HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Сайёра Алижановна
Туманларда туловларни бемалол амалга ошириш мумкин муаммо йук,аммо смс хабар келмайди.Умуман олганда Хумони шахарларда ишлатиш оворагарчиликларга олиб келаяпти.
Р.Ходжамуратов Элликкальа филиали
Яна битта ракобатдош етишмаяпти шунга шунака
Ромашка
Хушнудбек.бул проблема жаксы тарепине карай кашан шешиледи? сизхам жардем берин бул маселе бша.я тек жазп жазп сиз окып окып коябересизбе? кеширин катты кеткен болсам.лекин шу хумо тизими жанымзга тийди расы
Нега узи мажбурлаб беряпти? Хушнуд ака конунчилик кандай карайди бундай мажбурлашга?
Humo kartasini faqat bitta foydasi tegdi uzcardda navbatni azgina kamaytirdi.
Nargiza Odilbekovna
Bu plastik kartani olish un 3 marta shaharga borishga togri keldi.1 borganda plastik ochilmagan 2 borganda tizim ishlamaganligi un kod qo‘yib bolmadi.Mana 2 oydirki tushgan pulni avval Uzcard ga otirib kn bankomatdan yechib olyapmiz.
Kartadan kartaga pul ôtqazib bulmayapdi . Humo dan ln ôylaymanki tez orada hal buladi
B.B.R
Bunaqa monopoliyalar jonga tegdi togrisi
Inobat Yuldashbayevna
Karantin e'lon qilingandan keyin uydagi oziq ovqat yaqinlab qoldi deb ming qòrquv bilan kòchaga chiqdim. Chòntagimda 5 ming sòm bor. Hurmatli HUMOda esa ancha muncha bor. Bankga yani Janob Terminalgacha 4.5 - 5 km yòl yurib yetib oldim. Eshik oldidagi navbatchi HUMO ISHLAMAYABDI opa dedi. Hop deb yaqin oradagi Marketga kirdim svyaz yòq dedi. Hop deb nariroqdagi dòkonga kirdim buni qarang hamma joyda shu ahvol. Bankni oldiga qaytib 2 soatcha chamasi kutdim lekin afsus terminal ISHLAMADI. Endi ahvolimni tasavvur qilavering MANA HUMO ning afzalligi.....
Murodov Halim Salimovich
Umuman Humoga qarshiman chunki faoliyatini bajara olmayapti...majbur Uzcard dan Humoga o‘tkazishdi afsuski 2 yil bo‘lyapti hali natija yo‘q!Nimaga va kimga kerak...nega choralari ko‘rilmayapti!!
Bizni tumanda faqat 2 tagina bankomat bor( bittasi bankda- ishlaganini ko'rmaganman; boshqasi bozorda). Bugun puli bo'lsa, keyingi 3 kunda yo'q. Pul qo'yilganini ko'rgan odamgina naqd pul olishga ulguradi xolos. O'zim talabaman. Click ishlamagani uchun to'lov qilish juda qiyin bo'ladi.
Онлайн туловлар купи хали Хумога улангани йук. Хумодан узкардга, узкарддан туловларга тулаяпмиз... кизикарли хаётимиз 😏
☆ ☆ ☆
UZCARD YAXSHI EDI
UZCARDNI YANADA RIVOJLANTIRISH,YANGI QULAYLIKLARNI ISHLAB CHIQISH KERAK EDI.
HUMOni juda yomon tarafi umuman boshqa kartaga pul o'tkazib bo'lmaydi nimaga bu muammo haligacha ko'rib chiqilmadi bilmayman
Bu karta uchun hech qanday hujjat to'ldirmadim, ishxonaga olib kelib manabu karta sizniki, oyligiz shunga tushadi deyishdi. Bu katta bilan savdo ham qilish muammo. Chekka joylarda terminallar hali yo'q.
Dokonda savdo qila olmayabmiz. Xaridorlar narsa ola olmayabdi. Olgani puli yoq. Karta esa ishlamayabdi.
Shu yangicha narsalar oylab topormasdan eskisini mukammalroq qilsa nima bolarkan.
Muzaffar Uzaqov
Xumoni orqasida kim bor
Kartadan kartaga pul otkazib bolmayapti.
Ozi nima uchun chiqarilgan bu karta???
Elbek
E hamma gap befoyda gapirovrib odamni asabi buzilgani qoladi. Bular 1 tiyinga omaydi xalqni gapini.
Nazarov G'.H.
МАРКАЗИЙ БАНК РАИСИГА: ХУМО ОТАНГНИКИМИ ИФЛОС.
Show next 100 comments