaga chiqarish. Yuvosh xalqimizni boshi omon bo‘sin.😃😃😀😀
Men 3 kundan beri telefonimga pul tashlolmayapman ham. O'zi shu paytda aytdilgandi HUMO UZCARDga raqobat uchun deb. Bu endi nimasi hammani majburan HUMOga o'tkazishyapti. Aslida qaysi yaxshi bo'lsa mijoz tomonidan ihtiyoriy tanlanib ishlatiladukuuuu
Umidshox
Humoni ishlatish qiyin bankamat bitta bankda 1ta uyam ishlamidi 712000888 humo sentrning tel raqami tel qilsangiz biz ishlayapmiz deyishadi bankda ishlamayapti diydi
Madiyor MIRZAXAKIMOV
Bu o‘quv yilida talabalarga Humo plastik kartasi berilgan edi
Menimcha xaliyam u kartalar ustida ish ketyapti. Lekin noqulayliklar anchagina mavjud.
Humo po'lniy atstoy
Uzurku
O'ylab topgan odamga barcha "yaxshi" tilaklar. Har oy 400.000 qaribdoshimizga, 1.500.000 mashina kreditiga ketardi. Humo karta chiqdiyu, hamma ishni rasvo qildi. Xohlasa ishlaydi, xohlamasa yo'q. Bitta pulni tashash uchun qancha yuguramiz har oy. U yerda qarindoshimiz oldida xijolat. Kredit kechiksa, bankdan xat. Ishqilib, shuncha ketgan vaqt, asablarimiz shu kartani o'ylab topganlarga ham yo'ldosh bo'lsin.
Majburlab o'tqazishgani juda ajoyib. Inson huquqlari juda yuqori👍
Д.Ашурова
Бугун биринчи бор "Хумо" пластик картасига уландим..
assalomu alaykum Xushnudbek oka manda muammo yoʻq xozirgina qiwiga pul tasholdim
Assalomu alaykum. Yana bir muammo viloyatlarga,ayniqsa tumanlariga haligacha HUMO karta terminallari yetarlicha yetib bormagan.
bugun abetdan keyin ishladi bunaqa brak busa yoʻq qilish kerak xizmatni
Show next 100 comments