Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.

5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.

Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.

❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
UZB
Ассалому алайкум. Мен кишлогда мактабда коллежда тахсил олганман, у даврда хам пахтани чопигига ва яганасига хам пахта теримига хам 5 синфдан чикканмиз. Энг асосийси бу пахта олий таьлим профессор-укитувчилари учун даромад манбаи, яьни 3-5 сентябрдан 15 ноябргача ётокда пахта терганмиз. Пахтага бормаслик 400-600$ вкк килиш 200$ ни ташкил килган. Оддий оилада усган талабалар хам мехнат килиб хам карз булиб кайтарди.Чунки укишдан хайдаласан деб деканлар куркитар, бечора танки йук талаба иложи йук эди. $ ни тулаб куйиб бизнесини, айши ишратини, давлат ишида иш стажини бойитган амалдорларни бойларни фарзандлари. Энг кизиги уша даврда (2005-2016 йиллар) 200 минг 300минг $ билан 25-30 нафар одамлар билан снб га кулга тушган профессор домла хозир хамтавоклари билан ректор, декан ва зам декан. Яна кизик жихат пахтада домлага ёкмай колган талаба семестерда кийналарди. Пахтада хам семестерда хам $ олган зам декан бир ой олдин корупцияга карши курашиш ташкилотига ишга кирибди. Мен пахтада завхоз ва бухгалтер булганман. (Талабалардан табелчи повор хисобчи завхоз тайинланар эди). Карздор талабалардан карзни олиб хакдорга берсак ноль ноль буларди. Айрим талабалар турли сабаб карзини бермаган. СНБ нинг 7 отделида ишлаб хам фермерчилик килган фермер сенлар хашарчисан деб 1 ой пахтасини тердириб пул туламаган. Охири 2 та ёнма ён 5 сотихлик четда ишлаб келиб уй куриш учун олган ховлини сотиб тулаганман.
Коррупсияга карои курашишн осон юли улар ун улим жазосини айнлаш кк все бошка булмайди
Assalomu alaykum Xushnudbek aka!!!
Paxta davri biz uchun juda yomon davr deb bilaman!!!
Sababi ayni studentlik paytimizda 2 yil paxta sezonida dalada bo'lganmiz!!!
Bu ta'lim sifatiga yomon ta'sir ko'rsatgan paxtadan qaytgandan so'ng o'qituvchilar ham bizga qolob ketgan darslarni o'tish uchun juda qiynalishgan kuniga 5 , 6 para darsda o'tirganmiz!!!
Men juda kup tilimga chiqarmay lanatlaganman faqat ichimda, usha paxtani majburiy qilgan eng kattasi kimligini bilmasam ham va dekanu barcha barchasini lanatlaganman chunki xurligim kegan ,kelajagimizsilar deb qilayotgan ishlari ikkiyuzlamachilikdan boshqa xech narsa emasdi,paxtani exportidan tushadigan puli xalqqa xattoki 50 foiziham ishlatilmasa kerak ,ishonmayman chunki isboti yuq gaplar kup
Har bir narsani yaxshi yomon tomoni bo‘lgani kabi paxta terimi davrini ham o‘ziga yarasha yaxshi yomon tomonlari bo‘lgan. Ammo paxta terimi tugatilganidan keyin ham ta‘lim sifati hech qanday o‘zgarish bo‘ldi deb hisoblamiyman.
Kamolaxon Abrorxonova
Har bir jarayonga qanday ko'z bilan qarashga bog'liq, 4-sinfdan to magistraturani bitirgunimizcha sentabr va oktabr oylarida o'qimaganmiz, paxta terganmiz, mana 5 yildirki majburiy mehnatga chek qo'yilib o'quvchi va talabalar bizdan 2 oy ko'p o'qiyapti, biz 27 yoshimizda PhD himoya qildik, ular bizdan 2 oy ko'p o'qib nimalar qila olar ekan-a? Lekin paxta davri yoshlarni mehnatda toblar edi, hozir dangasalik urfga kirgan.
Uzr mavzudan tashqari yana bitta gap!
Sizni bilimli mehnatkash inson sifatida yaxshi taniymiz!!!
Lekin shaxsiy hayotizga ham juda mehribon va oilaparvar ekanligizni ko'rdim!!!
O'g'lingizni kechki sayrga kalyoskada olib chiqqanizni guvohi bo'ldim!!
Ochig'i menda bu ishga xafsala bo'lmasdi. Ishdan kech qaytaman charchadim deb uyda dam olar edim. Sizni shuncha ishdan ortib farzandlariz uchun qo'shimcha vaqt ajratganingiz bizga na'muna bo'ldi!!!!!
