Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
1997 йил 1 курсда 66 кун Пахта тергандик охирги 10 кунда далада пахта кучати колмаган лекин сиёсат деб юраверганмиз таълим билан хеч ким кизикмаган. Энди уша кунлар ортада колгани рост булсин, яратганга хисобсиз шукрлар.
Jõrayeva Shahnoza Erkinovna
Paxta davrida ham shirin ham achchiq xotiralar bor
Zuxra Isroilova
Paxta terimiga alohida tayyorgarlik ko'rardik o'qishdan, ishxonadan oborishgan mazza davrlar edi. Erta turib dalaga borish abetdan keyin dalani urtasida quyosh tagida uxlash. Paxta terimda ko'pchilik bo'lib kechki payt ovqatlanardik bir kun baliq opkelishdi xamkasblar yigitlar qizlar hammasi joyida kayfiyat zur meni qornim och shoshildimmi birdan baliq qiltig'i tomog'imda qoldi xavotirdan hammani qurqitganman, doktor izlaganmiz skoriy chaqirishgan, dustlarimiz men bu yerda yuq edim deganlari qochib ketishgan men o'lib qolaman shu xolda deb uylaganman. shu shu xamkasblar meni eslashadi baliq yemaymiz deb kulishadi
Sinfdoshlar bilan qiziq tuyulgan. Lekin xech qancha vaqt paxta dalasida bòlmasimdan boplab narsa toshib ketgan, shundan beri paxta dalasiga yaqinlashmaganman, ba'zan paxta mavsumida yòl chetidagi dalada , yoki tvda paxta tervotganlani kòrsam tergim keladi🙃🙃
Xushnudbek aka bizga paxtani emas super kantrak narxini qachon chiqishini va qachon hal bo‘lishini ayting iltimos
1993 йил 6 синфда пахтани яганасига чикмаганлигим сабабли мени мактабдан хайдаш масаласи мухокама килинган. Хозир эсласам эсдан огай дейман.
Сафарова М.
Пахта хакидаги хотираларимни умуман эслагим келмайди.😥😥😥.Айникса талабалик давримдаги хотираларни.Яхши теролмасдим,хар бир кунни машаккат билан утказардим.Мен учун жудаям ёмон хотираларга бой.Айникса 1 курсда 3 ой пахта терганмиз.Декабрда кайтганмиз.Худди асирга тушганларга ухшаб ковогимиз солиниб,далага йул олардик хар куни.Совуклар,ёмгирда пахта терганларимиз,тишим огриб азобланганларимни эсласам йиглагим келади.
Assalomu alaykum!
Paxta... Rosti bu haqida biiir kunlar fikrimni yozaman deb oʻylamabman heeech. Yaxshi davr edi faqat noyabrgacha choʻzilishi yomon, Sovuuuuuqqqqq.
Plus tomoni esa Kim Qanday aslida bilish uchun eeeeennnggg zoʻr joy😁
Ijobatxon Xojanazarova
Assalomualaykum Hushnudbek aka sizga bir savolim bor edi. Aytsam maylimi ?
Karabayeva Kamola Ravshanovna
Sentyabrni boshidan toki qachon birinchi qor yogʻmaguncha paxta dalasidan qaytmasdik.
