Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Xa man ham bakalavrda 1-kurs vaqtim paxtaga chiqqanman. Man uchun "eng katta yangilik" bo'lgan. Chunki o'zim shaharda katta bo'lganim uchunmi paxta dalasini, oppoq bo'lib ochilib turgan holatini birinchi marta ko'rib qaysidir ma'noda o'zgacha zavq paydo bo'lgan( paxta terish boshlangunga qadar). Eslasam hali hanuz kulgim keladi(aslida achinarli) ayniqsa ichimlik suvi( ekin-chorva-aholi uchun beton ariqdan oqayotgan suv. Xamyonim oxiri ko'ringanda majbur bo'lganman man ham, o'zimcha paxtadan filtr yasab, mikrobi kamayganiga o'zimni ishontirib ichganman🤦‍♀️)..., turar joy ahvoli(har holda 5yulduzli mehmonxona bo'lmasa ham, odam yashaydigan joyga o'xshashi kerak edi), norma masalasi eng dahshatli jazo edi man uchun( hayotimda eshitmagan haqoratli so'zlarni paxtada eshitganman paxta terolmaganim uchun(nonko'r, muttaham, tekinxo'r...) hatto ular bergan ovqatni ham og'zimga olmaganman shu gaplardan kn), terim oxiriga qadar "SHTAB MALIKASI" bo'lganman(oxirida domlalar ham terolmasligimga tan berishgan. Mandan boshqa qiz bo'lganda aniq u yerdan qochib ketardi. Man esa kursdoshlarimdan hatto bir qadam uzoqlashishga qo'rqardim(begona joy bo'lganidanmi). Dekanimiz paxtadan qochganlarni hech biri 5 ololmaydi(o'sha vaqtdagi asosiy maqsadim bakalavrni a'lo darajada bilim olib imtiyozli tamomlash edi...) deb aytgani uchun ham, uydagila "xarajatini berib" olib ketamiz deganlarida ham ketmaganman(lekin bor kuchimni sarflab 30 kg ham terolmaganman 🙈). O'sha "xarajat"ni kontraktimga o'tqazsala shunisi yaxshi edi man uchun.... (Afsuski shu davrda auditoriyada o'tirib bilim ololmaganman paxtani deb)
Xullas paxta man uchun "ARMIYA" bo'lgan....
O'quvchi va talabalar paxtaga jalb qilingani to'g'ri og'riqli nuqta...

Man hayronman nega shuni Birinchi Prizedentimiz hayot vaqtlarida aytmagansizlar, hammalariz Yangi O'zbekiston deb olqishlaysizlar.
Bilaman Qobusnomada aytilganidek taxtda kim bo' lsa shu xoh to'g'ri, xoh noto’g’ri bo'lsin olqishlanadi.
25 yillik mehnat zahmatini qadrini bilmagan manqurtlar.(siyosatga balki aqlim yetmas lekin O'zbekistonni O'zbekiston qilgan insonni qilgan ishlarini esdan chiqarib renasans davri deyish axmoqlik emasmi) "kim edigu kim bo'ldik "man hech qanaqa yangi hech nimani ko'rmadim SSSR davridagi texnikum 11 yillik maktablar qayta tiklanishi juda katta yangilik sizlar uchun shundaymi
Эргашева Рузыгул
Мен 1998 йилда тугилганман. Аник эсимдаки бизни 4 синфда пахта йигим теримига жалб етишган. Аммо уйдагилар соглигим туфайли пахтага жонатишмагани учун мактабда укитувчиларимдан жуда каттик дакки ешитганимни эслайман.
Bir talaba paxta agatida uxlab qolib traktor balonlari tagida ayanchli o'lim topgan! Mana yodimizdan chiqmas XOTIRA!
