Xayrli kech aziz ustozlar va o‘quvchilar!

Onlayn olimpiadalar platformamiz yangilangandan keyin eng asosiy yangiliklardan biri bu reyting ballari edi. Ko‘pchilik "nega shuncha qatnasham ham reyting ballarim o‘zgarmayapti, nega 0.00 ball turibdi" kabi savollar ham berishdi. Ularning savoli ham o‘rinli. Saytimiz sentabrda yangilangan bo‘lsa, bu qisqa vaqt davomida 300 dan ziyod (barchasi bepul!) olimpiadalar o‘tkazildi. Talab va takliflardan kelib chiqib, endi medalli va reytingli olimpiadalarni ham yoʻlga qoʻymoqchimiz. Reytingli olimpiadalar g‘oliblariga medallar beriladi hamda g‘olib bo‘lmagan taqdirda ham reyting ballarini jamg‘arib boriladi. Ballar ma'lum chegaradan o‘tgandan keyin ma'lum darajalar va ko‘krak nishonlar beriladi. Reyting ballari xuddi KUNTESTI mobil ilovamizdagi qonuniyat a'sosida beriladi. Hozircha ilk reytingli olimpiadalarni ham yakshanba kuniga rejalashtiryapmiz.

Shuningdek, o‘qituvchilarimiz talabidan kelib chiqib 19-dekabr kuni 10 ta (!) fandan attestatsiyaga tayyorgarlik testlarini ham o‘tkaziladi.

Lekin hafta davomida zerikib qolmaslik uchun alohida KUNTESTI mobil ilovamiz mavjud. Unda har bir sinfga har kuni alohida testlar (Matematika, Ingliz tili va boshqa fanlardan) beriladi. Har kungi ishtirok uchun reyting ballar beriladi. Oy yakunida #respublika, #viloyat va #tuman kesimida gʻoliblar aniqlanadi. Yangilik sifatida aytishimiz mumkin, oldingidek reklama orqali bepul tangalar olish imkoniyati yaqinda qaytishi kutilmoqda.

Bir dono odam aytgandi: Haftada bir kun koʻp shugʻullanish oʻrniga, har kuni oz ozdan shugʻullanish foydaliroq.

Shunday ekan kunlik muntazam testlarda faol qatnashing. Ham bilimingizni sayqallab borasiz, ham gʻolib boʻlishingiz mumkin.

Mobil ilovamizning telegram kanali: 👉 @kuntesti

17 comments

Dilnoza Xakimov(а)
4чи синфлар учун хам уткаринг яна
Insha Allah 🏅 medal bizgayam nasib etadi
Shohruh Nazarov
Медалли олимпиадалар фақат ўқувчилар учунми
Quvonchimiz cheksiz!

Golib bo'lish uchun intilamiz.Rahmat!
KAMRONBEK 2007
zor ishlarizga omad
Shohida
Hammaga omad
Anisa+ Nafisa
Sovğa kitob qachon beriladi?
Anisa+ Nafisa
Sovğa kitob qachon beriladi?
Baraka topgur sovgʻa uchib bormaydiku, oʻzi shanba 20:00 da forma yopildi. Toshkentdan joʻnatiladi.
Насиба.
Кунлик тестга хисобимизда пул булса хам кириб булмвяпти
Show next 4 comments