❓Талабаларга ижарасининг бир қисмини давлат тўлайдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, талабаларнинг ижара харажатларининг бир қисми давлат бюджетидан қопланади.

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

➖ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат ОТМлари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

❗️Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (270 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (135 минг сўм) ошмаслиги керак.

➖Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.

❓Шу пайтгача кимгадир тўлаб берилдими?

Олий ва ўрта махсус таълими вазирлигидан олган маълумотимизга кўра, ўтган ўқув йилининг охирида 43 та ОТМдан келиб тушган эҳтиёжларга мувофиқ май-июнь ойлари учун 3 минг 163 нафар талабага 920,8 млн.сўм маблағлар Давлат бюджети томонидан тўлаб берилган. Ўша пайтда кўплаб ОТМлар онлайн ўқишда бўлгани учун талабгорлар кам бўлган.

❓Ижара пулининг бир қисмини олиш учун нима қилиш керак?

Ҳозирча бунинг батафсил тартиби бўйича Вазирлар Маҳкамаси қарори қабул қилинмади, лекин яқин кунларда имзоланиши кутилмоқда. Шунда тартиби аниқроқ бўлар эди. Лекин битта нарса аниқ: уй эгаси ва талаба ўртасида имзоланган расмий ижара шартномаси бўлиши керак. Шунчаки оғзаки келишув бўлса, тўлаб берилмайди.

ℹ️ Тез кунларда каналимизда айнан талабалар турар жойлари ва ижара тўловлари мавзусида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Ўшанда талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга мутасаддилардан жавоб олишлари мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

295 comments

Show 100 more comments
Xorijiy otmlarga ham stipendiya ajratilishi haqida ham prezidentimiz nutqlarida aytgan edilar shuning ijrosi borasida ham aniqlik kiriting
Eski tashmi yaqinida kv busa etvorila weriklika busa xam yoki 1 xonali busa xam bir uzim turaman
Menga ham savol bor edi. Uy egasi bilan ijara shartnomaga qilganidan keyin u daromat solig‘iga tortilmaydimi?
Assalomu alaykum men kechki talimda oqiyman. Biz xamma online oqiganda xan offline oqidik. Biz kechkilarga yotoqxona berilmadi senlar kechki oqiysan darsing tugaguncha yotoqxona yopiladi senlarni kirgizmaydi deyishdi. Kvartira topilar ozila rga deyishdi. Xop Deb unga rozi boldik. Keyin Prezidentimizning talabalarning ijara puli togrisidagi bu qonuni chiqqanda Yana murojat qildik xech bolmasa shuni tolab berilar desak senlar kechki oqiysan ishlashing ozing topishing kk Deb shuni xam berishmadi.kechki talimda xozir deyarli 90% yoshlar oqiydi. Bizni hech qanday korxona yoki davlat ishlariga olishmaydi. Bozorda sotuvchilik yoki ovqatlaning shaxobchasida afitsan yoki malyar bolib ishlash mumkin. Bu bn qancha topardik. Uni ustiga kv Lar otti kallasidey qimmat bolsa. Shuni xal qilishda yordam bering
Assalom aleykum med insitutda Oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi bor bu yoʻnalishga keyingi yildan qabul boʻlmas ekan hop nima sababdan qabul boʻlmasligini tushundim ish oʻrni yetarli emas ammo bu fakultedda oʻqiyotgan 300 400ga yaqin talaba (bu son faqat men oʻqiyotgan insitutda vaholanki republikamizda barcha med insitutlarda bundan koʻp talabalar bor) dodini kimga aytsin,eng qizigʻi bular ham boshqa fakultetlar bn teng kantrakt toʻlaydiii, bularning hech biri chetdan perevod boʻlgan emas bular ham abutuent boʻlishgan tunlarni bedor oʻtkazishgan va yuqori ball bn oʻqishga kirishgan .
Endi esa hamma Oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi talabalar tushkunlikda
OHI talabalari un ikkinchi mutaxasislik ham yopib qoʻyildi. Iltimos shu murojatimizni ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz
Bizdan Ro'yxat oldin lekin to'lab ber adi
To'lab bermadi
Ижарага куюувчи ва талаба уртасида шартнома килинадиган булса ижарага куядиган шахс солик туласа давлатга. Квартира нархлари ошиб кетишига олиб келадию бу.
🎓Dilnoza🎓
Bu nizom ham ozgina qoganda o‘zgaradi.Xovotir omela
Biz oldin olgandik ikki oyga. Yangi õquv yilidan yana berilaveradimi lekin shartnomani ikki oyga qildirgandiyu õsha vaqtda
Vazira
Prevod uchun ariza tashlaganlarning kupchiligi shu turar joy masalasida qiynalgani uchun ham ariza yozadi .Iloji bulsa arizalarni tezroq kurib chiqishsa bazilarga bu kvartira muammo bulmasdi Doimiy yashash joyidan qatnardi deb uylayman.Sentabrdan uqish ungacha buyruqlar chiqsa bulardi
Bu hammasi saylovgacha quruq vadalar. Saylovdan keyin yana o'sha eski hammom eski tos bo'ladi
Bekzod
Bomagan gap
Uzbekistandagi chet el unversitetlariga ham otadimi misol westminster bolsa 4 oylik oldindan olinarkan 2 mln qancha foizni qoplab beradi davlat
Eng avvalo kvartira topish kerak u muammo
Abdumo'min Abduvohidov
Assalomu alaykum
Тайный парень🖤
Бизни АДУда хам берамиз дейишган эди канча документлар килиб топширдик барбр жавоб келмади шу билан ола олмадик ва кейин укиш якунланди беришмади
Vazira
Baribir tulab bermedi otanga bor onangga bor deb qogozbozlik buladi .utgan yil ham bahona qilib tulab bermadi.Vaksina olsa 10%tulab beradi deb endi sentabrdan kontraktni 10%kutarilgani nimasi juda ham kulguli
Show next 100 comments