This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoni har bir yosh ko‘rishini juda xohlardim.

Yozilmagan maqsad — tez unutiladi, yozilgan orzu esa rejaga, rejalar esa natijaga aylanadi.

Bu yil jamoamiz va shaxsan men uchun alohida mazmunli, barakali va unutilmas bo‘ldi.

Yil boshidan:
— Olimpiadalarimiz geografiyasi keskin kengaydi va bugun KHISO olimpiadalari butun respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.
— Oflayn tarzda 30 000, onlayn tarzda 500 000 dan ortiq o‘quvchini qamrab oldik.
— 3 ta yangi kitob nashr etdik va jami kitoblarimiz soni 17 taga yetdi.

Ilk bor Copernicus xalqaro olimpiadasining rasmiy vakilligini qo‘lga kiritdik va hozirda 10 ga yaqin xalqaro olimpiadalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Iyun oyida ustozim Karim Raximov boshchiligida talabalar o‘rtasida rahmatli ustozimiz akademik Azimboy Sadullayev nomidagi Pi-olimpiadasini muvaffaqiyatli o‘tkazdik.

Iyul oyida esa O‘zbekiston va Tojikistondan eng kuchli 400 nafar o‘quvchini birlashtirgan “Yozgi maktab – 2026” loyihasini amalga oshirdik.

30 dan ortiq ishtirokchi biz orqali Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Copernicus Global bosqichida qatnashdi. Natija: 4 ta 🥇, 3 ta🥈, 7 ta 🥉 medal va o‘quvchimiz Ko‘palov Shohjahon — “Absolute Winner”, MacBook Air sohibi bo‘ldi 💻

Ammo eng asosiy va eng faxrli yutug‘im — bu nafaqat ilmiy, balki hayotiy ustozim, fizika-matematika fanlari doktori Karim Raximov rahbarligida PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritganim bo‘ldi.

Shuning uchun yana bir bor aytaman: 📝 Maqsadlaringizni bugunoq yozib qo‘ying. Bajarilganlari yoniga ✔️ belgisini qo‘yib boring.

Qissadan hissa shuki — sizga 2026-yilda barcha maqsadlaringiz yoniga ✔️ belgisini qo‘yishni chin dildan tilayman.
Omad, ilhom va katta yutuqlar siz bilan bo‘lsin! 🚀✨

👋 Darvoqe, men allaqachon 2026-yil uchun maqsadlarimni yozib qoʻydim. Navbat sizga!

2 comments

🌷 Miss Mehribon 🌸
Mehribon
Yangi yilda yangi rejalaringizni Allohim ortiĝi bilan bersin. 🤲
Allohim mani ham rejalarim va niyat-orzularimga òzi yetkazsin. Yangi yil barchamizga qutluĝ kelsin