Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Kechirasiz,siz birovlarni nomidan gapirmang, qayerdan bilasiz qiyinchilik ko'rmayotganini poytaxtda ham boshqa viloyatlarda ham talabalar o'qish vaqtigacha ishlab o'z ehtiyojlariga o'zlari pul topyotganlar bor kontrakt pulini ijara haqqini kunlik ehtiyojlarni to'lash uchun qaysidir qiz kafeda farrosh qaysidir bola qurilishda loy tashib mehnat qilyapti.Bular qiyinchilik ko'rish emasmi Endi aytingchi ular paxtaga chiqsa o'rniga mehnat qilib berarmidingiz
Paxtani eslatib ko‘plarni eski dardlarini ochib yubordizda bu paxta o‘quvchi o‘qituvchi termasa ham mana terilarkanku paxta terim boshlansa bechora o‘qituvchiga qiyin bo‘lardi bolalarniku aytmasa ham bo‘ladi terimni bilgan gap eshitmasdi terolmagan gapni eshitib qiynalib o‘tkazardi 21yillik o‘qituvchilik davrimni 16yilini paxta azoblarida o‘tkazib yuqorida aytilgandek gap eshitib zug‘umlar ostida sog‘likni yo‘qotib o‘tkazibman biror kun o‘quvchim kam chiqsa uyma uy yurub bolalarni paxtaga olib borgan kunlarimga afsuslanaman bir tarafdan ota onadan gap eshitib bir tomondan rahbar ishdan bo‘shataman deb qo‘rqitib bir tomondan otasini puli bilan amaldor bo‘lganlarni so‘kishini eshitib o‘tkazibmiz paxtani.Mana paxta ham termayapmiz ko‘chaga ishga ham chiqmayapmiz rahmat prezidentimizga.
Кахрамон
Кишлокда усганим ёшлигимдан пахта териб катта булганим учун пахта теримда кийналмаганман.Ёнгиндан саклаш Олий Техник мактабида укиган кайтамиз борганмиз.Курсантларниям пахтага оборар эди у пайтлар. Пулгамас албатта.Ким бир ярим тонна терса уйга жавоб берарди.Бир хафтада терганман бир ярим тоннани.
Икки йил борган булсак хам бир ярим тонна териб уйга кетиб,курсантлар пахтадан кайтгунча уйда булганман. Эсласа буладиган замонлар эди.
Madinabonu
Salom yahshimisizlar super kontrakt narxi chiqdimi kimni xabari bor
Kursdoshlarim bilan paxtadagi bir kunim qaytib kelsa edi
Hozir paxta terib qishga pul yigishni o'ylayapmiz. Sababi ishsizlik ish yo'q.Qishloqda gaz yo'q ko'mir uchun pul kerak. Yerlar dala maydoni lanati fermerlar qo'lida biz esa mollarni boqa olmaymiz tirikchilik yomon ahvolda . Oldinlari kolxoz payti pudrat berardi ishlardik evaziga yer berardi ekin ekardik , bugdoy berardi 2 tonnalab yana asosiysi UCHASTKA YER berardi. Shu lanati fermerlar hozir bizni tomorqamiz uchun ham oqib turgan suvni bermaydi. Siyosatni qoralash niyatim yo'q lekin Adolat qani? Qishloqdagilar Rassiyaga qachongacha borib ishlaydi? Paxta siyosati yo'q bo'ldi bu yaxshidir lekin men shu paxta terib pul topadiganlar uchun shu paxtani borligiga xursandman.Kelasi yildan bu ham yo'q emish klaster bolarkan. Biz uchun yana ahvol og'irligicha qolaveradi. Mayli ahvol og'irligini bilib turganlar bordir lekin manimcha bizni bumdanam battari kutib turibdi. Xushnudbek aka sizni har holda vijdoniz bor sizga raxmat.
Paxta terish mazza bo'sa kere. Man qishlog'da tursamam hali paxta termaganman😭😭😭 man uchun armon
Talabani eng inoq qiladigan bu paxta davri edi.
Jalilova Karimaxon Abduhalimovna
MUSULMON_001
Mazza qib uxlabsizda😂
Qayoqda uhleman bir kun chiqib 1hafta ogʻriganman gripp boʻlib🤦‍♀🤦‍♀🤦‍♀🙈🙈🙈
Sirojiddin
Xushnudbek aka bilan qanday bog'lansa bo'ladi xurmatli birodarlar?
Marxaboxon
Men bugun paxtaga chiqdim 😅😅juda xam qiyin,baribir oʻqishga xech narsa yetmaydi
Hushnudbэk aka uzur lekin magistrlar masalasiga yordam qiling iltimos 55 balldan kam toplagan ammo ingliz tilidan test topshirdik kantrak bo‘lsa ham o‘qir эdik iltimos
Пахта терим вактида уша пайтларда самолёт устимиздан дори сепиб утгани, сув куйилган агат ичида оёк кийимимиз лой булиб ялангоёк пахта терганларимиз фарзандларимиз учун эртак хозир
гулзайнаб
Пахтадан яхши даромад булади, пахта териб катта булганлар тайер кадр эди, шу томондан хам бир яхши натижаларга эришса булади диб уйлиман
Men armiyada terdim faqat paxta .umrimda 1-marta
Эшмаматова Н
Пахта даврини эслагим келмайди, соғлиғимга анча зарар етказган
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿
Мен 5-6 ёшимдан бери хар йили пахта теримиз.аввал мактабда,техникумда,хозиргача ишхонадан пахта теримга ихтиёрий мажбурий борамиз.1982 йиллар 1 кг пахтага 5 -7 тийин туланарди(1 дона обинон 10-20 тийин эди).хозир1 кг пахтага 1200 сум (1 дона обинон 2000-3000 сум).
Paxta terimini ham o'z gashti bor. Paxta terimidagi ko'plab voqealarni eslab quvonamiz ba'zida. Undagi zavq, insonlarni bir biriga yaqin qilgan mehr ulashishga sabab bo'lgan paxta terimi ham
Paxta terilgan paytda ham o'qimishli kadrlar chiqqan. Ta'lim oqsamagan. Hammada intilish bo'lgan
Show next 100 comments