Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Feruza
Nachovka degani bo'lardi kimlardir anchagina pul ishlab olardi .Ollohga shukr hozir hammasi zo'r.Eng muhimi hozir ancha yaxshi tolaydi paxtaga .Ilgari mehnatga qaraganda puli kam edi.O'qituvchiman maza qilib darsimni berib yuribman.
Мен 1 Чи синфдалигимда пахтага чикканман,ўқитувчимиз билан,10кг пахта терганман,тарози ёнига судраб олиб келганман, шу билан то болалар мехнати чегаралгунгача, мактаб, лицей,институти ва иш ,шу сабабли ЭНГ ажойиб фасл олтин кузни ёмон кўрардим,ҳозир аксинча хурсанд бўлиб ўзим севган Ишимга чиройли манзаралар дан бахраманд бўлиб бориб келаман
Paxta tergan xalq kam bo'lmadi!? Lekin roxat-faroxatda ham yaxshamadi.
Yosh avlodni tarbiyalashda ularni mehnatsevarlikka o'rgatish uchun ijtimoiy mehnatga safarbar qilish kerak, majburlash emas qilgan mehnati mamlakatga, hududga, oilasiga naf keltirishini tushuntirish lozim.

Ko'plab davlatlarda bunday tizim mavjud, faqat majburiy mehnat ko'rinishida emas. Ijtimoiy, ekologik, kasb o'rganish va h.k. shaklda uchraydi. Yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo'shadi.
Mustaqil diyorimizni iqtisodiy erkinligi va uni taraqqiyoti yo'lida fidoyilik bilan jonkuydirib ishlaydigan insonlar (yoshlar)ni tarbiyalash kerak. Bu USTOZlar va OTA-ONAlar oldidagi mas'uliyat hisoblanadi.

Aytishga arzigulik xotiralar ko'p...
Bizi kollejda 1-kursligimizda 2-kurslani ornini toldirgani oborishgan sababi kuratrimiz isqirt ayolidi maddox
Студентлигимизда Кам пахта терганларни коронгу тушгач трактор чироги еругида пахта тердиришгани едимга тушди
Assalomu alaykum Xushnudbek yaxshimisiz. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim ba‘zi manbalarda dunyoning Top 1000 talikka kirgan oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan talaba xorijdan o‘qishini ko‘chirayotganda hech qanday imtihon sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri perevod bo‘ladi deyilmoqda. Bu yilda ham shu bo‘ldimi? Shu haqida kanalingizda batafsil ma'lumot tashlasangiz. Hamda hozirgi kunda qaysi xorijiy oliygohlar kiradi ya‘ni Markaziy Osiyodagi davlatlarda
Gavharoy Abbosova
Eh,Xushnudbek, ukamey,ajoyib mavzularni topib yurasizda,Talabalik davrlarimiz,90 - 95- yillar judddayam " Oltin davr " bo'lib o'tibdida,biz uchun.Sentyabrda ketib,Dekabrda qaytardik.Kursdoshlar,Fakultetdoshlar paxtada yaxshigina tanishib olardik.
Men paxtaga 5-sinifimdan chiqganman 11 sinfgacha keyin kollejda 2 yil institutda 5 yil paxta terganmiz eng yomoni institutda 100 kg norma bor edi teraolmagan odam ertalabgacha suv tashi o‘tin yor bilan o‘tardi
Студентларга пахтани қайтариш керак. Пахта даласи, шийпонда ғала-ғовурлар, хар хил бола боради, курсдошлар кимни қанақалигини билиб қайтади. Пахта сезонда ёталай пахтага чиққан студент озгина бўлсаям ҳаёт тарбиясини олиб қайтади. Айниқса оқбадан нозик ёшлар
D.Guliston.
Ассалому алейкум институтда 1 курс талабаман 5 сентябрда пахтага кетиб 10 декабрда кайтганмиз Жиззахдан .кор егганда хам далага чикканмиз еш кизман фуфайка ва эркаклар этигини сотиб олганмиз пахта пулига 2 тадан.Чунки 1та емгирда сув утиб колади кейингисини киямиз.Домламиз носки устидан пахтали материал уранг оегингизга деб хар куни.текширар эди .Эслайдиган яхши вокеа Ортик Атажанов гурихи консерт берган .Бернора Карриева балет консертлари борган .Купчилик пахта огир кунларига чидамай иститутни ташлаб кетишган ..
Mohira Mirkomilovna
Men ham paxtaga borganman 2008-2009 yillardagisida telefonlarni o'g'irlash urf bulgandi boshimda turgan telefonimni ugirlab keyishgan Usha payt Samarqand viloyat Pastdargom tuman Ilm qishlogida edik. Ln Tel kodi bn topib berishgan hamma xayron qolgandi
Шукурким, хаммаси ортда колди
Канча одамларни умрини ва соглигини еди шу пахта егими.
●K.M.P●
Paxta terolmasdim oqituvchidan hech bolmasa normani yarmini ter deb gap eshitib yurardim. Qancha harakat qilsamam terolmasdim. Lekin baribir zor bolgan. Paxta terib olib qolmadik. Sinfdoshlarimizdanam 80 foiz odam oqishga kirgan. Uziga yarasha gashti bolgan. Sholi orimi bn bir kelardi. Usha paytlari biz bir kunga onamga yordam berish uchun paxtaga bormasdan tomorqaga ketganidik tuman xokimi mashinada kelib onamga gapirib ketudi qogan bolalar paxta terimida sen bolalaringni paxtaga yuvormasdan buyoda olib yuribsan dib shu voqea hech koz oldimdan ketmadi. U odam olib ketdi. Lekin meni xotiramda juda noxush odam bb qoldi usha xokim.
5-sinfda 20 kg norma berilgandi.
Түхтатиш керак пахтани бойлик деган гапларни
М N.
Пахтага биз 7 синфда чикардик
Bir yili paxta terim boshlanganda, butun maktab bo'yicha dugonam ikkimiz maktabga borganmiz, qolganlar paxtaga ketib qolishgan, biz o'sha damlarda ta'lim olishni xoxlardik, hozirgi kunda o'quvchilarning ishi ta'lim olish!
Hozir ham paxtaga chiqarishyapti majburiy deyishmaydiyu iltimos 3 kunga ozingiz bormasangiz odam jonating deyishadi. Bank xodimlari ham ozlari ishdayu orniga odam jonatyapti
Paxta dalasida o’tkazgan har bir kunimdan nafratlanaman, chunki ilm izlash va dars qilish o’rniga talabalikdagi umrimning qariyb yarim yilini behuda, domlalardan so’kish eshitib utkazishga majbur etilganman
Show next 100 comments