Дедилар дунёда асли ким азиз?
Айтдилар: устоздир, устоз бегумон.
Тағин айтдиларки: азиз шубҳасиз
Устозин қадрига етолган инсон!

Нега шеър ёзмайин, юракдан ёниб,
Нега таъзим қилмай, Сизга бу маҳал.
Нега хизматингиз қилмай қувониб,
Эй азиз муаллим, устози аввал.

Сизнинг таълимингиз олмаган ким бор,
Сизки юракларда илк зиё ёққан.
Олимми, шоирми ёки санъаткор,
Илк бор сизга томон устоз деб боққан.

Бугунги касб байрамлари билан юртимизда фаолият юритаётган барча устоз ва мураббийларни, шу жумладан, менга таълим берган, тарбия берган, ҳаёт сабоқларини ўргатган ва бугун ҳам ўргатаётган жондан азиз устозларимни чин қалбимдан табриклайман.

Азиз устозларим, олдингизда бир умр қарздорман, Сизлар учун бошим ерга теккунча таъзимдаман!

308 comments

Show 100 more comments
Oliy talimdagi ustozlarni domlalarni tabrikliman
Barcha ustozlarni bugungi ayyom bilan tabriklayman.!
Dilobar
Gijduvon tumanidagi 18 -maktab oqituvchilarini bugungi ayyom bilan tabriklayman illohim oquvchilar baxtiga sog bolishsin hurmat bilan Dilfuza
Ustozlarga raxmat
Assalomu aleykum hammaga. Bugungi ayyom muborak. Ustozlarimiz oldida bir unr ta'zimdamiz.
Асқар Худойбердиев
O'zbekistondagi barcha o'qituvchilarni chin ko'ngildan tabriklayman! Boringizga shukur!
Баййрамлариз Билан хаммаларизды😍
Рахмат яхши ниятлар сизларга хам хамрох булсин.
Nihola Saydusmonova
Barcha o'qituvchi va murabbiylarga chuqur minnatdorchilik bildiraman! "Ustoz va murabbiylar" kuni muborak bo'lsin!
Oйдин
O'zbek ustozlari, sizlarni kasb bayramingiz bilan qutlayman, bu mashaqqatli kasbingizda sizlarga olloh kuch-quvvat bersin!
AKMALBEK SHIRINBOYEV
Savodsizlarni savodli qilgan ustozlarga katta rahmat.
Pokizaxon Sotiboldiyeva
Rahmat Xushnudbek aka! Sizga ham bayram muborak. Mashaqqatli ishlaringizda Alloh hamisha madadkor bo'lsin🤗
𝓜𝓮𝓱𝓻𝓲𝓷𝓲𝓼𝓸 𝓕𝓪𝔂𝔃𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪
Assalomu alaykum hammani bayram bn tabriklayman Ustozlarimiz doimo sog' bulishsin
Bayram muborak aziz ustozlar🌺🌺🌺
𝓜𝓮𝓱𝓻𝓲𝓷𝓲𝓼𝓸 𝓕𝓪𝔂𝔃𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪
Qaysidir manoda qisman hammamiz ustozmiz axir farzandlarimizni birinchi hayotdagi tarbiyachisimiz
Hamida Hamidova
Albatta dunyoda ustozdanda buyuk inson yõq,zero olam tan olgan mutafakkirlarning ham ustozi bõlgan. Bayramingiz muborak bõlsin,aziz ustozlar!!!
Shoira Norboyeva
Rahmat Xushnudbek! Sog boling!
31 yildan buyon pedagogman. Mashaqqatlarga, ozginagina maoshlarga qaramay ushbu kasb egasi ekanligimdan faxrlanaman, shogirdlarimdan ham! Hatto oqituvchilar umuman qadrlanmagan, hattoki kamsitilgan davrlarda ham bu kasbim bilan faxrlanganman. Chunki hamisha yonimda begubor bolalar, shoqatoylar bolgan va ular siqilishimga ham vaqt bermaganlar!
Ustozlaringizni eslab qoying, iloji bolsa yoqlab qoying bolajonlarim!
Naima Suyunova
Barcha ustoz va bo'lajak ustozlarni bayram bilan qutlayman. Martabangiz qutlug‘ va bundanda ulug‘ bo'lsin!
Show next 100 comments