Paxta davri boshqacha edi
Aziza
Пахта даври дейилса энг биринчи огрикли хотирам бу-узимиз укитувчимиз лекин хар йили 1-октябрда пахта даласида норма учун ишлаймиз бошка касб эгалари эса айнан шу куни дам олишади чунки календар кизил.бизга байрамона ош беришади тушликда ким навбатда туриб ололса унга байрам ололмаганлар уйдан олиб келган консервани еб нишонлар эдик
Assalomu alaykum
Siz suramang men aytmay Xushnudbek aka 😅 umrimda bir martagina 8 yoki 9 sinflimda paxtaga kunlikka havasga borganman sinfdoshlarim bilan juda ajoyib bugandi ushanda picnic buldi desam ham buladi ertalabdan shomgacha butun sinf atigi 50 kg paxta terganmiz ushanda 🤣 rosa õynagandik paxta chanoqlarini bir birimizga otib 🙈abetga tarvuz mevalar olib borgandik uzimiz bn ustozimiz ham borgandi birga esdalik suratlar tushgandik mazza qilib. Ehhh zur damlar edi umuman esimdan chiqmaydi Bolalik Xotiralarim.....

Rayimova Hilola (22:35)
Iltimos postimni javobsiz qoldirmanglar paxta ishiga aloqasi yoʻq lekin men uchun muhim hurmatli Xushnudbek aka oʻzingiz oʻqishni koʻchirish boʻyicha ancha oldin qilgan ovozli chatingizda Oʻzbekiston ichida noturdosh yoʻnalishga super toʻlab oʻtkazsa boʻladi degandinlar endi esa oxirgi ovozli chatda buni inkor qildingiz nma uchun axr! Biz haliyam shaxsiy kabinetda javob kutyapmiz?! Nima uchun super toʻlasa oʻtadi deb endi uni undan emas deysiz qani haqiqat
Paxtaniyam tergan ekanmiz oqishni ham o'qigan ekanmiz
Qanday buncha kuch bo'lgan ekan
Hammajoy yopilgan kochalarda militsiya xodimlari kochada korganlarni paxtaga oborib 10 kg tergizgan xullas ancha achinarli xol edi
O'qituvchi bo'lib ish boshlaganimda 2 sinf oquvchilarini maktab formasida dalaga olib chiqishga majburlashgan dalada o'quvchimni yangi oyoq kiyimi yirtilgan rosa baloga qolganman
Paxtaga majburlaganlar esa bu paytda tomoshabin bo'lishgan
Kam terganim uchun o'qituvchidan tarsaki yeganim esimga tushib ketti🤦‍♂️😬 haa paxtani gashti bor edi lekin baribir majburiy edi.
Hasanova Maftuna
Mazza davrlar edi . Kursdoshlar bn paxta vaqtida yaqindan tanishardik. Bayramlar diskotekalar dalada birga ovqatlanish, gap eshitishlar. Hammasini gashti uzgacha edi
Men 1 sinifdan paxtaga chiqqanma paxtani ichida kurinmay ketardik
Paxtaga 9- sinfligimizdan olib chiqishgan biz Forish tumanidan bulganimiz uchun Do'stlik yoki Zafarobod tumanlariga borardik oylab bog'cha maktablarda yashab ota onamizdan uzoqda paxta tergan kunlarimiz bo'lgan qarangki litseyda ham shunday bo'ldi. Uch yil ham paxtaga bordim puli koplar farzandlarini pul berib olib qolishgan bizga o'xshaganlar tugaguncha yurardik paxtaga institutda ham ikki yil chiqdim uchinchi kursligimizda talabalarni paxtadan qaytarib yuborishdi shu bilan paxta mavsumi tugadi lekin bir narsani unitolmayman u paytlari kursdoshlar orasidagi mehr va oqibat yanada kuchayadi hammamiz aka uka opa singildek bir dasturxonda ovqat yerdik. Bu ham bir davr bo'lgan menimcha.
