​UZIMEI тизими бепул бўладими ёхуд ўз қарорини 1 йилдан буён ижро қилолмаётган Парламент ҳақида

Бундан роппа-роса 1 йил аввал «Mening fikrim» порталида IMEI кодларни рўйхатга олишда тўлов ундиришни бекор қилиш бўйича петиция эълон қилинган эди. Мазкур петиция бор-йўғи 3 соат ичида керакли овоз (10 минг)ни тўплаганди. Бугунга келиб бу овозлар сони қарийб 25 мингга яқинлашди.

Жамоавий мурожаатнинг сўров қисмида аниқ ва тиниқ қилиб «IMEI кодлaрини рўйхaтгa олишда тўловларни бекор қилинишини сўрaймaн» деб ёзиб қўйилган.

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Кенгаши ва Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг қўшма қарори билан тасдиқланган низом талабига кўра, Парламент ва Ҳукумат номига йўлланган мурожаат камида ўн мингта қўллаб-қувватловчи овозни олганда у белгиланган тартибда кўриб чиқилиши ҳамда мурожаатни кўриб чиқиш натижалари бўйича қабул қилинган қарор модератор томонидан 60 кундан ошмаган муддат ичида «Mening fikrim» веб-порталига жойлаштирилиши лозим.

‼️Аммо, орадан 365 кун ўтган бўлсада, мурожаат ҳамон “Кўриб чиқиш жараёнида” турибди.

Бу қандай Парламент бўлдики, айнан ўзи тасдиқлаган, юридик кучи бўйича қонунга тенг ҳужжатнинг ижросини таъминлай олмаса?!

Нега минглаб фуқароларнинг ҳақли эътирозларига сабаб бўлаётган, халқ учун эмас фақат маълум идораларнинг манфаатлари учунгина амал қилиб турган бу тартибни бекор қилиш чоралари кўрилмади?

Эртага тушунмовчилик бўлмаслиги учун аниқлаштираман: гап IMEI тизимини бутунлай бекор қилиш ҳақида кетмаяпти, чунки бу тизим орқали қора бозорга анча чек қўйилди (100% бўлмаса ҳам), расмий сотув кўпайди ва ўз-ўзидан давлат бюджетига жуда катта миқдорда солиқлар тушишни бошлади. Шу сабабли бу тизим қолиши тарафдориман, фақат рўйхатдан ўтказиш БЕПУЛ, мантиқий ва ортиқча бюрократиясиз бўлсин.

❓Энди Сизларга савол, ҳурматли СЕНАТОР ва ДЕПУТАТЛАР: чегарачи, божхоначи ва солиқчилар ўз ишини эплолмаётгани учун, яъни ноқонуний телефонлар кириб келишини олдини олишолмаётгани учун ўйлаб топилган UZIMEI тизими нега халққа пуллик бўлиши керак? Нега?! Ҳукумат ҳам бюджетга юз миллиардлаб солиқ туширсин, ҳам халқдан юз миллиардлаб тўлов (бу ҳам солиқ аслида) ундирсинми? Яхши бузоқ иккита сигирни эмади, деганими бу? Сизнингча, шу адолатданми?

Кўзбўямачилик учун очилган «Mening fikrim» порталининг нима кераги бор унда? Барибир Парламент у ердаги масалаларни ҳал қилишни эплолмаётган бўлса?

Хуллас, ўтган йили масъулларга қарата айтган гапларимни яна қайтараман:

«Агар Сизга жамоатчилик фикри қизиқ бўлса, унда тўловларни бекор қиласиз. Агар Сизга жамоатчилик фикри мутлақо қизиқ бўлмаса, унда билганингизни қилаверинг!»


