This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning yakuniy turi ustozimning yurti - Shovot tumanida oʻtkazildi

Jami 13 turda oʻtkaziladigan
olimpiadaning yakuniy turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 250 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, yil davomida barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazildi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Loyiha keyingi yil ham davom etishini xohlaysizmi? Izohlarda fikringizni qoldiring

31 comments

Davom qilsin ajoyib loyiha ancha o'sish bo'ldi xorazmliklarda
Toshkent shahrida ham bo'lsin bolla zerikishyapti
Davom ettirgan yaxshi
Keyinki yildan 9-10sinflarni ham qishishsa zor bólardi
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum farzandlarimiz uchun bu juda katta va zo'r loyiha bo'ldi. Albatta Davom etishini hohlaymiz. Keyingi yil ham qatnashishni juda hohlayapti qizim. va g'olib bo'lish uchun harakat qilyapti.
Юсубова Нигора Эркабоевна
Albatta
Матйокубов Одилбек
Ha albatta
Nodirbek Erkinboyev
Ha
Ха албатта
Õrozmetova E'zoza
Finalda faqat goliblar ishtirok qiladimi yoki har safargidek royhatdagilar ham boradimi?
Xorazm
Assalomu Alaykum. Test savollarini tuzishda yanada jiddiyroq yondashish kerak. 7-8-sinf Rejasiga e'tibor berilmayabti. 7-8 -sinflarni qo'shib bir hil savol berish o'quvchiga nisbatan nohaqlik. O'quvchi matematika fanini 1-sinfdan o'rganib keladi lekin fizika fani 7-sinfdan jiddiy o'rgana boshlaydi endi boshlagandan bilim bazasi kam o'quvchini 8-sinflar qatori savol berish sal mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Keyin olimpiadalarda kichik sinf o'quvchisi o'rniga kattaroq sinf o'quvchilari kirishini oldini olish bo'yicha hech qanday jiddiy tizimli choralar ko'rilsa yaxshi bo'lardi bu holat ko'plab olimpiadalarda e'tibordan chetda qolib ketyapti.
Assalomu alaykum. Ha albatta davom qildirish shart. O'quvchilarga motivasiya beryapdi. Tashkilotchilarga rahmat. O'qituvchilar o'rtasida ham tashkil qilish kerakda shu olimpiadani. Ishlaringizni rivojini bersin. Olloximni o'zi qo'llasin!!!
Show next 17 comments