HUMO пластик карталари ишламаётгани ҳақида кўплаб эътирозлар келиб тушмоқда.

Картадан картага пул ўтказиш, нақд пул ечиш, шунингдек савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида тўлов терминаллари орқали тўловларни амалга ошириб бўлмаётгани ҳақида ёзишмоқда.

Аммо ҳалигача бу ҳақда Марказий банк ҳеч қанақа баёнот ёки изоҳ бермади. Мижозлардан бир оғиз узр сўрагани ҳам йўқ.

HUMO картаси ишлатадиганлар, Сизларда нима гап?

1481 comments

Show 100 more comments
Абдурахманов Сахиб Абдурахманович
Хаммаси призидентни хам халқни хам алдашади,халқ уларни алдайди.Умуман халқ хам давлат хам бир бирига мос
Раимжонова Гузаль Бахадыровна
Бош огрик
Elbek
Boshqa dunyo aholisi kosmosni zabt etayotgan bir paytda bizda oddiy plastik kartochka muammo. Biz hech qachon zerikmaymiz humo tugasa yana bir narsani o'ylab topadi. shundaqa oddiy muammolardan chiqolmay yurovramiz.
Раимжонова Гузаль Бахадыровна
Пул утяпти, смс хам кнляпти, лекин терминал йук...
Bir tinga qimmat plastiki.Qaysi aqlli o‘ylab topgan.Humo bn 4 ta kartam bo‘ldi.Qachonladir korrupsiya yo‘qolar.Yoki humoni ham sardobadek ofat bo‘lganda eslashadimi.
NAFOSAT
3 кундан бери кутаман клик уланган лекин телда уланмаган деяпти хеч нарсани куриб бумайди узкард яхши еди
Bu ham bir tomondan raqobatning yoʻqligi natijasi(Balki raqobatga yoʻl yoʻqligidir!). Masalan, Paymi va Click xizmatlarini olaylik. Men avval faqat Clikdan (offline) foydalanardim. Lekin unda sod terish uzoq davom etadi. Paymida esa, hammasi koʻrinib turadi, foydalanish uchun qulay. Shuncha qaramay har ikkalasidan online va offline foydalanaman.

Oʻzi Uzcard bilan bogʻliq muammolar 2017-2018 yilga kelib bartaraf boʻldi. Moddiy-texnik bazani yaxshilamay, odamlarga shu qurgʻur Humoning afzalliklarini koʻrsatib bermay, majburiy ravishda bir servisdan ikkinchi servisga oʻtkazish- varvarcha usul! Yana ogʻzilarini toʻldirib, "Mijoz...ga emas, ...mijozga xizma qiladi" deyishadi. Koʻp nuqta oʻrniga koʻp sohalarni qoʻyish mumkinligi uchun boʻsh qoldrdim.
Yangi Humo plastikka oʻtkazildi deganda biror yangi afzalliklari bor boʻlsa kerak deb oʻylagandim lekin koʻrmadim biror yaxshi tarafini plastik yuzasidagi kodlari oʻchmaydigan qilib ishlanganini hisobga olmasa. Baribir Humodan Uzcard ga pulni koʻchirib keyin ishlataman Uzcard ham qulay ham kartadan kartaga pul koʻchirish qulay uyali aloqa vositalari ga ham toʻlash juda oson umid qilamanki Humo kartalariga ham bunday qulayliklar kiritiladi
Sobir
Хумо картадан бугун 3 та тулов амалга оширдим туловлар амалга оширилган буйича СМС роппа роса 6 соатдан кейин келди
Нигора Охунжоновна
Йук булгани яхши
Paymeda Uzcardni kirm chiqim degan joylari bor edi a bu Humo deganida yo‘q
Humo kartada afzallik yo‘q. Uzcard karta bn bir hil. Lekin hozir Humo ishlamayapti
Bugun Humo plastigini oldim lekin umuman ishlatib bo‘lmadi
Bir tenga qimmat nega humo berishdi
Maniki Uzcard edi humoga oʻtkazishib berishdi
Раимжонова Гузаль Бахадыровна
Пул утяпти, смс хам кнляпти, лекин терминал йук...
Бошка банк карьаларигаям пул утябдими или факат хумодан хумога утябдими манда факат хумо карталарига пул уткази булябди
Munira Munira
Bugun mani Humo plastigimdan 30.000sum echib olindi kimga murojat qilsam boʻladi
Humo karta umuman ishlamayapti. Uz cardga o'tkazib ishlatayapman.
Rohatoy Nabiyevna
Халкнинг кунглидаги гапларни айтдингиз.Буджет ташкилотидаги хаммага беришди.Лекин хеч кайси дукон кабул килмайди.
Хумони номини алмаштириш керак. Хумо қуши уялиб кетти
Хумо картасини аввал хар томонлама тайёргарликлардан сунг ишга туширишса максадга мувофик болар эди. Чунки картадан фойдаланиш давомида бир канча тушунмовчиликларга дуч келяпмиз ва бу бизни нокулай ахволга солмокда!
Show next 100 comments