👉 @xushnudbek 👈

415 comments

Show 100 more comments
Ular xalqni qolidagi pulga qarab qolgan😏
🅾🅶 '🅰🅱🅴🅺
Og'ri bularni hammasi😡😡😡
Buni ortida faqat poro xo‘rlik turubdi sabbabi bu qonuni ijro etilmasligi bazi bir korhonalarga juda katta foyda keltiradi boshqalarni og‘zini yopish esa juda oson hullas OSMONIMIZ MUSAFFO teshib chiqsin buni biz ko‘rmasak ham ko‘rib turganlar va javobgarchiligini faqat o‘zlari to‘lashadi
Yiban bu uzimei 2 oydan beri otkazolmayapman xamma document joyida
Жумамурат Бабашев
Очофатлар
Bu xoromilar chetdan kelasan ozingni nominga registrasiya qilmoqchi bilasan seni pasportinga ujji imel ochilgan boladi pasportini malumotlarini 10 15 $ sotishadi xoroming bolip teship chiqsin
Malikaga borip telni registrasiya qilmoqchi bosang 50 $
Pochtaga borseng chetga chiqip kegan pasport kere
Mobil qurilmalarning IMEI - kodlarini ro‘yxatga olishda, shaxsga doir maʼlumotlardan (pasport maʼlumotlaridan) qonunga xilof ravishda foydalanilsa, ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi va amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.
👆👆Endi shunaqa sms kelyapti IMEIdan. Qancha odam telefonni boshqa odamni nomiga òtkazgan.
Ertaga buyam ancha muammo bòladi. Bazilar tanishini nomiga bazilar òsha sotgan odamlarga qanchadir mablaģ berib òtkazgan ròyxatdan. Qonuniy kelgan telefonlar ròyxatdan òtmagan telefonlardan kamida 200. 300mingga qimmat.. shunaqa xalqni yugurtirib nima keragi bor tushunmimanda😔😔😔
Bitta qiziq savol paydo bo’ladi? Mayli UZIMEI tizimi bepul bo’ldi deylik. Unda shu shu paytgacha fuqorolarga to’lagan pullarini qaytarishadimi???
GANGA
Davlatdan pul olish qiyin jorajon. Faqat oladi...
Davlat demang
uzimei ni õylab topganlar desangiz tori bõlardi
Sanjar MuZaffarOV
o'tgan yili ham xozir ham bu mafia. bilganini qilaveradi. chidaysiz. sizning fikriz bir tiyin. qamalib chiqqan jinoyatchi o'rtansa qo'ymas. 70 yil rus qamab qo'ygan. qolgan joyidan o'g'rilikni davom etamiz grajdanlar.
GANGA
2020 yil7 dekabr kuni ukam chetdan telafon olib kelgandi menga hamon royxatga qoy olmadim yotibdi kerak siz buyimday. Qayerga borsang qogozbozlik porohorlik karupsiya senatorlar deputatlar qayerga qaraydi yoki xalqini ezishmi ularning ishi qancha muamo bor birontasini bajarmaydi faqat qogozda og'izda amalda Yo'q pichoq suyakga qadaldi.
Agar xalqni fikri inobatga olinib ish qilinganda biz ancha rivojlangan bo'lardik menimcha.Bu mavzuda gapiradigan bo'lsak yaqin 15 yilda ko'rib chiqilmaydi bu qaror.
Fayzullayev Javohir_CR.7
Parlamentda kuniga 5600 so'm topadigan qorinboylar o'tiribdi UZIMEI dan hech qachon bepul qilmaydi bular
Uzimeini yoʻqotish kerak boʻldi. Shunchaki bosh ogʻrik bu bitta pasportdan bitta telefon oʻtkazsa boʻlarkan yana chet elga chiqib kelgan boʻlishi kerak ekan
Bitta narsani aytmasam bõmaydi
Shu imei ni orqasidan Parlament bilan birga biz tomondagi tel ustalar ham rosa daromat qilishdi
eee e stop stop Daromat debman
100% LIK SOF FOYDA kõrishdi
imei kod chiqqandan keyin yuqoridagilarni duo qilishgan bõlsa ham ajablanmayman, Negaki
ayrimlari uyini remontini bitirgan bõlsa ayrimlari nexia 3 li bõlishgan.
va bularning barchasi albatta xalqni qonini ( chõntagini ) siqib chiqarish ortidan bõlgan.
Batafsil aytadigan bõlsam
Android telefonlarda xavfsizlik tizimini ojiz tomonlari bor
ustalar esa shu nozik tomonidan foydalangan holda
Na bror pasportsiz na uzimei ga sariq chaqa tõlamasdan rõyxatga qõshib qõyishyapti. Buning uchun esa arzimagan 95 000 sõm evaziga qilib berishyapti 10 kishinikini 2 yarim soatlarda osongina qilib berishsa bu qancha bõlishini õzingiz ham bilib turibsiz.
Xullas 47 000 sõm qayerdayu 95 000 sõm qayerda
Nima ham derdik
parlamentdan ham abjirroq chaqqonroq parlamentchilar ham topiladi oramizda 😅
Bunaqa parlamentchilar tufayli yuqoridagi parlamentdagilar ham oğzini ochib qolayapti.

Nima ham derdim
ZAMON RIVOJLANYAPTI
parlamentdagilarni miyyasi esa to bora zanglab borayapti

XULLAS FIKRIMNI XULOSA BILAN TUGALLAYDIGAN BÕLSAM;
AMIR TEMUR va BOSHQA BOBAKALONLARIMIZ bularni qilayotgan ishlarini kõrib hatto hojatxona qoğoziga ham arzimasligini aytgan bõlisharmidi
Xulosa esa õzingizdan

Hindlar chiqargan Bobakalonimiz BOBUR tõğrisidagi kino menga maqul bõlgan edi Kino nomi esimda yõq lekn Bobakalonimiz begona ( makon va din ) hind yurtini qanday yaxshilashga uringanini kõrishingiz mumkin.
Bizda esa õz qonini õzi ichadi hayratda qolasan kishi.
Xulosa qismi chõzilib ketgan bõlsa uzur.

Agar siz bu xabarni 9 kishiga yuborsangiz 9 daqiqadan sõng
bunga õxshash 😭 900 ta stiker bilan javob olasiz
agar 90 kishiga yuborsangiz
Bu xabar qanday õchib ketganini bilmay qolasiz.

Nima ham derdim
sõnggi sõzim
ODAM BÕLIB QOLISHAR 😂😬😠
Show next 60 comments