⚡️ Супер-контрактга аризани онлайн юбориш имкони яратилди

Жорий ўқув йилида талабаликка тавсия этилмаган, бироқ табақалаштирилган (супер) тўлов-шартнома асосида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун онлайн шаклда ариза қолдириш ҳамда тўлов-шартномаларни онлайн олиш имконини берувчи t-kontrakt.edu.uz ахборот тизими ишга туширилди.

✅ Ушбу тизим:

➖ ортиқча оворагарчилик ва суиистеъмолчиликларнинг олдини олиш;
➖ жараёнларнинг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш;
➖ электрон аризаларни автоматик шакллантириш;
➖ тўлов-шартномаларни автоматик расмийлаштириш имконини беради.

Энди абитуриентлар олий таълим муассасасига овора бўлиб, бориб ўтиришлари шарт эмас. Тизим ёрдамида уларнинг маълумотлари ва тўплаган бали ДТМ базасидан тўғридан-тўғри олиниб, онлайн ариза асосида электрон тўлов-шартнома автоматик расмийлаштирилади.

❗️Давлат ОТМга табақалаштирилган тўлов-шартнома асосида ўқишга қабул қилиш бўйича ариза топширишнинг сўнгги муддати 1 октябрь этиб белгиланган.


👉 @xushnudbek 👈

1130 comments

Show 30 more comments
Asqarova Rozajon
Jshshir nima
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami pasportdagi raqamlardan oxiridan 16 ta sanab shuning 14 tasini kiritasiz
Ажинияз
Qanday topshirdinlar jsh jozsak xato deyabti
Банкдан контрактга пул утказиш ун Канака код терилади
KAKHRAMAN
Nmaga institut qabul qilmayapti ariza koʻrib chiqilmoqda dedi tomom
Ikki tomonlama va uch tomonlama degan joyi bor ekan. Shu joyida tushinmovchilik bo'lyapdi?!
Asaalomu aleykum saytdan ròyxatdan òtdim sizga sms kod yuborildi deb chiqdi.lekin menga kod kelmadi. Qaytadan royxatdan òtishga harakat qilsam JSHIR oldin royxatdan otgan deb chiqyapti. Parolni qayta tiklashni iloji bolmayapti. Shu boyicha yordam berishingizni sorayman.
Men super kontarktga ariza berganman ular qachon menga telefon qiladi
Men oqishga topshirayapgan paytim maqsadli qilib topshirganman online ariza beganimda ham maqsaliga oxshagan ariza yozib berishayapdi men super qilganimdan keyin oqishni bitirib kelgacha yana tumanimda 3yil ishlab beramanmi
Men oqishga topshirayapgan paytim maqsadli qilib topshirganman online ariza beganimda ham maqsaliga oxshagan ariza yozib berishayapdi men super qilganimdan keyin oqishni bitirib kelgacha yana tumanimda 3yil ishlab beramanmi
РАХМАТОВ
Assalomu alekum JShirni yozsam xatolik dyabdi
Salom nega tibbiy yo‘nalishlarga amalga oshirilgan perevodlarni natijasi chiqmayapti OTM saytida ham hech bir yangilik yoq bu haqida hamma perevodlarni natijasi chiqdimi o‘zi
Assalomu alaykum bu sayt orqali bir nechta joyga ariza tashlasa ham boladimi
РАХМАТОВ
Nima qilish kk yozganlar yordam bervorezlar
Show next 100 comments