HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Mrs Turg'unova
Man aloqa bankni humo kartasidan foydalanaman, lekin humo kartadan faqatgina aloqa bankni uzcardlariga va ozining dasturi orqali pul otkiza olaman, xudoga shukur muammo hozircha yoq ammo, uzcardga oxshab ishlasa yaxshi bolardi, kartaga pul otkazishka ham foiz oladi, bunisi yomon
Orifjon Alisherov
Men savdo qilaman klent bn savdo qilib bolgandan song menga humo karta bersa iwlamay qolyotgani va ozgina kutib turiwini aytyapman lekin bowqa klentlar kutib qolishyapti dokonda karantin qoidalariga rioya qilinsa men bitta plastikni yarim soatda uryapman bowqa klentlarga savdo qila olmayapman
Gülům
Шошма шошарликда бунед булган карталар..узбек маколи борудию.......эсимдан чикди югуриб кол еки мандан кетгунча эгасига етгунча
NIMA UCHUN ODAMLARDAN SO'RAMAY TURIB MAJBURAN YANGI KARTA JORIY QILISHADI??
BIZDA BANKOMATNI OLDIDA HAR KUNI 30-40 KISHI NAVBATGA TURADI. YO'QOTISHSIN HUMONI
Humo kartani nima keragi bor edi? Uzcard yaxshi edi. Humi karta ishlamay qolyapti. Oddiy click xizmatini ham ulashda juda qiynaldim. Keyin umuman ishlamay qolyapti. Intirozlar ko'p. Sifatini oshirishsin, iltimos.
Man bugun plastikni kodini almashtirdim, pul yechdim muammo boʻlgani yoʻq.
Plastik olguncha jonimiz xalqumimizga kelgandi ( ikki metrlik masofa u yog'da tursin navbatda odamlar o'rtasidagi masofa hattoki 20 sm ham chiqmaydi,Yana janjal-u, kattasiga chiqaman Deb sharmandalik qilganlarchi🤦🤦🤦) endi esa olgan plastikni ishlata olmayapmiz.bundan ko'ra naqd pul olgan ma'qul edi.
O'zi shu Humo bekor chiqdi. Qulaylik yaratish o'rniga bor qulaylikni yo'qqa chiqarishdi. Humo uchun terminal ko'p joylarda yo'q. Click ham yaxshi ishlamayabdi.
men ipak yo'li kartalaridan foydalanaman. telefonimda bank ilovasi bor. uzilish bo'ladigan payt ilova orqali ogohlantirib, mijozlardan uzr so'raydi. ayni vaqtda yaxshi ishlashi
Gulzar Madi@rova
Bizda shu plastik kartasi bankamatlari umaman ishlamayapti ko'pchilik do'konlarda hattoki terminallar ham yo'q
Баҳром Отабоев
Ишламаяпти ва бу биринчиёкииккинчимарта эмас. Кўп маротаба таерорланмоқда ишламаслиги. Онлай операциялар амалга оширилишида ҳам мунтазам тўхталишлар кузатиляпти. Афсус...
Алишер ++++
Хума пластик умуман режасиз чикарилган манимша. Доим Муаммо савдо килиш учун
Савдо қилишда ҳам пластик кўрсатсак сотувчилар ёқтиришмайди пластикга харид қилишимизни айтсак товар устига озгина қўшиб айтади.Бирон нима Харид қилишда ўзимизни айбдордек ҳис қилиб қолар экансан...
Ха яна бир холат Агробанкнинг (тумани сир бўла қолсин) иккита банкомати бор. Бири УЗКАРД, бири ХУМО, худди Зумрад ва Қимматга ўхшайди. Иккисида хам пул бор лекин ХУМОДАН пул йечиб бўлмайди, Қимматни эслатадия
Uzcard bir marta ishlamay qolganda, darrov monopoliyani (raqobat yo'qligini) sabab qilib ko'rsatishib, HUMOni chiqarishgandi. Lekin HUMO ishonchni deyarli oqlamadi
Humo karta chumo karta
Xotamjon Kamilov
Meni savdo dokonim bor mebel gilomga ixtisoslashgan bizda xam terminal ishlamayapti mijozlar esa buni qandaydir xiyla qilib naqd pul olmoqchi bo'lyapti deb tushunyapti
Javlon
Kuyovlarni payg'ambarlar siylagan
Lobar
Nega bunaqa o'ylamasdan, hammani roziligini olmasdan katta masshtabdagi ish qilindi ekan
Show next 100 comments