HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Saidov.A.A
Olganim beri Click umuman ishlamaydi. Kartadan kartaga pul utkazib ham bulamydi.
Paynet prilojeniyasini ishlating. 0.5% bilan hoxlagan kartaga oʻtkaza olasiz.
ЖАЛОЛИДДИН РАХИМАЛИЕВ
Avval bir og'iz ogohlantirib, texnik nihatdan barcha nosozliklarni bartaraf etib, bosqichma bosqich joriy etish kerak edi. Hojir banklarning ayniqsa xalq bankining plastik kartalar bilan ishlash bo'limida har kuni urush-janjal sababi uzcard kartalariga pul tushmayaapti humo kartalar esa hammaga yetarli emas. Shu narsaga aql yetishi uchun Enshteyn bo'lish shart emas menimcha. Mansabdorlarimizning "aql-zakovati"ga lol qolaman.
Нуриддин Абдуллаев
Ишламаяпти магазинга олиб чиксез хумо пластик буса кабул кимимиз дийди.
Нуриддин Абдуллаев
Нима кераги бор бунака хумони
Мажбурлаб беришди, дабдала карта
Aytganlaringiz tòppa tòģri mendaham shu muommolar.
Aytingchi qachon yaxshilanadi bu Humo
Muzaffar Uzaqov
Xaxa xaxaxaxaxaxaxax ozi shuda xafa bomanglar
ФАРРУХ
Банкомат комиссия оляпти хатто БАНКни узи хам комиссия оляпти бу талон тарожликку ахир
Bu tabiiy hol bo'lib qoldi. Har oy boshida ishlamaslik tabiiyki barchaning asabiga tegadi. Plastigimda 1 million pul bo'lsayu telefonimga pul sola olmasam alam qilar ekan.
Menda yahshi ishlayapdi
Asqarova Nilufar
Mendayam 2 kundan beri xumo kartam ishlamiydi chindanam bizga nima keragi bor edi naqd pul qildirishdayam bir necha marta uringanimizdan so'ng bo'lyapti
Uzcard monopoliya deb tugatilib endi humoga berilganga o'xshaydi.
Humo kartalariga hali klik orqali pul utkazish funksiyasi qushilmadi
Lekin hozirgi kunda hamma bank ilovalarida kartadan kartaga pul utkazish funksiyasi humo uchun ham ishlab turibdi.
Gratsiya '
Манда хаммаси жойида, вактида пул тушади. Уйда турган шароитдан банк ходимлари смс хизматга хам осонгина улаб беришди.(Бухоро шахар). Хамма йуналишда пул утказа оляпман. Якин атрофдаги банкаматлардан хам накд пул чикаришда хозирча муаммо булмади. Эхтиёт учун хизмат килаётган дорихона, озик-овкат магазинлари, гушт дуконларда 1 2кун озгина муаммо булганди апрель ойида. Буни хам олди олинди.
Eng achinarli narsa nimada?! Bizda HUMO to'lov tizimini yo'lga qo'yishdan oldin, shu tizimni to'liq ta'minlab beradigan infratuzilmani yaxshilash kerak edi. Hali dasturiy ta'minotida kamchilik bo'lgan to'lov tizimini ishga tushirvordi. Bunaqa texnik nosozliklar hali xalqni ko'p kuydiradiganga o'xshaydi. Bizda nimagadir hamma narsa shoshma-shosharlik bilan qilinadi, tatbiq etiladi oxirida esa Sardobadagi holatga tushib qolamiz. Yana bir qiziq narsa bitta tijorat bankidan Ham Humo ham Uzcard plastik kartam bor. Lekin bitta tijorat bankida bo'lgan mablag'larimni shu ikki plastiklarim o'rtasida bir biriga o'tkazsam foiz ushlab qoladi. Har xil tijorat banklarini bo'lganda tushunardim. Lekin shunaqa texnik nosozliklar judayam zarur bo'lgan holatlarda pand berib qoladi. Aynniqsa karantin vaqtida vaziyat og'irlashadi. Harid uchun supermarketga borib xarid qilingan narsalar uchun kassa oldida to'lovni amalga oshiraman deganingda Humo ishlamayapti deyishsayu, yoningda na Uzcard va na naqd pul bo'lmasa... qay ahvolga tushasiz?!!!
Hurmatsiz Humo kartasining yaratuvchilari,
Betlaring BEZ bo'lib yuribsizlarmi? Bu nimasi - xalqinga shunaqa munosabat qilasanlarmi? Uyalmaysanlarmi foizini yeb, tayinli ishlatib qõygani? Teshib chiqsin olganlaring? Na bir pul tashlab bõladi, na pul kõchirib bõladi, na bir bankomati tuzukli ishlidi?
Xalqinga hurmating shu ekan! Yeganing yuqardimi??😠😠😠
Saparniyazov Inomjan
Bu ham bir monopoliya bo'ldi, magazinlarga ham o'tmaydi, terminali ishlamaydi, ishlaganlari bir xil summada ikki marotaba olib yuboryapti, majbur yana narsa olasan, itdan battar bo'ldi, bankka tel qilsam nimaga ishlamaydi deb aybni o'zingga ag'daradi, fevralda Toshkentda edim metroga jyuton olalmadim, shindan xulosa qilish mumkin
Shuhrat
HUMO plastik kartalar berildiyu, lekin undagi pulni ishlatishga savdo joylarida sharoitlar yetarli yo'lga qo'yilmadi. Pulni Uzcard ga o'tkazib yoki agar bankomat bo'lsa yechib ishlatmoqda manimcha ko'pchilik. Ammo pulni uzcardga o'tkazishda muammolar bor. Xullas hali qilinadigan ishlari ko'p HUMO ning.
Men Ichki ishlar organida ishlayman. Bizda uzkart plastik edi ,endi to'satdan Humo kartasiga o'tkazishmoqchi. Yuqoridan aytilgani uchun hamma bir ovozda rozi ammo ishlamaydigan sistemaga nega tiqishmoqda hayronman. Buni orqasidanham kimdur manfaatdormi yoki????
Аёлимда хумо. Пул тушиши билан банкдан ечиб келади. Бирок хумо банкомат етишмайди, дуконларга кирсак терминаллар ишламайди. Менимча муаммолар ечилмасдан хаммани мажбурий хумога утказиш яхши эмас.
Ассалому алайкум. Мени ишхонамда хам том маънода мажбуран хумо пластик картаси берилди. Энг кизиги пластик карта олиш учун барча тулдирилиши керак бланкаларни банк узи тулдириб, биз факат кул куйишимиз колган экан холос. Банк ходими билан хумо картасининг камчилиги борасида тортишиб кеттим. Охир окибат банкдан кувгин булдим. Билган булсалариз хумо картадан 50000 сумгача булган маблагни пластикни терминалга солмай пин код термай хам ечиб олса булар экан. Шу камчилик эканлигини айтиб Сумкамда турган хумо пластигидан терминал оркали бемалол пул ечиб олдим.Менинг бу эътирозим ва амалда курсаткан ишим банк ходимларига ёкмади. Менимча хеч ким пластигидан уз узидан пул йуколишини хохламайди тугрими? Бу мени шахсий фикрим. Менинг фикримча уз кард пластикларидан фойдаланганимиз макул.
Show next 100 comments