HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
.Абдусаломов.Ф.
Bu gaplar bekorga aytilayotgani yoq odamlar tomonidan.Humo plastik kartasini ishlatishda muamolar yuzaga kelmoqda. Aholining berayotgan etozlari haqli hisoblanadi, avval bu jarayonga kirishishdan oldin muttasadilar har bir holatni oylab ishga tushirish kerak edi.
Пластигимизни олишга олдик энди Маошимизни турнақатор навбатда туриб банкоматда ФОИЗ ҳисобига алмаштираяпмиз.
Бу карта интернетга боғлиқ шекилли. Аввал сифатсиз интернет йўқотилса кейин ишлайдимикан. Валлоҳу алам
Muxriddin
20 km ga borib bankdan 1% ga pul qilib kegin ishlatyabmiz. Uzcard yaxshi edi bizga
Mana holat ko‘rishingiz mumkin. Hozirgi holatini screenshot qilib tashlayapman
Man ertalabdan beri kreditni to'lolmadim ishlamadi, bankomatdan naqd qilib kelib to'larmishman. Nifiga sebe deb to'lamadim
Xasanov Asadbek
Siz-u biz dedi dedi dedi qilmasdan haràkat qilsak tog'roq bo'lardi
Davlatimiz demokratik davlat ekanligini unutmagan holda xar bir shaxs oz huquqlarini talab qilishni bilganida bunaqa gaplar kamroq bo'lardi !
Мени ота онамга пенсияни халқ банкининг humo картасига утказишди пенсия тушди лекин хеч каерда ишламаяпти банк иловаси хам банкоматда пул йук туловлагаям ишламаяпти Бошка пластикка хам утказбумаяпти. Марказий банкга халқ банкига 50 мартача тел килдим хеч ким жавоб бермаяпти.
Нимага халкни Яна мажбурлаш кк? Сифатини яхшила,одамлани УЗИ билани кайсига утиб ишлатишни
yaqinda ishga kirgan singlim humo olgandi oyligi humoga tushgan endibo‘lsa humo ishlamayapti endi oyligim nima bo‘ladi deb xavotrida tegishlijoylrga xabar bersak yel qisishdan uyog‘iga o‘tmadi nima qilsa bo‘ladi
Avval yaxshilab tizimni shakllantirib keyin ishga tushurishmidi?Hammani majburlab plastik berganda olasan,ishlamasayaa
MIRZAYEV UTKIR
Bizni xam majburan utkazoqda. HUMO nimasi yaxshi. Eskisi yaxshiki
Menda ham Humo kartasi bor. Stipendiya tushgan. Hozircha pulini ishlatganim yuq lekin
Humo kartalari bo'yicha Proflatika ishlari bo'lyapti, shunga ishlamayapti hozi
Men supermarketda ishlayman. Har doim Humo ishlamaydi shuni orqasidan har kuni xaridorlar bn muammolar kelib chiqadi
ShaHzoD AliyeV
Hechbo'masa uzcardga ham pul o'tkazib bo'masligi juda yamon ekan!Menga qolsa humo menga kerak emas edi!
Vohidjon Sattorov
Kartadan kartaga pul otkazdim. Muammo bolmadi.
Show next 100 comments