Бироздан сўнг,
соат 21:00 да МФактор билан ҳамкорликда тайёрлаётган
«Юридик клиника» кўрсатувининг навбатдаги сони бўлиб ўтади.
Бугунги сонда биз тез орада ишга туширишни режалаштираётган лойиҳамиз, яъни талабалар учун тўлов-контрактни тўлашга оид таълим грантлари ҳамда стипендиялар жорий этишда ёрдам берувчи “MetsenatUz” лойиҳаси ҳақида маълумот ҳам бермоқчиман.
Кўрсатувни YouTube орқали қуйидаги манзиллардан жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:
👉 https://youtu.be/A_cXaFLEikU👉 youtube.com/c/MFaktoruzYouTube каналимизга обуна бўлишни унутманг!
👉 @xushnudbek 👈
Dushanbadan 1-kurs talabalariga tanishuv darslari boshlanadi
▫️12-oktabr, dushanba kunidan boshlab, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — 1-kurs talabalar uchun oliy ta'lim muassasalarida 3 kundan ikki haftagacha tanishuv darslari tashkil etilmoqda.
▫️Anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanayotgan ushbu dars jarayonlari karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda, auditoriyalarning 50 foizdan ko'p qismiga talabalarni kiritmasdan olib boriladi. Darslar kuniga 2 paradan ortiq boʻlmaydi. Paralar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanafus beriladi.
▫️Talabalar turar joylariga talabalar joylashtirilmaydi va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan viloyatdagi abituriyentlar uchun oʻzining hududidagi oliy taʼlim muassasasida tanishuv darslari tashkil etiladi va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan professor-oʻqituvchilar boradi.
▫️Tanishuv darslari taʼlim shaklidan (kunduzgi, sirtqi va kechki) qatʼiy nazar talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar — 1-kurs talabalar uchun tashkil etiladi.
▫️Tanishuv darslarida 1-kurs talabalari dars jadvali, dars beradigan oʻqituvchi va professorlar bilan tanishtiriladi. Kerakli darsliklar va foydalaniladigan adabiyotlar haqida maʼlumot beriladi.
▫️12-oktabrda boshlanadigan tanishuv darslari orqali 1-kurs talabalariga masofaviy (onlayn) taʼlim olish koʻnikmasi shakllantiriladi. Shuningdek, toʻlov-kontraktni amalga oshirish uchun shartnoma taqdim etiladi va shartlari tushuntiriladi.
▫️Tanishuv darslari yakunlangach, 1-kurs talabalar ham boshqa kurs talabalari singari oʻqishni masofaviy (onlayn) shaklda davom ettiradilar.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🏢 @AndQXAI_Yoshlar |Rasmiy
Hurmatli Xushnudbek Xudoyberdiyev
Turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish natijasi qachon eʼlon qilinadi.
Bu boʻyicha ham maʼlumot bera olasizlarmi.
Javob uchun oldindan rahmat.