©️айёра Абдуганиевна
Xa man ham bakalavrda 1-kurs vaqtim paxtaga chiqqanman. Man uchun "eng katta yangilik" bo'lgan. Chunki o'zim shaharda katta bo'lganim uchunmi paxta dalasini, oppoq bo'lib ochilib turgan holatini birinchi marta ko'rib qaysidir ma'noda o'zgacha zavq paydo bo'lgan( paxta terish boshlangunga qadar). Eslasam hali hanuz kulgim keladi(aslida achinarli) ayniqsa ichimlik suvi( ekin-chorva-aholi uchun beton ariqdan oqayotgan suv. Xamyonim oxiri ko'ringanda majbur bo'lganman man ham, o'zimcha paxtadan filtr yasab, mikrobi kamayganiga o'zimni ishontirib ichganman🤦‍♀️)..., turar joy ahvoli(har holda 5yulduzli mehmonxona bo'lmasa ham, odam yashaydigan joyga o'xshashi kerak edi), norma masalasi eng dahshatli jazo edi man uchun( hayotimda eshitmagan haqoratli so'zlarni paxtada eshitganman paxta terolmaganim uchun(nonko'r, muttaham, tekinxo'r...) hatto ular bergan ovqatni ham og'zimga olmaganman shu gaplardan kn), terim oxiriga qadar "SHTAB MALIKASI" bo'lganman(oxirida domlalar ham terolmasligimga tan berishgan. Mandan boshqa qiz bo'lganda aniq u yerdan qochib ketardi. Man esa kursdoshlarimdan hatto bir qadam uzoqlashishga qo'rqardim(begona joy bo'lganidanmi). Dekanimiz paxtadan qochganlarni hech biri 5 ololmaydi(o'sha vaqtdagi asosiy maqsadim bakalavrni a'lo darajada bilim olib imtiyozli tamomlash edi...) deb aytgani uchun ham, uydagila "xarajatini berib" olib ketamiz deganlarida ham ketmaganman(lekin bor kuchimni sarflab 30 kg ham terolmaganman 🙈). O'sha "xarajat"ni kontraktimga o'tqazsala shunisi yaxshi edi man uchun.... (Afsuski shu davrda auditoriyada o'tirib bilim ololmaganman paxtani deb) Xullas paxta man uchun "ARMIYA" bo'lgan.... O'quvchi va talabalar paxtaga jalb qilingani to'g'ri og'riqli nuqta... Man hayronman nega shuni Birinchi Prizedentimiz hayot vaqtlarida aytmagansizlar, hammalariz Yangi O'zbekiston deb olqishlaysizlar. Bilaman Qobusnomada aytilganidek taxtda kim bo' lsa shu xoh to'g'ri, xoh noto’g’ri bo'lsin olqishlanadi. 25 yillik mehnat zahmatini qadrini bilmagan manqurtlar.(siyosatga balki aqlim yetmas lekin O'zbekistonni O'zbekiston qilgan insonni qilgan ishlarini esdan chiqarib renasans davri deyish axmoqlik emasmi) "kim edigu kim bo'ldik "man hech qanaqa yangi hech nimani ko'rmadim SSSR davridagi texnikum 11 yillik maktablar qayta tiklanishi juda katta yangilik sizlar uchun shundaymi
Man uchun maktab va abituriyent davrimdagi Talabalikka bo'lgan ishtiyoqimda eng oliy motivatsiya Birinchi Prizedentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov bobomiz "Bolalarim sizlar mani bolalarim" deb ulkan ishonch bilan aytgan gaplari bo'lgan va ularni hech bo'lmaganda uzoqdan bir ko'rish eng katta orzularimdan biri edi. Afsuski Talabalikka erishgan yilim bu orzuyim mahsharga qadar mangu armonimga aylandi. Butun O'zbekiston shunday judolikga uchragan bir vaqtda hech qancha o'tmay turib, "25 yildirki bunaqa imkoniyatlar bo'lmagan, biz ko'rmaganmiz bunaqa yaratilayotgan sharoitlarni" - degan mazmundagi axborot yangiliklari, televideniyadagi efirlar, taniqli insonlar ham so'zini shunday boshlashi..... bir necha oy oldin nega arz qilish o'rniga olqishlashgan.AfsuskiMana shunday kimsalarga O'zbekiston kelajagini topshirib qo'yganmiz (siyosiy madaniyati to'liq shakllanmangan oddiy xalq). Islom Karimov demokratik davlat qurish yo'lini to'g'ri tanlagan edilar, afsuski davom ettirolmadilar(ularga oson emas edi, butun boshli davlat uyoqda tursin, bitta oilasini amallab eplolmaydi ba'zilar). 25 yillik mustaqillik, yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlarni qoralash uyoqda tursin unutishga hech biringizni haqqingiz yo'q. Man hozirgi davrni yangi ham, renesans ham demayman. Sulaymon o'lib devlar qutilgan davr yoki nonko'rlar deb atayman atayman xolos.