Majburiy mehnatni yoʻq qilgan prezidentimizga rahmat
gapparova
Men ham yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman. Chunki paxta boshqach davr edi. Paxtada paxta terib keyin o'qishni davom ettirar edik zor edi
UZB
Ассалому алайкум. Мен кишлогда мактабда коллежда тахсил олганман, у даврда хам пахтани чопигига ва яганасига хам пахта теримига хам 5 синфдан чикканмиз. Энг асосийси бу пахта олий таьлим профессор-укитувчилари учун даромад манбаи, яьни 3-5 сентябрдан 15 ноябргача ётокда пахта терганмиз. Пахтага бормаслик 400-600$ вкк килиш 200$ ни ташкил килган. Оддий оилада усган талабалар хам мехнат килиб хам карз булиб кайтарди.Чунки укишдан хайдаласан деб деканлар куркитар, бечора танки йук талаба иложи йук эди. $ ни тулаб куйиб бизнесини, айши ишратини, давлат ишида иш стажини бойитган амалдорларни бойларни фарзандлари. Энг кизиги уша даврда (2005-2016 йиллар) 200 минг 300минг $ билан 25-30 нафар одамлар билан снб га кулга тушган профессор домла хозир хамтавоклари билан ректор, декан ва зам декан. Яна кизик жихат пахтада домлага ёкмай колган талаба семестерда кийналарди. Пахтада хам семестерда хам $ олган зам декан бир ой олдин корупцияга карши курашиш ташкилотига ишга кирибди. Мен пахтада завхоз ва бухгалтер булганман. (Талабалардан табелчи повор хисобчи завхоз тайинланар эди). Карздор талабалардан карзни олиб хакдорга берсак ноль ноль буларди. Айрим талабалар турли сабаб карзини бермаган. СНБ нинг 7 отделида ишлаб хам фермерчилик килган фермер сенлар хашарчисан деб 1 ой пахтасини тердириб пул туламаган. Охири 2 та ёнма ён 5 сотихлик четда ишлаб келиб уй куриш учун олган ховлини сотиб тулаганман.
Коррупсияга карои курашишн осон юли улар ун улим жазосини айнлаш кк все бошка булмайди
Assalomu alaykum Xushnudbek aka!!!
Paxta davri biz uchun juda yomon davr deb bilaman!!!
Sababi ayni studentlik paytimizda 2 yil paxta sezonida dalada bo'lganmiz!!!
Bu ta'lim sifatiga yomon ta'sir ko'rsatgan paxtadan qaytgandan so'ng o'qituvchilar ham bizga qolob ketgan darslarni o'tish uchun juda qiynalishgan kuniga 5 , 6 para darsda o'tirganmiz!!!
Men juda kup tilimga chiqarmay lanatlaganman faqat ichimda, usha paxtani majburiy qilgan eng kattasi kimligini bilmasam ham va dekanu barcha barchasini lanatlaganman chunki xurligim kegan ,kelajagimizsilar deb qilayotgan ishlari ikkiyuzlamachilikdan boshqa xech narsa emasdi,paxtani exportidan tushadigan puli xalqqa xattoki 50 foiziham ishlatilmasa kerak ,ishonmayman chunki isboti yuq gaplar kup
Har bir narsani yaxshi yomon tomoni bo‘lgani kabi paxta terimi davrini ham o‘ziga yarasha yaxshi yomon tomonlari bo‘lgan. Ammo paxta terimi tugatilganidan keyin ham ta‘lim sifati hech qanday o‘zgarish bo‘ldi deb hisoblamiyman.
Kamolaxon Abrorxonova
Har bir jarayonga qanday ko'z bilan qarashga bog'liq, 4-sinfdan to magistraturani bitirgunimizcha sentabr va oktabr oylarida o'qimaganmiz, paxta terganmiz, mana 5 yildirki majburiy mehnatga chek qo'yilib o'quvchi va talabalar bizdan 2 oy ko'p o'qiyapti, biz 27 yoshimizda PhD himoya qildik, ular bizdan 2 oy ko'p o'qib nimalar qila olar ekan-a? Lekin paxta davri yoshlarni mehnatda toblar edi, hozir dangasalik urfga kirgan.
Show next 100 comments