Талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғидан озод этилиши режалаштирилмоқда
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига Солиқ
кодексига ўзгартириш ва қўшимчалар киритишни назарда тутувчи қонун
лойиҳаси жойланди.
Амалдаги кодекснинг 378-моддаси (Солиқ солинмайдиган даромадлар) солиқ тўловчининг
уй-жойларини талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари
солиқ солинмайдиган даромад сифатида қаралишига оид янги кичик банд билан тўлдирилмоқда.
Эслатиб ўтамиз, ҳозирда уйига талабаларни ижарага қўйгани учун уй эгаси (талаба эмас) келишилган ижара суммасидан даромад солиғи тўлаши керак.
👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek aka sizga savolim bor edi
Ijara haqqini 50% ini to'lab beriladi degan xabar bor edi shuni ijrosi bo'lmayaptiku
Xuddi mana shu soliq borligi uchun ijarachilar talaba qo'yishmaydi. Chunki hech kim xohlamaydi butun daromadidan davlatga berishni . Yana bir narsa borki Toshkentda o'rtacha ijara haqqi 400 000-450 000 .
O'zi ijarada oilasi bilan turgan ba'zibir noinsoflar o'z to'lovini yengillashtirish uchun bitta xonasiga uchta to'rtta talaba oladi.. Endi savol tug'iladi talaba shartnoma tuzaylik desa ko'nadimi?
Kvartirani o'z egasi talabalar turganini bilmaydi, oilasi bilan turgan kvartirant egasiga aytmaydi . Aytsa uni to'lashi kerak bo'lgan summani yana talabalarsiz o'zi to'lashiga tog'ri keladi. Talaba shartnoma talab qilsa, chiqib ket bo'lmasa deydi. Agar talaba o'zi kvartirani egasi bilan gaplashsa kvartira egasi endi ijara haqqini endi o'zi oladi va bu ham oila bilan turgan kvartirant bunga qarshi chiqadi.. Endi to'lovga yordami tegmasa talaba kerak emas.
Boshida shartnomani gaplashib keyin kirsang bo'lmaydimi deydiganlar! , Kvartira egasi shartnoma qilib soliq to'lab o'ziga bosh og'rig'i ortirishi kelmaydi. Shuning uchun oilani ma'qul ko'radi.Agar daromad solig'idan ozod qilinsa insoflirog'i ko'nib ijara shartnomani tuzish uchun vaqt ajratishi mumkin. Ijarachi qo'yish istagida bo'lganlar daramod solig'i uchun aynib qolishgandi. Endi qaror tezlashib kuchga kirsa yaxshi bo'ladi, InshaOlloh
Va yana qoʻshimcha savolim bu universiteti ni boshqa universitetlardan hech farq qilmasa kk yoki tez orada yopilib yana nimadirlar qilmasmikin kim bilsa javob yozsin