Mukofotini ustoziga bergan o‘quvchi!
​
O‘ng tarafdagi rasmda boshiga quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqib yurgan kishi 15 yildan ortiqroq vaqt o‘z mamlakatida bo‘lmagandan so‘ng uni sharaflash uchun Iroqqa chaqirilgan Britaniyaning London shahridagi yurak kasalliklari bo‘yicha katta maslahatchi kardiolog doktor Ziyo Kamoluddin bo‘ladi.

Doktor faxriy zalga kirmoqchi bo‘lib turganida bir cholning yo‘lakka gazetalarni qo‘yib, gazeta sotayotgani uni to‘xtashga majbur qildi. Doktor gazeta sotuvchining yonida bir muddat turdi-da, so‘ngra zalga kirdi. Doktor zalga oyoqlarini sudrab, zo‘rg‘a kirdi. U o‘tirdi, lekin uning fikri-xayoli gazeta sotuvchisida edi.
“Ijodkorlik” nishonini taqish uchun shifokorning nomi chaqirilganda, u o‘rnidan turdi. Lekin u minbarga chiqmay, zaldan chiqib ketar ekan, hamma xayrat bilan doktorga qarab qoldi!!!
Doktor o‘rnidan turib gazeta sotayotgan qariyaning oldiga bordi va uning qo‘lidan ushlagan edi, u qo‘lini tortib oldi.

Gazeta sotuvchi qariya
: – Meni qo‘yib yubor o‘g‘lim, men bu yerga boshqa gazeta yoymayman, dedi.
Doktor bo‘g‘iq ovoz bilan unga shunday dedi: – Siz bundan keyin aslo gazeta yoymaysiz. Iltimos, men bilan birga yursangiz…
Gazeta sotuvchi qarshilik ko‘rsatar, doktor esa uning qo‘lidan ushlar edi. Qariya doktor ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rgandan keyin qarshilik qilmay qo‘ydi. Shunda qariyani zalga olib kirdi.

Gazeta sotuvchi:
– O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi?
Doktor gapirmasdan u bilan minbar sari yurishda davom etdi.
U yerda to‘planganlar xayron edi, lekin doktor yig‘lar, gazeta sotuvchisini quchoqlab, boshidan o‘par ekan, shunday der edi:
Siz meni tanimadingiz-a, ustoz Xalil???

Gazeta sotuvchi esa: – Yo‘q, Allohga qasamki, men seni tanimadim. Aybga buyurmaysan, bu yog‘i qarichilik, deya javob berdi.

Shunda doktor:
– Men markaziy o‘rta maktabdagi o‘quvchingiz Ziyo Kamoluddinman, men doim birinchi bo‘lganman, siz esa meni rag‘batlantirib, meni kuzatib turar edingiz. O‘shanda 1966 yillar edi...
Undan keyin sotuvchi shogirdini bag‘riga bosdi. Shunda doktor o‘ziga berilgan nishonni olib, bir vaqtlar arab tilidan o‘qituvchi bo‘lgan gazeta sotuvchisining ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Keyin doktor katnashchilar oldida o‘z nutqini so‘zladi:

Mana shular hurmatga loyiq zotlardir. Allohga qasamki, bizning qoloqllik va jaholatga yuz tutishimiz qachon yuz berdi. Qachonki, ustozlarni xorlab, huquqlarini poymol qilib, ularni o‘zlariga munosib mavqelarga qo‘ymay va yuksak darajalariga mos ravishda hurmat-ehtirom ko‘rsatmay, qadrlamay qo‘yganimizdan keyingina mana shunday qoloqlashib, ilmsiz va nodon kimsalarga aylandik...

👉 @bazarbaevs

2 comments

Сарвар Искандаров
Устозларга шон шарафлар
Afsus...