HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Noila Jurakulovaa
Bizda faqat xumoda kartadan kartaga pul ko'chirish muammo lekin buni iloji bor.Mobil banking ilova orqali amalga oshirishimizni bank xodimlari tushuntirishdi.Qolganda muammo yo'q.Hozirda hohlasak xumoda hohlasak uzkartdan foydalanayapman (mablag'imni uzkartga ko'chirib)
Нурмахаммад Юсуфбек
Ассалому алайкум Хушнубдек яхши мавзу качон бархам топади бу муомоллар куни кеча соликга пул уткизаман десам связь йук пул ечилмади лекин уйга келсам картамда пул йук на чек бор на пулим кунгирок килиб айтсам 2,3 кунда кайтиб тушуб колади дейди тушмаса карантин вактида банк эшиклари олдида саргайиб юраманми ким качон бартараф этишади буларни
Бойагинда бозорга бориб одамни анча сарсон қилди.
Негадир доим загрузка бўлди деган да шунақа хунари чиқиб туради.
Humo plastik kartasi ishlash tizimi to'liq ishga tushirilmay turib, plastik tarqatila boshlandi. Hali bu tizimni takomillashtirishga ancha vaqt ketsa kerak.
Humo kartasidan foydalanamiz. Majburiy berilgan. Uzcard ming marta yaxshi edi. Na kartaga pul oʻtadi. Na naqd pul qilib boʻladi.
вообще то студентларни хам шу картага мажбурлаб утказишди покупка килиб булмайди норм ишламайди одним словом мусор) спасибо за внимание
Vapwe dabdala , kere narsamas edi, Uzcardni öziyam norm iwlab turudi
Шерзод .......
Пулими накдлаштирволдим 1 фоизга. Шуниси кулай
Orif Rahmatullayev
Umuman noqulay ekan uzcard ga nima qilibdi. Bu ham kimnidir foydasigadirda
🎲Аскар☆
Навбатдаги манаподия ишхоналарда Агробанк картаси борлишига карамасдан Хумо берилаяпти Кайси бир каттаконники экан узи бу.......
819 komment bo‘libdi. Shuuuuuuncha yozganimiz bilan nimadir o‘zgaradimi? Tepadagila baribir: "O‘zlaring ham, gaplaring ham bir tiyin" deydiku. Nimaga bunday deyapman. 2016 yilda gaz yo‘ deb yozuvdim. Keyin mahallada mahalla raisi va gaz ballon tarqatadigan ikkalasi tilxat yozdirib, bosdi-bosdi qvorishgan. O‘shandan keyin qo‘lli qo‘ltiqqa urvorganman.
Men ham bugun oziq-ovqat olish uchun super marketdan savdo qildim, to‘lov qilish uchun HUMO kartani bergan edim ishlamayapti degan javob berishdi. Ikkita bankda naqd pul qilolmadim
ochig'ni aytsam , bizda mas'ullar nimanidir o'zlaricha yangilaydida , chala -chulpa qilib tashlaydi.
Men ham bu haqida ewtudm Dadamni kalektifidagi ayollardan Humo iwlamayapti dp kop joydan qaytariwkanini
Assalom alekum Xushnudbek aka men Qashqadaryodanman , òqiw uchun tayyorlanaman , sizga malumki 15 -martdan uzb da karantin elon qilindi . Biz narsalarimizni kvartiraga tawlab uyga qaytdik yuklarimiz qoldi 2 kun oldin kvartirani egasi tel qilib kvartirani pulini berelar dip telefon qilibdi , rosa wantaj qilibdi xullas pul olmoqchi , bu xolatda biz uni sudga beriwimiz mumkinmi yoki insofini bersin dep quyamizmii ? Iltimos javob bersayiz
⚜〽️🧿 XURSHIDA ABDUQODIROVNA 🧿〽️⚜
Bekobodda ham shu ahvol.
Рўзамни бузмай деб жим ўтирибманда. Бўлмаса айтадиган "яхши яхши" гапларим бор эди
To‘lqinbek Xoljo‘rayev
Vaziyat yaxshi emas, ko‘p joyda hali humoning teminali yo‘q, bori ham ishlata olmaydi, qotib qoladi. xullas muammo.
Namangan, Uychida ertalabdan beri humodan pul yechilmayapti
Show next 100 comments