Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 49 more comments
Xushnudbek oka men siz tomon
GULRUX BURXONOVNA
Xalqni chorak asr paxta dalasida ishlatmasdan rivojlanishning boshqa usullaridan ham foydalansa ham bo'lardi. Bi xato ekanligini tan olish zarur
SALOMAT BOZOROVA
Biz paytimizda ham 5 sinfdan paxtaga op chiqishardi kichkinagina qizcha bo'lib fartuklarimiz uzmizdan katta paxtalaraga buyimiz yetmay tarozida navbat kutib o'tirardik o'qishlarimiz qolib ketar juda qiyin edi o'sha paytlar mana shu narsalar ham o'qishimizga katta ta'sir o'tkazgan deb o'ylayman
Madinaxon Baxodirova
Paxtada biz kursdoshlarimiz bilan judayam yaqinlashib ketganmiz. Salkam 2 oy bir joyda yashab, bir dasturxondan ustida ovqatlanganmiz, bir-birimizga yordam berganmiz. Bu juda ajoyib edi.
Ўзгача гашти бор эди айниқса шахарда яшайдиганлар шу бахона далага чиқиб хам хаво алмаштириб хам маданий дам олиш десаям бўлади ерни тафтини хис қилинади.
Shukurov
3-sinfda paxtaga olib chiqilganimizu 6-sinfda paxta dalasida maktab direktori A.Ergashevdan tepki yeganim esimda (
⚖Файзулло
#Счастливая✨♡
Bz borolmadkda 😭😭😭😭😭😭
Borsak yaxshi edi baribir aytarli o‘qimadik mana 4 yil karantiiiin bo‘lib oldin davrimiz uyda o‘tdi
Umuman paxta terolmasdim. Jon jahd qilib paxta terganim kun bo'yi 35 kilo bo'lgan. Onam maktabda oqituvchi. Ular paxtani yaxshi terarilar. Shunchun qoshimcha pul maqsadida ham ozi ham man uchun paxta terardi. Normadan oshigini mani nomimga yozgan. Man uyda ukalarimni qarab ovqat qilib otirardim
1-marta paxtaga 4-sinfda abetdan keyin chiqqanman maktab tomonidan. 11 kg terganman😁. 5,6 sinflarda ham terganmiz. Birda kechgacha 15 kg termaganlarni urshishgan nega kam terding deb. ( 14 kg terganman. Menga indashmagan😆) Eng qiziģi shuni natijasida aftobusdan qolib ketganmiz. Qishliģimizdan ancha uzoq joydan piyoda qaytganmiz. Kechki 9larda uyga kirib borganman. Yo'lda qo'rqqanman. Chunki qiz bola kechqurun o'zi yurish ancha xavfligini oshanda bilganman. Keyin 7-sinf bolganimizda bizni chiqarish taqiqlandi.
Kim biladi super kantrakt narxi qachon chiqadi hafta oxiri deyiwgandi haftayam tugadi wekilli
Biz yosh avlod hali paxta terishgayam bormadik ekishgayam
lekn maktab payti ustozlarimiz borardi shu sabab kõp darslarimiz qolib ketardi õtilmay. Doim darslar qolib ketganda shu paxtani kamroq eksa bõlmasmikin paxta teredigon ishchilar terib tugata oledigon darajada õqituvchilik muhimroqku deb õylagandim.
Keynchalik õqituvchilar bormidi digan qaror chiqqanini eshitdim aniqki hursand bõldim.


Lekn rosdan ham paxtadan ham muhim ne'matlarimiz bor.

Zeroki najot ilmda!
darsdan qolmaslik kere albatta.
xolid
Paxtadagi estaligim sovuq kunlar har kungi makaron retsepi alamli befoyda qochishga urunishlar va qancha tersang ham pul ko‘rmaslik shunga o‘xshagan azobu uqubatlar.......
Sarvinoz Xabibullayeva
Juda ham zo'r paytlar edi 5 - sinfdan chiqqanmiz paxtaga men uchun paxta mavsunida ishtirok etish fojia emas hozir talabaman agar yana shundey imkon bo'lganida yoq demas wdim jonim bilan paxta terimga borardim eng qiziqarli hotiralar paxta bilan bog'liq
Madina Temirova
Manam paxta terishga bir yilgina chiqqanimiz esimizda aaa keyin kollejda voqtimiz kursdoshlar obedga tarvuz yeyishlar kimgadir suv yetmay qolishi ,yoki non qilmasligi kechqurun kelishda avtobusda qo'shiq aytib kelishlar bular ham davr ekan
Xullas bugungi yoshlar paxta terishnimas paxta qo'yishni boplaydigan bo'ldi va nihoyat )) dux olib
Лекин дам йўқ эди айниқса бюджет ташкилотида ишлайдиганлар учун ўта қийин эди
☘🌱LILY🌱☘
Menda hech qanaqa xotira yo paxta terishga bormaganman universitetda ham paxta bolmagan😒😒😒
Show next 100 comments