Дедилар дунёда асли ким азиз?
Айтдилар: устоздир, устоз бегумон.
Тағин айтдиларки: азиз шубҳасиз
Устозин қадрига етолган инсон!

Нега шеър ёзмайин, юракдан ёниб,
Нега таъзим қилмай, Сизга бу маҳал.
Нега хизматингиз қилмай қувониб,
Эй азиз муаллим, устози аввал.

Сизнинг таълимингиз олмаган ким бор,
Сизки юракларда илк зиё ёққан.
Олимми, шоирми ёки санъаткор,
Илк бор сизга томон устоз деб боққан.

Бугунги касб байрамлари билан юртимизда фаолият юритаётган барча устоз ва мураббийларни, шу жумладан, менга таълим берган, тарбия берган, ҳаёт сабоқларини ўргатган ва бугун ҳам ўргатаётган жондан азиз устозларимни чин қалбимдан табриклайман.

Азиз устозларим, олдингизда бир умр қарздорман, Сизлар учун бошим ерга теккунча таъзимдаман!

308 comments

Show 100 more comments
Maqsadoy
😊😊😊😊😊😊
Barchangizni bugungi bayram bilan tabriklayman. Siz pedagog yoki oʻqituvchi boʻlmasangiz ham qaysidir sohada kimgadir ustozsiz...
1-Oktabr O'qituvchi va Murabbiylar kuni bilan barcha ustozlarni tabriklayman, ayniqsa men juda hurmat qiladigan Ustozim Mr.Andy ni alohida bir ehtirom bilan ta'kidlab o'tmoqchiman. Ustoz borizga shukr , bizlarga har qanday holatda ham bilim ulashib charchamadinggiz , InshaAllah bundan keyin ham boshimizda turing , Ollohim ilmimizni ziyoda qilsin 😊
Кукленова Мухайё
O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan barcha ustozlarimizni tabriklaymiz ularga qancha raxmat aytsak ham kan
1-oktabr O'qituvchi va Murabbiylar kuni bilan barcha ustozlarni tabriklayman ilohim baxtimizga sog' omon bolinlar
Dilshodbek Sherimov
Bugun men bayram mem Putkil Ózbekistan muģallim hám Ustazlarin qutlayman.
Hizbullah
Hamma ustozlani tabriklayman
Tabriklayman
Sulaymanova Marvarid
Ustozlarimiz bor bolsn wu kunlaga yetkizdi bizani
Мухайе Фазиловна
Спасибо за поздравление
🌸🌸🌸🌸🌸
tabriklayman
Akbar Obodovich
Katta rahmat aziz va mòtabar ustozlar👏👏👏
Tosheva Shahnoza 59- maktab
Senga kim harf o'rgatmish ranj ila haqqin ado etmoq oson emas ming ganj ila.Qadrli ustozlarim boringizga shukur barcha ustozlarimni bayram bilan tabriklayman.Mashaqqatli,ammo sharafli ishingizda metin iroda tilayman
Hammasi uchun raxmat ustozlar, soĝ va omon buling ustozlar.!
Magistr nimaga chiqmayabdi mandat kutyabmiz
Dilshod Akramov
Vatanimizdagi barcha o‘qtuvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklayman
Наргиза Холбоева
Раҳмат,чин дилдан! Мен ҳам устозман,лекин устоз бўлишимга устозларим сабабчи.
Show next 100 comments