HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Ориф Ахмедов
Хумо картада хеч қанақа қулайлик йўқ, на пул ўтказмаси, на савдо дуконида ишлатиш хеч бир қулайлик тамонлари йўқ. Дуконларга савдо қиламан десангиз одам ҳижолат бўлиб кирасиз ишлайдимикан терминали деб, менда кўп шунақа ҳолат бўлди терминали ишламайди ёки умуман йўқ. Оилам мактабда ўқитувчи улардан ариза ёздириб олишган хумо картага ўтиш тўғрисида буни ўқитувчилар ўз хохишлари билан қилишмагани аниқ. Қисқаси хумо картасига ўтганини умуман ёқламайман, чунки тизим тескари ишлаяпти, аввал қулайлик яратиб кейин картани муомилага киритса яхши, бизда акси хумо карта бор, пули бор ичида лекин ишлатаолмай сарсон одамлар.
Nargizaxon
Rostan ham Humoda kamchiliklar köp ekan
Real Championship
Бир тийинга киммат хумо картаси
Xurshid O‘tanov
Bu Humo karta juda og‘ir ishlaydi, yaxshi chiqarilibdi imkoniyatlarini ozroq yuqoriroq qilish kerak edimi. Juda jonga tegdi
56 Suyunova Fazilat Ergashevna
Кайсидир халк душмани каердандир уй олиши учун ёки очкузлиги учун ХАЛК азобланаябди, яна вилоятлар туманларидаги 2, 3 тагина терминаллардахам пул номигагина куйилади, аянчли очередлар...
Biz savdo shahobchamizda Humo terminal ishlatamiz. Umuman yaxshi ishlaganini eslolmayman. Sekin va sifatsiz. Odamlar aaancha kutib qolishadi. Deyarli bozordagi har bir dukonchada bu kuzatilmoqda. Bilasizmi, hech keragi yuq edi bu Humo deganini. Endi esa yo ishlashini ta'minlashsin yoki uzcardni qaytarishsin.
Bir tiyinga qimmat karta to‘risi. Odam pul kere paytiyam foydalanomidi.🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️😅nma qilishgayam hayronsan ùni. Xali to‘liq tizim yaratmasdan turib turib studentlaniyam ishchilaniyam shu kartaga o‘tqazivorish bu qolipga sig‘meydigan ish bo‘ldi. Mayli shaxar center larida bor Humo bankomat qishloda yo. Nma end bechara qishlolila 15 000 ming pul qilish uchunam shaxarga boradimi? Uyi uzoq bo‘lsachi aytayli centerdan 40 45 km uzoqlikda. Xa bungayam javob berishadi bir borganda ko‘pro qldrib kesin 😅😅😅 afsuski humo bankomati kamlgidan odamlar navbatda turadi . Uzini plastikindagi pulni olishga qiynalb ketasan odam . Naqadar o‘ylab qilingan mukammal tizim 🤦‍♀️😉😅😅 lekin eng qizigi usha kreativlani uzi Uzcard ishlatadi . Eh odamla odamla
Нигора Эркиновна
Жудаям кийин бувоти мани кайнанамга хумо картасини ташаб кетишди лекин на аптека на магазинда ишлатомаямиз
Munavvar Umarova Xakimjonovna
Rostdan ham bizdan so‘rash kerakmasmidi.Shartta berishdi qo‘ydi.Uzcard yaxshi-ku.Endi u nima bo‘ladi?Ishlayveradimi?Biror kim izoh beradimi?
kecha dòkondan bozorlik qilgan edim naqd pulim yo'qligidan plastikni uzatdim sotuvchiga.3 4 marta urindi otkaz berdi.Ishlamadi terminali.😡😡😡😡
Malik
ba‘zi paytda ishlamay qoladi. Buni tuzatish kerak
😉😉😉
Jonga tegdi muman ishlamaydi .Masalan uz kardd umuman muammo bo‘lganini ko‘rmaganman humo bo‘lsa na bankamatda na do‘konda amaliyot bajarib bo‘ladi.
QQB ni mijoziman. QQB mobiledan ham, Agromobiledan ham, Clickdan ham, Paymedan ham o'tkazishga urinib ko'rdim, bo'lmadi! Buyog'i endi Men dardimni toshga aytdim, toshlar yig'ladi...
✈️✈️ALIShER✈️✈️
Assalomualaykum.Uzcard karta yaxshi edi.To‘lovlarni ham chiqarib berar edi.Xumo ishlamayapti.Kartadan kartaga pul surilmayapti,balansni aniqlagug‘cha to‘rt soat vaqt ketadi.Qayta-qayta kiritish kerak.Magazinlarda bo‘lsa umuman ishlamayapti.Sotuvchilar''antennasi chiqmayapti,Xumoga savdo yo‘q...''deydi.O‘zi majburlab oldirishgandi shu Xumoni.Kreditlarni ham,elektr to‘lovlarini ham o‘tkazib bo‘lmayapti.Banklardan tel qilib so‘rasak BAZA ISHLAMAPTI deydi.Qachongacha bunday qiynalamiz.UZCARTimizni yana yo‘lga qo‘yib berishsa bo‘lardi.
Маҳбуба
Ассалому алайкум ! Ҳумо карталари билан бизда ҳам худди шундай муаммолар
Real Championship
Кимга кк бунака картани , нега чикаришади буни
Payme оркали картадан картага пул утказиш м.н.
😉😉😉
Shu bugun ham bankamatga borganimda odamlar juda ko‘p etiroz bildirib uylariga pulsiz qaytishdi
Shunchaki RASVO!!! Hech qayerda ishlamaydi, bankomatlarga ham tushmaydi. Noinsoflik.
Show next 100 comments