❓Талабаларга ижарасининг бир қисмини давлат тўлайдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, талабаларнинг ижара харажатларининг бир қисми давлат бюджетидан қопланади.

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

➖ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат ОТМлари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

❗️Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (270 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (135 минг сўм) ошмаслиги керак.

➖Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.

❓Шу пайтгача кимгадир тўлаб берилдими?

Олий ва ўрта махсус таълими вазирлигидан олган маълумотимизга кўра, ўтган ўқув йилининг охирида 43 та ОТМдан келиб тушган эҳтиёжларга мувофиқ май-июнь ойлари учун 3 минг 163 нафар талабага 920,8 млн.сўм маблағлар Давлат бюджети томонидан тўлаб берилган. Ўша пайтда кўплаб ОТМлар онлайн ўқишда бўлгани учун талабгорлар кам бўлган.

❓Ижара пулининг бир қисмини олиш учун нима қилиш керак?

Ҳозирча бунинг батафсил тартиби бўйича Вазирлар Маҳкамаси қарори қабул қилинмади, лекин яқин кунларда имзоланиши кутилмоқда. Шунда тартиби аниқроқ бўлар эди. Лекин битта нарса аниқ: уй эгаси ва талаба ўртасида имзоланган расмий ижара шартномаси бўлиши керак. Шунчаки оғзаки келишув бўлса, тўлаб берилмайди.

ℹ️ Тез кунларда каналимизда айнан талабалар турар жойлари ва ижара тўловлари мавзусида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Ўшанда талабалар ўзларини қизиқтирган саволларга мутасаддилардан жавоб олишлари мумкин бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

295 comments

Show 100 more comments
Perevod ballarini pastlatib berish kk koʻpchilikda shu savol otish balidan oz bola oʻtgan meditsinaniki korib chiqish kk asosan 100 bal perevod uchun yoqori
Тошкенда базавий хисоблашдан 10баробар қиммату квартира
Chetdan perevod haqida yangilik yuqmi super kontrak haqda
Assalomu alaykum. O‘z xohishiga ko‘ra O‘qishdan chetlatilgan talaba . O‘qishni tiklab ko‘chirish uchun ariza yozdi. Va ariza rad etildi. Bunday xolatda talaba oldingi o‘qishiga tiklatib o‘qiyoladimi
Javohir
Toshkent dagi kvartiralar
Oyiga oʻrtach 50$-70$ ekan.
Abdujalil
qoplab berish summasi har bir kishigami yoki bitta shartnomagami bu summa
Akalar Mandat nega chiqmayapti vaqt kam qoldiku
Ассалому алейкум бизаниям муоммоимизи хал қиберсала бўларди
Соғлиқни сақлашиям опчиқинг премия беришмаяпт кўпчилик тезердамдан бўшаб кетвоти
Хушнудбек ака бн қанақа богланса бўлади
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Ichki perevodlar haqida ham bir tanqidiy post qilsangiz.25-avgustgacha javoblar eʼlon qilinadi deyilgandi.Mana bugun 27-avgust,hali ham javoblarni kutyapmiz.OTMlarda ham 6-sentyabrdan anʼanaviy darslar boshlanyapti.Ungacha javoblarni eʼlon qilishsin.Yana sarson boʻlib yurmaylik boshqa viloyatda.
Call centerga qoʻngʻiroq qilsak,komissiyaning baʼzi bir aʼzolarida COVID aniqlangan,shuning uchun 30-avgustgacha javoblar eʼlon qilinadi deb aytishdi.Shunga ham oydinlik kiritib oʻtilsa,yaxshi boʻlardi.
FAQAT TALABALARDAN TALAB QILISHNI BILUVCHI VAZIRLIK OʻZ XODIMLARIDAN HAM TALAB QILISHNI OʻRGANSA YAXSHI BOʻLAR EDI.
Тори
Qiziq holat, vazirlar mahkamasini tegilshi korsatmasi yo bolsa (?!) ham bu borada 3163 nafar talabaga faloncha pul sarflangan ekan, bular bir biriga zid xolatmasmi, ishqilib yana “katta akalarimiz “ ning kissasiga ketmabdimi?!
Qatga murojat qilish kere bu haqida
Assalom alaykum menda ichki perevod boyicha savol Bor edi 25 dan chiqishi kerak edi Lekin hech qanday javob chiqmayapti bu ketishda otkan yilgidek oktiyabr ga qolib ketadimi
Assalom alaykum menda ichki perevod boyicha savol Bor edi 25 dan chiqishi kerak edi Lekin hech qanday javob chiqmayapti bu ketishda otkan yilgidek oktiyabr ga qolib ketadimi
Malokhat
O'g'lim grantda o'qiydi,o'zim o'qituvchiman,lekin yotoqxonaga muhtojman,o'tgan o'quv yilida ikki joyda ishlab ham qiynaldim Toshkent qimmat shahar ekan
💥💥💥💥💥💥💥Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Ichki perevot javoblari qachon chiqishi haqida bilib bering.💫💫💫💫💫25 avgustda chiqadi deyishgandi
Mana bugun 27 avgust hali hamon ko'rib chiqishmadi.Agar arizalar ko'rib chiqishi cho'ziladigan bo'lsa biz o'zimizga kvartira toposhimizga to'g'ri keladi.🔺️🔺️🔺️🔺️Iltimos Xushnudbek aka shu masalani aniqlik kiritib bering.Talabalar sarson sargardon .Kimga murojaat qilishini bilmaydi.💥💥💥💥💥Xushnudbek aka iltimos sizdan javoblari qachon chiqishini bilib bering1💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥
阿里
Bu tulovni 1 baravirini har oy tulaydimi OTM .
Yoki 1 marta mi.
Assalomu Alaykum,men bu masala bo"yicha fikr bildirmoqchi emasman,uzr. Xushnudbek aka, iltimos shundan keyin tashlagan postizgayam comments joylasa bo'ladigan qilsangiz yaxshi bo"lardi.Bu bo'yicha ham fikr-mulohaza qilsak to'g'ri bo'ladi. Garchi chiqarilgan qaror o'zgartirilmasa ham.
Show next 100 comments