Bir zarurat yuzasidan kichik gramlarni o'lchaydigan tarozi kerak bo'lib qoldi. Yonimizdagi xo'jalik mollari do'koniga chiqdim, Yopiq ekan, Boshqasiga bordim u yerda yo'q. Uzoqroqdagisiga ham bordim u yerda ham ishim bitmadi. Yo'l-yo'lakay yana 6 ta do'konga kirdim u yerda ham qolmagan ekan. Nasib emas ekan deb uyga qaytdim. Kechga yaqin dori uchun piyoda aptekaga chiqdim. Pulim uyda qolib ketgan ekan, odatda bunday holatlarda jahli, chiqardi, ammo bu safar chiqmadi, ichimda biror hayr bordur deb qo'ydim. Uyga qaytib pulni olib qaytadan aptekaga chiqdim va dorilarni olib uyga qaytayotsam, ko'chamiz oldidan "Andijon" muzqaymog'ini sotuvchi bola o'tib qoldi.
- muzqaymog'ing bormi?
- qolmadi aka, uzr
- Unda nima qilib, kech bo'lganida bu yerlarda yuribsan?
- aka aytsam baribir ishonmaysiz, to'g'risi o'zim ham bilmayman, negadir shu tomonlarga kelishimni ko'nglim istadi, o'zim ham hayronman
- tarozing, yoningdami?
- ha yonimda.
- shuni manga 5- minutga berib tura olasanmi?
- albatta.
Ishlatib bo'lgach, qaytarib berdim.
P.s. Allohning hikmatini qarangki, kuni bo'yi 10 km masofagacha borib 8 ta do'kondan topa olmagan mushkulimni, Allohni o'zi eshigimni tagiga, meni sira uruntirmay keltirib qo'ydi. Agar Apteka 1-safar pul bilan chiqqanimda, balki bu bolani uchratmasdim ham.
Har bir ishda bizga hikmat bor, biz faqat buni vaqt o'tgach anglaymiz. Eng muhimi shunday vaziyatlarda o'zimizni qanday tuta olishimiz orqali darajamizni hal qilar ekanmiz,