❓Талабаларга ижарасининг бир қисмини давлат тўлайдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, талабаларнинг ижара харажатларининг бир қисми давлат бюджетидан қопланади.

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

➖ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат ОТМлари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

❗️Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (270 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (135 минг сўм) ошмаслиги керак.

➖Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.

❓Шу пайтгача кимгадир тўлаб берилдими?

Олий ва ўрта махсус таълими вазирлигидан олган маълумотимизга кўра, ўтган ўқув йилининг охирида 43 та ОТМдан келиб тушган эҳтиёжларга мувофиқ май-июнь ойлари учун 3 минг 163 нафар талабага 920,8 млн.сўм маблағлар Давлат бюджети томонидан тўлаб берилган. Ўша пайтда кўплаб ОТМлар онлайн ўқишда бўлгани учун талабгорлар кам бўлган.

❓Ижара пулининг бир қисмини олиш учун нима қилиш керак?

Ҳозирча бунинг батафсил тартиби бўйича Вазирлар Маҳкамаси қарори қабул қилинмади, лекин яқин кунларда имзоланиши кутилмоқда. Шунда тартиби аниқроқ бўлар эди. Лекин битта нарса аниқ: уй эгаси ва талаба ўртасида имзоланган расмий ижара шартномаси бўлиши керак. Шунчаки оғзаки келишув бўлса, тўлаб берилмайди.

ℹ️ Тез кунларда каналимизда айнан талабалар турар жойлари ва ижара тўловлари мавзусида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Ўшанда талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга мутасаддилардан жавоб олишлари мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

295 comments

Show 96 more comments
🌸🌺🌺🌸
Турдош
Ha raxmat ma'lumotla uchun kòrvosla qabul qilinganda 55307 ta edi hozir ancha kamayib bormoqda shun sababin bilmadilamii nega
Biz kvartira egasi bilan shartnoma tuzgandik o‘qish joyimizda bu haqda aytdik ham baribir to‘lab berishmadi
Hazlashyapszlarmi deyman 137 ming .Bu narxga hammomiga ham kirgazmaydiku
ALHAMDULILLAH
e qoyil
500minglik kvartira.. shartnoma qilaman desa kvartira egasi 700 minge deydi
Kvartira egasi bilan ijara shartnoma qilish uchun davlat to'lab beradigan puldan ko'proqqa shartnoma qilinadi. i keyin ijara shartnoma qilingan kvartira egasiga qandaydir soliq qo'shiladi. Hozrgi kunda ijara shartnoma qilish uchun taxminiy 200-300 ketib qolishi aniq. 270 ming olaman deb qancha joylarga yugurish kerak va qanchadir summa to'lashga to'g'ri keladi. O'zlaring o'ylab ko'rilar kimga foyda kimga ziyon bo'ladi......
ᴹᴬᴿᴶᴼᴺᴷᴬ
Xushnudbek aka mana hozir uzswluni yigʻilish ovozli chati boldi. Bunaqa narsani biza eshitganimiz yoq hammasi qogozda db otiribdi. Yana kamiga yotoqxona pulini ham oshiribdi 1 kursda 120 ming edi hozir 250 ming ddi. Keyin yana yotoqxona sigʻimini kengaytiramiz deb 2-etajli kravatla ob keganmush kopi bn 8 ta odam turadigan deydi. Yana xonalaga koprq odam qoyarmish. Vapshe adolatsizlik bup yotibdi hammasi. Yana vaksina olganlaga 10% chegirma ham nomalum ekan. Yana yosh bolasi borlaga ham offline oqish db aytdi tushunmiman bular bizaga sharoit yaratib berish orniga buncha qiynagani qiynagan. Chiqargan qarorlarini hali yarmini aytdim man. Iltimos shuni kanalizda post qoyib bering ne bunaqa qilishadi.
Bersa barcha ijarada turadiganlarga bersin odam ajratmay extiyojmand istedodli oilalargamish .O'rtaja oila va o'rtacha o'qiydiganlar talaba emasmi
Рустам
Хушнудбек, бу ноионсофларга инсофинг бормиии, деб қўйинг, 137 минг-а
Nima, qanday qaror chiqarib uni natijasini bilish uchun birinchi o'rinda talabalarda sinovdan o'tkazib ko'radi.
+998907070707
Savol: 2- guruh nogironlik ligotam bor toshkent davlat kimyo-texnologiya univertetiga grant asosida oqishga kirdim va man oqishimni toshkent davlat stomatologiya universtetiga oqishni kochirmoqchiman shunda man kochirsam grand asosida otamanmi va bir yillik kontrakt pulini tolimanmi?
Nogironligi bor shaxs bosamam kontrakt pulini tolashga qarshiligim yoq iltimos savolimga aloxida jovob berib otsangiz oldindan raxmat?
Noshukrlik boʻlmasinu, lekin Toshkentda bir baravar qilib belgilash juda kam boʻlsa keragooooov?! 50 % boʻlgandan keyin, bu cheklov nimasi?
Хаётбек Узбеков
O'zbekistondagi hamma otmlar talabalariga to'lab beriladimi? Masalan chet el otmlarining toshkent filiallarida o'qiydigan talabarlniki ham va zauchnida o'qiydiganlarnikichi hech bo'lmasa 1oyniki
Vaksinaga 10%lik imtiyoz tartibi ham qorong‘i. Qachon oydinlashsa endi.
Yuqorida aytilgan 3 toifa odam beriladigan bo'lsa agar tanish bilishchilik va poraxo'rliklar yanada avj olarkanda. Yana nimamush poraxo'rlikni yo'qotamiz. O'zlari shuni avj oldirishayotganini bilmayaptimi deymanda
Ha iqbollaringni bersin kuzatamiz nima bòladi ijobiy tarafga òzgararkan, quloqqa laģmon ilishmikin yoki
Xushnudbek aka, Yuqorida keltirilgan fikrlardan o'zingiz xulosa qilib, eng tajribali blogr sifatida o'zingiz yuqoridagilar bn muhokamalar qilib borsangiz.
mening fikrim: ijara shartnomasi kerakmas, har bir guruh rahbarida kim ijaraga turadi, kim qarindoshinikida,kim uyidan kelishi haqida ma'lumotlar bo'ladi. shulardan ma'lumot olib, ijaraga turadiganlarga 150dan yoki 200mingdan to'lab berishi kerak. men samarqanda o'qiyman. kvartira narxlari 300 mingdan. sentabrdan narx oshsa, yanayam kutarilishi mumkin.
Assalomu alaykum. Toshkentdagi eng arzon kvartira, agar talaba topsa, 200 dollar. To'lanishi kerak bo'lgan summa 10dan bittasi. Agar bitta uyda to'rtta talaba bo'lsa, uy egasi uning nomidan bitta shartnoma tuzaman, deydi. Bu ham 4 talabani osonlikcha qo'ymaydi. Yuz minglab talabalar o'qiydi. To'langan pul.
Show next 100 comments