⚡️ Супер-контрактга аризани онлайн юбориш имкони яратилди

Жорий ўқув йилида талабаликка тавсия этилмаган, бироқ табақалаштирилган (супер) тўлов-шартнома асосида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун онлайн шаклда ариза қолдириш ҳамда тўлов-шартномаларни онлайн олиш имконини берувчи t-kontrakt.edu.uz ахборот тизими ишга туширилди.

✅ Ушбу тизим:

➖ ортиқча оворагарчилик ва суиистеъмолчиликларнинг олдини олиш;
➖ жараёнларнинг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш;
➖ электрон аризаларни автоматик шакллантириш;
➖ тўлов-шартномаларни автоматик расмийлаштириш имконини беради.

Энди абитуриентлар олий таълим муассасасига овора бўлиб, бориб ўтиришлари шарт эмас. Тизим ёрдамида уларнинг маълумотлари ва тўплаган бали ДТМ базасидан тўғридан-тўғри олиниб, онлайн ариза асосида электрон тўлов-шартнома автоматик расмийлаштирилади.

❗️Давлат ОТМга табақалаштирилган тўлов-шартнома асосида ўқишга қабул қилиш бўйича ариза топширишнинг сўнгги муддати 1 октябрь этиб белгиланган.


👉 @xushnudbek 👈

1130 comments

Show 100 more comments
Yashin Abduraxmonov
70 ball to‘plaganman qancha mablag‘ to‘lov qilinadi bilganlar bo‘lsa aytib yuboringlar
Nega t-kontrakt.edu.uz tizimi ishlamaypti Xushnutbek aka edu bilan bog'lanishni iloji bolmayapti xatolik bor bu tizimda
Asror Kuvvatov
Super boladi
Narxi qancha bo'ladi bilaman superligini
Magistratura uchun hammi bu tizim?
Noturdosh roʻyxati qachon chiqarkan shu haqida xam maʼlumot beringizlar
Qachon rasmiy narxi chiqadi superdi
Yashin Abduraxmonov
Asror Kuvvatov
Super kantarkt chiqqanida bilvolasiz
Yuridik universitetniki chiqmaganmi
Asror Kuvvatov
Tasdiqlanmadiku holi
Super kontraktga qo'shib oddiy kontrakt puli ham to'lanadimi?
Mirzayev Maxkamjon
Qande bolmayapti unversitetda ham yo Ozgandim bolmayaptiyu
Telephone nomer yozib qoldirgansizku. Ôzlari tel qilib chaqirgan vaqti ôqimoqchi emasman desamgiz ham ariza bekor qilinadi
Ichki prevodga ham ozgina tuwunchalar bering iltimos aka eski tartibdami yoki yangi tartibdami
Asror Kuvvatov
☆Shohista☆
Super kontraktga qo'shib oddiy kontrakt puli ham to'lanadimi?
Yoq. Faqat 1 yillik super tolaysz. Keyingi yildan oddiy boladi
𝙰𝚣𝚖𝚞𝚁
Nezashto shunca javobsz savolla!
Asror Kuvvatov
Yashin Abduraxmonov
Yuridik universitetniki chiqmaganmi
Tahminan 230 mln atrofida bolsa kk
Sohib Rajabov
Kechkiga kira olmaganlar kunduzgiga super qilsa boladimi biladiganlar bormi
Assalom aleykum @xushnudbek
Man 5 ta tanlagan yonaliwimdan faqat birinchisiga 10 ball yetmadi qolgan 4 ta yonaliwga kirganman lekin birinchisiga oqiwni xoxlayappman shuni super kontrakt qila olamanmi ozgina malumot bersayz
Show next 100 comments