Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 82 more comments
DUNYO QIROLICHASI 0072
ASSALOMU ALEYKUM YAXSHIMISIZ SIZGA BIR SAVOLIM BOR EDI PEREVOD HAQIDA EDI. PREVODDA YETARLI 66.1 BALDAN KAM BALL TUPLAGAN YOKI BIRON BIR SABABLARGA KURA IMTIHONDA USHTIROK ETOLMAGAN XORIJIY TALABALAR BULAR AVGUST OYIDA IMTIHONGA QATNASHAOLMAGAN YOKI YETAR BALLNI TUPLA OLMAGAN TALABALARGA BIRINCHI SMESTR OXIRIDA YANI QISHDA XAM YANA PEREVOD BULADIMI YOKI PEREVODDA BALI YETMAGAN LARGA QANDAYDIR IMTIYOZLAR BULSAXAM AYTIB UTSANGIZ ILTIMOS.
Baribiram har terimda bir kun bo'lsa ham hashar qilishsa kunduzi yigilishib borib yordam bersak bizayam paxta terimi nima ekanligini bilarmidik☺️
Эльмира Ахмедова
Жуда ёмон кўрардим, пахта мавсумини. Чунки беролмасдим. Талабаликнинг пахта мавсумида жуда қийналардим. Омон омон замонлар келаркан ку мана ўқувчилар ва талабалар учун.
Alisher Yusupov
O'qituvchilar 1 oktabrni dalada kutishardi yana bayram deb nomlanardi. Butun respublika ularni bayramida dam olishsa ular dalada. Paxta orqasidan qancha poraxo'rlik ichkilikbozlik va boshqa illatlar avj olardi. Minglab talabalar paxtadan bir umrlik biror kasallik bilan qaytishgan.
Meni xotiramda eng alamli jihati paxtachi qizlar zo‘r maqtalardiyu a‘lochilar qolib ketardi
Nigora Muhammadjonovna
Men birinchi sinfdan yaʼni1980 yildan boshlab paxtaga chiqqanman
Qator qilib dalaga olib borishar edi.Bir sinfdoshim paxta dalasida uxlab qolgan.Barchamiz uni to tungacha qidirganmiz.Oʻshanda 7 yosh ekanmiz.Hozir eslab yigʻlagim keldi
Nozima Davlatova
Litseyda 1-kurs paytimizda paxtaga olib chiqishgan. O‘shanda bir kursdoshimiz boshqa kursdoshimizga otgan paxta ko‘sagi meni peshonamga tegib yaxshigina ko‘kartirgan. Keyin esa u kursdoshimiz guruh rahbarimizdan kaltak yegan
Paxta davridagi eng qiziq va esda qolarli voqea shu bo‘lgan menda
Shaxnoza
Biza yosh edik Adam nochka ishga ketardila. Onam maktabda o'qituvchi bo'lib ishlaridila. Quyichirchiqqa paxta tergani maktabdan onam ni olib ketishardi.Bolalarim yolgiz qolmasin deb yarim kechasi yetib kelardilar. Tamom
Muxlisa Boyboyeva
Мен хам пахтага борган вактларимни эслагим келмайди. Чунки мактаб бошланиши Билан Бир хафта укиб мажбурий пахтага чикардик хаттоки журналларни хам пахта даласида дам олиш вактида ёзганмиз кечалари кеч колиб кайнонамиздан гап эшитганларим болаларимни богчада колиб кетганлари кеч колганим учун кайнонам овкат килиб еб бизга колдирмай козонни бушатиб куйганлари йиглаб йиглаб курук нон еб ётганларимиз бирортасини эслагим келмайди. Балки миллий бойлигимиз булгандир лекин Ман ёмон кураман. Нафакат манда бу холат жуда куп аёл укитувчиларимиз хаётида булган. Хурматли президентимиздан жуда миннатдорман. Шу кунларга бархам берганлари учун.
ЗАРНИГОР 👑👑👑
Paxtani eslatman xozir endi mazza bolgan deb oylayman lekin aval paxtada juda qiynalganman biz xam 5 6 sentabrdan paxta ga ketardik.unchalik norma bajara olmaganman xar kuni shtabda turardim domlalar urushardu.zor davr ediyu diskotekalar bolgan bayram kunlari .xullas juda qiynalganman paxta tera olmaganman shundan noyabr oyida qaytganmuz 3 yil xam kollej da paxtaga borganmann😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂
Öquvchilarimizni paxta terimiga chiqarish uchun qishloq oralab charchab ketardik.5 -6-sinf öquvchilar faol chiqishardi yuqori sinfga ötganlaridan keyin dalaga chiqishmasdi.sinf rahbarlar uyma uy bola yigardik.
Manam 5-sinfdan chiqqanman kollej da ham ishxona tomonidan ham chiqqan man majburiy hozircha shu yil indashmayapti tibbiyot xodimlariga koʻramiz qani endi boshlandi ku paxta
{$$$$}
,
Суперконтрактга қачон борилади
Paxta davrim judayam qiziq davrlar edi. Biz 5_sinfdan chiqqanmiz. 7kilo terib xursand bo'lardik. Kollejda borganimizda esa uyga qochib kelishni xohlardik. Ayniqsa 1_kursda o'qiganimizda raxmatli Nuriddin Zayniyev Qashqadaryo viloyati hokimi hammamizga sovg'a berganlari umuman esimizdan chiqmaydi. Joylari jannati bo'lsin🤲
ZULFIQOROV BAYON
Usha vaqtlarda aytganizda tahsinga sazovor gaplar bo'lardi. Bu to'g'ri fikr. Noto'g'ri demoqchimasman. Lekin endi gapirish noto'g'ri. Sekin sekin davlatni oyoqqa turg'azishning bir yo'li deb qaralgandir balkim.
Paxtadan qochib uyga kelayotganimda melisalar ushlab olib kimsasiz dalaga paxtaga tashlab ketgandi. Olib ketadigan mashina xam bo'lmagan. Zakonchiligim qayerda bo'lgan bilmayman.
MAHBUBA SHOMAMEDOVA
Ассалому алайкум,11-синф вактимиз эди,11-декабрда пахта териб утирибмиз,пахтаку эмас курак ,чанок териб утирганимизда совукда утин ёкиб оёкларимизни иситиб утирсак,резин ковушимнинг таги эриб кетган экан,совукда сезмабман
Ilhom
O‘sha davrlar baribir boshqacha edi. Insonlar bir-birlari bilan samimiy edi. Paxtada ko‘p talabalar toblanardi...Sog‘inaman o‘sha yillarni...
Show next 100 comments