Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Gulbahor Suvonova
Хамма нарсани яхши ёмон томони бор. Пахта кам экилаяпти, катта ёг заводларимиз чигит йуклиги учун ишламаяпти, ёгнинг нархи ошиб кетган
Муножатхон Усмонова
бизни болалигимиз мактаб ва талабалик укитувчилигим умуман умримни анча куп кисми пахта билан боглик.Мактабда 7 синфдан бошлаб ётокка кетардик у пайтда ота оналар хам уз фарзандини авайламасакан узок жойга индамай жунатишарди.Талабалигимиз да 1 курсда 56 кун 2 курсда 75 кун 21 лекабргача Мирзачулда кий дала уртасидаги баракларда колиб кетганмиз.Ок олтинни олтин куллар яратади дейишарди.Лекин баллон ёкиб Мархабо талантлар тадбирини утказардик.Мехнат бизни чиниктириб сабр килишга укишни кадрига етишга ургатди шунча далада юрсак хам яхши укиганмиз укиганларимиз халиям ёдда колган.Хозир ёзги таьтилдан кайтган укувчилага утган йил укиган мавзуладан савол берсам эсларидан чикиб булибди
Mukhlisa
Assalomu alaykum men 5 sinf bolganimda sinf oquvchilariga paxta terishni bekor qilgan😄.
Keyin kollejda chiqqanimda ham xudi shunday bolgandi😆
Пахта теримни хам гашти бор аслида
Man paxtani yaxshi terardim. 70…80…90. Yaxshi pul ishlardim.
Paxtadan qaytgach, talabalarning yuzi qorayib, qo'llari yorilgan.Eng yomoni paxta sabab qoldirilgan darslarni yuklama bilan o'zlashtirishi kerak edi.Yaxshi tomoni hamma paxtada asl yuzini ko'rsatardi.Keyin shunga qarab muomala qilinardi
Жин урсин бел оғриқи эсталик бўлиб қолган. Ўша ёқда орттирганман. Жиззаҳда эрталаб далага тушардик. Ҳамма ёқ ҳўл бўларди. 2014-2017 йиллар. Миллий университетдан олиб боришган
Nigora Barnoyeva
Мен пахта орасида катта булганман аммо турмуш уртогим вафотидан кейин мактабга ишга кирдим йош болали бева айол ХТБдагилар штабда коласан кечаси деб мажбурлаши нохаклик эди. Кундузи канча булса терсак булди эдида. Саллани сураса каллани оборишарди
O'qilon
Ҳар бир нарсада хикмат бор. Талабалик давримда пахта чиққанларимни ҳеч қачон унутмайман
Madina Ibrohimova **_**
Bilmam nechanchi sinf edik maktabdan olib tushilar edi va hattoki maktabga ham terib olib borib berilar edi talimdan song dars qilishga emas aksincha paxta terishga borardik ertalab esa maktabga borib topshirar edik, litseyda ham huddi shundey bo'lgan va ohirgi yillari yotoqga olib ketilar instga tayyorlanish o'rniga talimni toxtatib majburiy paytiga ketganmiz mashalloh😊😊
Har qanday Majburiy mehnatga qarshiman. I.A.Karimov otamizni birgina xatosi shu o'quvchilani paxtaga chiqishiga imkoniyat yaratib bergani
Men paxtaga maktab vaqtlari ham chiqardim, lekin majburlab terdirish yoʻq edi..

Lekin kollejda kirganimda 1-kursda paxtaga chiqganmiz, kunlik norma, 60 kg edi, terolmaganlar kechga yaxshiga ham gapdan ham mushtdan yeb olardik, ha aytmoqchi sport kollejda oʻqiganman 🤗🤗🤔🤔😌😌

Undan tashqari, yuqorida aytilganidek, ertalabdan zax paxta dalalarida kunni boshlardik

Ex essiz davrlarimiz..
Anvarovna.D
Okam gap yuq
Bizning tumanga paxta terish uchun Akademiya kelardi.
Paxta terimida ularning ahil-inoqligini ko'rib odamning havasi kelardi.Kursantlarga 100,120kilolab norma qo'yilardi.Rosa qiynalardi ular.Mana 2 yildirki ular kelishgani yo'q.
OTM ni bitirganimizga 6 yildan oshdi. Kursdoshlarimiz bln yig‘ilishib qolsak, albatta paxta dalalaridan gap ochiladi. Talabalikdagi eng yaxshi xotiralar paxta bln bog‘liq biz uchun. Turmush o‘rtog‘im bln ham paxtada tanishganmiz🙈 xullas yaxshi davrlar, ajoyib xotiralar bor...
Каримова.С.О
11-синфда пахтани ягана қилгани бориб,репититорга эртароқ кетсам айрим кунлари директоримиз қасдлашиб қолганлар,мактаб имтихонига охири киргизардилар мени
Lekin, paxta vaqti juda yaxshi esdalik qolgan vaqtlar, esdaliklar qolgan .

Kim doʻst kim dushman , kim sotqin , kim ikki yuzlamachini oʻsha yerda bilib olar ekan kishi ..

Undan tashqari paxtaninig oʻrtalsrida qizlar bilan tanishishlar , paxtalarini koʻtarishish...

Exxx zoʻr davrlar ham ediii

Ota onani qadrini ham bilsa boʻladi paxtada..

Uyida abeddagi ovqatini kechga yemaydigan ayrim qizlar paxtada kerak boʻlsa ovqati oʻsha paxta dalasidan oqadigan ariq suvidan tayyorlaganida haqiqiy uyni ovqatini biram sogʻinasaaan 😅😅😅
Ha menda ham juda koʻp boʻlgan. Bitta örtog'im bor edi. Hozir esa yoʻq
Zarnigor Kamiljanovna
Super narxi qachon aniq bòladi.tezroq bunga ham navbat yetib kelsin.
Shu postdan keyingi post haqida savolim bor :


500 Mln som mukofot mabkag'i ajratilibdi. Bu juda yaxshi.
Ammo 1- óringa 25 mln va 2- óringa 15 mln som.ikkaka mablag'ni qóshsak 40 Mln ni tashkil etar ekan. Xosh unda savol:
460 Mln som ni qolgan hamma ishtirokchilarga bólib berishadimi ?
#Ergashova
Man 5-sinfda uqirdm bizni maktabda 5-sinfdan boshlab olib chiqishardi azgincha uyinga berilsak domlaladan yaxshigina gap eshitardik ham qora mehnat ham gap eshitish umuman yoqmasdi ota onamiz bormedi deyishsayam uyga kelvolib olib ketmaguncha utiraverardi usha vaqtlarni eslasam yomon jaxlim chiqadi eng alam qiladigani kuzda paxta qishda yullarda yurib bumedi bahordayam kuchala dabdala may oylariga borib esa pilla tergani olib ketardi oppoq formamiz qop qora bulardi uni dog'i ketmasdiyam paxtadanku qutuldik lekin may oyi hozir ham pilla terish bilan utyapti ha mayli nailoj
Show next 100 comments