Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Muhammadjon Ismoilov
Man 1-marta borganimda 9 kelo terganman. Keyinchalik kup bordim, kup terganman. Kitob yozmoqchi buganlar bulsa 1 kitob kamedya janridagi xotiralarim bor
Maktabda 3 yil chiqqanmiz paxtaga.Òshanda 5-6-7-sinf vaqtlarim edi bizni eng oxirida paxta qolmagan payti olib chiqishgan kunlar sovub qolganda.Esleman kim sinfi bn 30 kg paxta tersa 1 kunda 1l yoģ berishgandi🤦‍♀️😕Hozir Allohga shukur mazza qilib paxtaga chiqmasdan talabalik gashtini surib yuribmiz."Yoshlar bizning kelajagimiz"deb yoshlarni ta'lim olish òrniga paxta terib yursa,kelajakda qanday kadrlar yetishib chiqadi.Mayli kech bòlsayam majbury mehnat yòq qilindku shunisigayam rahmat
Sitora Suxanberdiyeva
Paxta bilan bog'liq xotiralarimdan biri bog'chadaligimizda yetakchimiz bilan dalaga chiqib, paxta terganmiz. Ularni bog'cha derazalarining chekka qismlariga joylash uchun tergandik. Agar paxta termasak, xonalar sovub ketishini aytishgan. Bu ham bog'chadan qolgan kichik xotira edi
Х.Собиров
Ajoyib paxtamiz...zor esda qolarlik xotiralar bolar edi..lekin yaxshi boldi majburiy mehnat bolib...Togrida bankir bankda ishlasin...oqituvchi maktabda ishlasin...paxta vaqtida biz ishsiz oilalarni risqini qiyar edik..mana endi yaxshi boldi..ishsiz odamlar ham paxta terib oilasiga yordam beryabdi
Захриддин Бобоев
Хар кайси даврни хам узига яраша хотиралар колади. Бироз огирирок шароит буларди.
Мактабда пахта,Университетда пахта, 25 йил укувчилар билан бирга пахта,кузда мактаб форма киймасдик пахта териб.роса пахта териб кишки кийим килардик.норма термасак ,укувчиларимиз теролмаса хокимиятда штаб,пахта пунктларда пахта сотиб олардик,курук сводка.
Dildora Dilshodovna
Assalomu alaykum. Kimga qandayku. Lekin menda paxta bn eng yaxshi xotiralarim qolgan. Maktab voxti uyidagilari qoymasdi rossa chiqgim kelardi. Bir Kun ikki kun chiqib piknik qilib kelardim ayniqsa obed xamma xar xil ovqatlar chiqarib mazza qib otirardik. Kollejda yotoq bn opketishgan unda xam qoyishmagan kursdoshlarimi korgani borib mazza qib kelardim. Universitetda esa yotoq bn ketganman va barakda oshxonadan qoganman eng ajoyib xotiralarim shu davrga bogliq. Kursdoshlarimiz bn bir oila bolishni organganmiz. Birortamiz ovqatlanolmay qolsak shu kursdoshimiz uchun ovqatlar olib qoyardik exxxx ajoyib davrlar
MAHBUBA SHOMAMEDOVA
Пахтага ёталайин кетганда пулларимизни угирлатиб,таксига пул топмаган вактларимиз булган
Ichki prevodni javobi qachon chiqadi😂😂
Шахло
1-синфдан то мактабни битиргунча пахтага чикканмиз энг кийини карчовка килинган ердан 1 чигит пахталарни тергандик хаво совук эди ушанда ё 2-синф ё 3-синф укирдим ...
Sojidaxon Boltaboyeva Abduvaliyevna
Курсдошлар билан ўтказган пахта даврининг ўзгача гашти бор эди.ю, лекин режа, штаб деганлари ортиқча эди. Далада ғўзапоя йиғиштириб олинса ҳам, биз «пахта»терардик. Ўқувчилар билан, якшанба кунлари ўқитувчилар билан чиққан даврларни айтмаса ҳам бўлади. Жуда аянчли эди ҳолимиз. Мана биз ўқитувчилар чиқмасак ҳам, режа 100% бажариляпти.
Бекамова Дилфуза Муртозаевна
Институтга кирганимда пахтага борганимизда роса йиглаганман, пахта териш учун шуууунча тайерланиб укидимми деб, ишга кирганимда хам 4 йил институтда пахта териш учун укидимми деб асабларим бузилиб кетарди
Захриддин Бобоев
Нормадан Кам булса исик исигида йийилган
Och qolib ketardim🥵🥵😢😂😂😂😂
Menda eng esda qolgan xotira talabaligimda bir talabani paxta shtabida vafot etgani boʻlgan. Qurib ketsin devdovshina va qurib ketsin majburiy mehnat.
Bir kun keladi, har bir zarrasigacha shu ishni ustida turganlar jazosini oladi.
Ўқувчилик пайтим кузда-пахта,талабалик пайтим кузда -пахта, илк иш фаолиятим - пахта ва у билан боғлиқ машмашалар
Men Sardoba tumanida yashayman. Biz 5-sinfdan 9-sinfgacha paxta terganmiz. Soʻng kollejga oʻqishga kirganimda, maktab oʻquvchilarni paxtaga chiqishi toʻxtatildi. Yana uch yil kollejdan paxtaga chiqdik. Kollejni bitirib, oʻsha yili oliygohga oʻqishga kirdim. Soʻng kollej talabalari paxtaga chiqishi toʻxtatildi. Yana 4 yil paxta terdik. Oliygohni tugatib ishga kirdim. Oʻsha yili oliy talabalari ham paxta terimiga chiqishi toʻxtatildi.
Hozirda 5 yilda buyon maktabda ishlayman. Nihoyat, ollohga ming bora shukur aytaman, shu vaqtgacha hech kim, biror marta paxtaga chiq demadi.
Majburiy mehnatga bosqichma bosqich chek qoʻyilayotganidan hursandman.🙏👍
Yulduz Umrzoqova
Tuflilarda paxta tergan kunlarim ....xayriyat o'tib kettiya lekin yaxshi xotiralar xam booor yo'q emas
Tурдиев Жасур
ишонасилами ман ишхонадан пахта теримига 15 кун бориб бел огригидан кутулганман . уйда эриниб нари борса 10-15 минут машк киласиз пахта теримида 1000мартами 2000мартами мажбуран эгилиб турасиз.шахсан фойдаси шу булган.
Show next 100 comments