HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Xumo terminallari odamlarga qulaylik yaratish uchun emas. Balki foyda topish uchun chiqarilgan deb oyliman.
Assalomu alaykum bu kartani bizni ishxonadan ham majburiy tarqatishgan. Qulayliklari qoniqarsiz savdo doʻkonlarida 70 foiz holatda ishlamaydi
Assalomu alaykum. Menda ham humo kartasi bor. Lekin hali atkas qilganicha yo‘q.
Maxliyoxon Najmiddinova
Ozi xumo kartani afzalliki nima? Nima uchun xumoga otik?
Assalomu alaykum. Humo kartasiga keladigan bo‘lsak menda bu darajada qiyinchilik bo‘lmadi. Lekin Humo kartasining kamchiliklari ko‘p. Sabr qilsak hammasi yaxshi bo‘ladi degan umiddaman. Bir vaqtlar hattoki oddiy oylikni ham eng yaqin terminali bor shahobchaga chiqib "zagruzka" qildirib kelardik. Ularni hammasi ham o‘tib ketdiku. Humo kartasi ham hali iziga tushib ketadi. Sabr qilaylik....
Шахло Юсуфбоева
Мен ишлатган вактимда хеч кандай муаммога дуч келганим йук. Хозир хам накд пул хам килиб олдим, хам бозорлик килдим.
Nimaga markaziy bank jim turibdi axir
Shu musurni chiqarib nima keragi bor edi o'zi? Muammolar tiqilib yotgan bir paytda bu Humo ham bir muammo bo'ldi😅🤦🏿‍♂️
Aliyev Azizbek
Humo kartasiga clik hizmatini ulash uchun tegishli bankka murojat qilish kerak ekan shuni uydan òtirgan holda bajarish imkoniyatini yaratib berishsa yaxshi bòlardi
Илхом
Жуда қийнаб юборди тўғри ишламайди
Savol: nega yoppasiga Humo plastik kartasiga birdan o'tildi?!

Savol: nega bosqichma bosqich o'tilmadi?!

Savol: nega izoh berilmadi?!

Plastik kartalar bilan qanaqadir siyosiy maqsadlar bog'liqlik kasb etadimi?!

Buyrakratiyaning yaqqol namunasi bu- sharoit yaratilganmi yo'mi, infratuzilma bor-yo'qligi o'rganilmadi?!

Kattalarimiz qanday katta bo'lgan hayronman!
HUMO bilan ko'p joyga to'lov qilib bo'lmayapdi.Xatto kassalarda xam ishlamayapdi!
Humo kartalari haqida izoh yozish so'raldiyu, Lekin biz talabalarda shu ham yo'q hozircha stependiyalar hamon berilgani yo'q so'ralsa ulgurmayapmiz deya javob qilindi balkim shundaydir. Balkim Humo ham bu davrda ulgurmayotgandir. Ammo bunday davrda ular faol bo'lishi maqsadga muvofiq bo'lardi.
Ўткир Очилов
Ishlamayopti Qarshi shahrida ham savdo dukonlarida bankda jarima naxd tulayman desayz tizmi ishlamaydi qotgani qotgan
Assalom alaykum yaxshimisiz men xam noroziman chunki birinchidan ortiqcha tashvish olib keldi men kartamni olganimga 3oy boldi lekin haligacha pul otkazmalar qilolmayapman ayniqsa hozirgi karantin dayrida bundan tashqari magazinga ishlatishga ham turli vidiolardan keyin havsirab qoldim. Shu ortiqcha harajatlar tashvishlar kerakmidi bizga hech tushunmadim
Пул тушганига уч кун булди халиям ишлагани йук, кредит учун пул утказолмаяпман.
ЯХШИЯМКИ ҲУМОДАН УЗКАРДГА ПУЛНИ ЎТҚАЗСА БЎЛАДИ! ОЙЛИК ТУШГАН КУНИ БИРИНЧИ ҚИЛАДИГАН ИШИМИЗ ШУ!
Bu Humo kartaga sms habarnoma yoqish uchun ósha bankga borib, navbatga turib sms jabarnoma yoqarkanmiz. Uzkartda oddiygina bankomatda yoqib olar edik. Yana dókonlarga kirsak Humo bizda yóq, Humo ishlamayabdi degan gaplar jonga tegdi. Nima kerak edi buni chiqarib. Hóp chiqaribdi, yangilik ekan yaxshi ishlatib quysin. Xalqimizga qulaylik keltirishgani shumi ?
Олимжон Дуйсенбаев
Муайян жисмоний шахс ўз номидаги ХУМО пластигидан УЗКАРД пластигига, ёки аксинча пул ўтказмалари учун комиссияси фоизини ушлаб қолиши (0,5%) соғлом мантиққа зиддир. Молия бозорида ХУМО хам, УЗКАРД хам тенг ва баравар ишлаши учун шароитлар яратилиши керак. Шунда аҳолида ҳам эътирозлар бўлмайди
Шу хумо каёкдан чикди узи, тинчгина уз кард ишлатиб юргандик кийналмай.
Show next 100 comments