Abdujalil Pardayev
Assalomu aleykum paxta men uchun umuman qiyin bo'lmagan talabalik paytimizda paxtani ko'tardek haqiqiy do'stni sinab berardi kursdoshlar bilan juda ahil qilib yuborgandi lekin hozirgi talabalar unchalik ahil emas o'qishi ham zo'r bo'lib ketgani yuq hammani o'ziga bog'liq
💪💪💪Bahodir💪💪💪
Toppa togri bir tiyinga qimmat davr paxta deb ayni davrda instni fundament sifatida otiladigan darslar hammasi tezlashib hatto eshitmagan darslarimizdan ham baho olganmiz kulgulimasmi darsni nomini sessiyada eshitsang kamiga keyin shu sababli rozi qil rozi qil boshlanib ketadi oqishga nisbatan esa qiziqish o'ladida albatta qolganlar nima deyishdi bilmadim ammo bu mening fikrim ha aytgancha maktabdagi paxta davrini aytmasa ham boladi bollar yosh ozi kun boyi paxtani zorga terardik keyin uni 500 metr nariroqqa tilechkaga 20 yo 25 kg lik fartukda kotarib borguncha yiqilgudek bolib borardik hullas og'ir davr hammaga rahmat
Барнохон Гоипова Авазбековна
Хар бир вокеанинг хаётимизда улади
бошимиздан кечиришида бир хикмат б
Man jon-jon deb borardim paxta terishga. Yili esimda yoʻq, Jizzax viloyatiga borgandik oxirgi marta. 2 hafta qanday oʻtganini bilmaganmiz ham. Rejani tushlikkacha bajarib boʻlardik. Tushdan keyin boshqalarga yordam berardik. Yaqin atrofdagi dehqonlar qovun-tarvuz olib kelishardi, oʻrtaga ovolib yerdik. Jizzax dalalaridagi xotiralar esdan chiqmaydi
Shahboz
Hammalariz paxtani yaxshi tergansizlar chog'i. Unversitetda paxta tera olmaganlar shtabga chiqardi. Ana o'shanda OTMga kirganizga pushaymon qilardi. Biz o'qishga kirdikmi yoki paxta frontigami deb o'ylanib qolganmiz. Mana o'tib ketti hammasi. Talim tizimidagi xodimlar termasa ham terilarkanku o'sha '' milliy'' boyligimiz
Abdujalil Pardayev
Lekin hozir ham"paxta" ayrimlar uchun hayot momot masalasi ko'tarilish uchun ular uchun paxta tergandan paxta quygan maqul😉😉😉😉😉
2010-yil 3-sinfligimizga Paxtaga chiqqanmiz shunda 0,5-1kgdan paxta terganmiz
Ha yana paxtaga chiqmaganlar sayohatlarga ham olib chiqilmasdi
Shunaqa gaplar
Qlicheva Gulnoza Pardayevna🔰
Assalomu alaykum Xushnudbek.Yaxshi mavzuni ochibsiz Chunki paxta masalasi bo’yicha hech kimga aytolmagan gaplarimni men ham aytgim keldi Men 2017 yil 1-yanvardan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 10-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimiga tayinlandim.Ishga kirganimda ma’naviyatchiga beriladigan baho uni qancha ko’p paxta yigim terimiga qatnashgani,ko’cha tozalashlarda faol bo’lgani bilan baholanganligidan to’g’risi shu lavozimga tayinlanganimdan juda-juda afsuslanganman.Chunki ayol boshim bilan cho’lga borishimga 3nafar farzandim kimga qolishini o’ylab hattoki 100dollar berib cho’lga bormasdan yaqin atrofdagi paxta dalasiga chiqishga majbur bo’lganman,farzandlarimni o’ylab.Allohga shukrki bu qiyinchiligim bir yilgina davom etdi.Prezidentimizga rahmat ma’naviyatchilarni asl vazifasi nima ekanligini ko’rsatib berdilar.Men Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan bir vaqtda ma’naviyatchi bo’lib tayinlanganimdan xursandman hozirda .Paxta masalasini ochganiz uchun sizga ham rahmat Xushnudbek.Ishlarizga doimo omadlar tilayman Ilohim xalqimizni dardini tinglaguvchilar va hal qilib bera oladiganlar ko’paysin!
Нилуфар
Тошкентда яшаб пахтани факат телевизорда курганман.Лекин 4 курсда бизни пахтага олиб кетишган.Жуда кийналганман 13 кг.дан ортик термаганман.Курсдошларим ердам беришган.
Хар куни макарон шурва ичавериб кунглим колган.Бир куни байрам килиб ош килинадиган булган.Лекин айнан шу куни далага олиб кетиш учун автобус келмаган.Анча лой кечиб узимиз баракка йул олганмиз.Афсуски бизга ош колмаган экан.Зато копа буханка билан сариегни икки баравар купрок беришган.Ана шунака
Show next 100 comments