This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning yakuniy turi ustozimning yurti - Shovot tumanida oʻtkazildi

Jami 13 turda oʻtkaziladigan
olimpiadaning yakuniy turi 25-noyabr kuni Shovot tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 250 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, yil davomida barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazildi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Loyiha keyingi yil ham davom etishini xohlaysizmi? Izohlarda fikringizni qoldiring

31 comments

Show 9 more comments
Ха албатта
Õrozmetova E'zoza
Finalda faqat goliblar ishtirok qiladimi yoki har safargidek royhatdagilar ham boradimi?
Xorazm
Assalomu Alaykum. Test savollarini tuzishda yanada jiddiyroq yondashish kerak. 7-8-sinf Rejasiga e'tibor berilmayabti. 7-8 -sinflarni qo'shib bir hil savol berish o'quvchiga nisbatan nohaqlik. O'quvchi matematika fanini 1-sinfdan o'rganib keladi lekin fizika fani 7-sinfdan jiddiy o'rgana boshlaydi endi boshlagandan bilim bazasi kam o'quvchini 8-sinflar qatori savol berish sal mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Keyin olimpiadalarda kichik sinf o'quvchisi o'rniga kattaroq sinf o'quvchilari kirishini oldini olish bo'yicha hech qanday jiddiy tizimli choralar ko'rilsa yaxshi bo'lardi bu holat ko'plab olimpiadalarda e'tibordan chetda qolib ketyapti.
Assalomu alaykum. Ha albatta davom qildirish shart. O'quvchilarga motivasiya beryapdi. Tashkilotchilarga rahmat. O'qituvchilar o'rtasida ham tashkil qilish kerakda shu olimpiadani. Ishlaringizni rivojini bersin. Olloximni o'zi qo'llasin!!!
Assalomu aleykum keyingi yil bu dasturga 9-10-sinflar qo'shilsa yaxshi bo'lardi.
Nargiza Sobirova
Ha albatta
Ushbu tashabbus zoʻr gap yoʻq. 10-11 sinflar ham boʻlsin keyingi yil. Hokimliklarni taʼlimga pul berishi yaxshi anʼana. Boshida bitta jadval tuzilib oʻquvchilar ishtiroki roʻyhat sabab cheklanib qoldi. Tuman kesimida har oyda saralanib bolalar viloyat bosqichida qatnashishsa zoʻr ish boʻlar edi.
Gulbahor Tohirova
Ha, albatta
Assalomu alaykum.Keyingi yil ham bu olimpiada o'tkazilishini juda xohlaymiz.Tashkilotchilarga rahmat!
Iltimos, final bosqichi haqida ham ma'lumot berib yuboring.Oldindan katta rahmat!
Финалда утган йилда 8синфда катнашган лн хозир 9синфда укиетган укувчи катнаша оладими. Нимага уларни олиб ташладингиз.
Assalomu alaykum juda yaxshi boʻlardi
Nargiza Hamidjanovna
Loyiha zo'r natija beryapti. Davom ettiringlar.
Dilnoza Ismatullayevna Muxammadiyeva
Assalomu alaykum. 7-8 sinf matematika savollarini tashlab bera olasizmi ustoz . Oldindan raxmat. Savollariga juda qiziqayotuvdim
Dilnoza Ismatullayevna Muxammadiyeva
Assalomu alaykum. 7-8 sinf matematika savollarini tashlab bera olasizmi ustoz . Oldindan raxmat. Savollariga juda qiziqayotuvdim
Oldingi sonini savol va yechimlari 3-dekabrda youtube kanalimizda chiqadi. Bu safargi savollar nasib qilsa “Hokim olimpiadasi” haqida 1 yillik kitobimiz chiqadi shunda yoki dekabr oxirida koʻrishingiz mumkin
Albatta,kelasi yil ham tashkillashtiring.
Ассалому алайкум Сардор Базарбаев. Ёшларни таълим олиши ун килаётган харакатларингиз тахсинга лойик.омад тилаймиз.
...ва ютук пулларини тулик берилишини назоратга олишингизни сураймиз. Шу кунгача хамма туман тулик берган.факат тупроккалъа тумани 12 фоиз ушлаб колди.бунга нима асоси бор ? Тулик суммани кутиб коламиз.
Hokim kubogida faqat gʻoliblar. qatnashadimi?
Judayam hohlardim
Show next 1 comment