Reles yotqizib, vagonlarni yasab,yoqilg'i solib, bekatlar qurib harakatga keltirgan poyezdini 25-ta bekatga kelganda boshqa haydovchiga topshirdi. Qolgan bekatlardan qanday o'tish yangi haydovchining qo'lida ( poyezdni noldan boshlab qursagina yangi deb atash mumkin). Yodimizdan chiqarmaylik poyezd emas haydovchi yangi va bekatlar orasidagi o'zgarishlar farqli,Poyezd yasab bo'lingan 1991 yilda.
Ozodaxon
Пахта териш мавсуми бир вактлар " Зарбдор фронт" деб номланган ва унга 7 ёшдан 70 ёшгача булган Узбекистон ахолиси жалб килинган. Ман акам Жиззахда ва опам Ёзевонда пахтада юрганларини эслайман биз уларни кургани ярим кечаси тогорада ош пишириб яшикларда узум ва анор олиб борардик. 26 - 27 декабр кунлари акам Жиззахдан кейин опам Езевондан пахтадан келишарди . Улар керзовый этик ва фуфайкада булардилар гур гур йуталиб печкани ёнида ураниб ётардилар . 5-6 кун онамни муолажаларидан кейин яхши булиб колишарди. Бу 1980-85 йиллар эди . Кучамиздан тинмай тележкада пахта утарди . Кечкурун кусак чувиб топширардик
Malades aka men hamisha sizga havas qiganman sizga ôxshashga intilaman tòğri gapiribsiz nasib bôlsa biz ham adolat uchun kurashaylik aka hamisha shunday yuring unitmang sizga ôxshashga harakat qiladigan yoshlar bor
MUSLIMBEK TOSHPÕLATOV 2003
Саламат Измаханов
Ха укувчилик,талабалик пайтларимиз далада утди. Сунг ишга кирдик ва яна пахта тердик. Шукуркий 5 йилдиркий хар ким уз иши билан банд. Укитувчи ва тиббиёт ходимларига зор булди.
Bir Umrlir Orzuim dala kôrish Paxtani bir marta ozini joyidan uzib korish paxta dalasini korganman ichiga kirib chanogidan uzib kormagan ekanman...Essiz 22 yil yoshimgacha uzim kormaganim alam qiladi 
Deyarli Paxta bilan Qiziq voqealarim yoq 
Lekin Orzuim bor Teriw Owa qiyinchiliklani korgim bor
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizga quyidagi ikkita savol bilan murojat qilmoqchi edim

1-) savol
Kelasi 2022 - 2023~o‘quv yilidan boshlab Magstraturaga hujjat topshirayotganda xalqaro toifadagi IELTS yoki CEFR talab qilinadi ushbu amal nomzodlik (Prezident, Navoiy, Beruniy) stipendiyasini olgan olgan bakalavrlarga ham tegishlimi yoki ular bundan mustasnomi chunki nomzodlik stipendiyasini olganlar Magstraturaga imtihonsiz grandga qabul qilinadi adashmasam.
Salom
paxta mavsumi!
4yil universitetda bilim olish uchun kontrakt puli tòlagan bòlsak shuni kamida 2yili paxta tarbiyalash yiģishga qatnashganmiz ayrim òqituvchilar normani bajarmadi deb dalada alla mahalgacha ushlab òtirgan. Òqishni bitirib paxtadan qutildik deganda talabalar ozod bòlib òqituvchilar paxtaga yuborildi. Qiyinchilik bilan òtgan bòlsa ham yoshlik davrimizdan ajoyib xotiralari bilan qadrli mavsum.
Shukrki bugun òqituvchi, talaba òz òrnida.
2-savol
Kelasi yildan magstraturaga hujjat topshirayotganda xalqaro toifadagi IELTS yoki CEFR bo‘lmasa, misol tariqasida olaylik
O‘zbekiston Milliy Universitetining Tarix yo‘nalishi magstraturasiga 10 ta grand kvota ajratildi lekin magstraturaga hujjat topshirgan baklavrlarning hech birida IELTS yoki CEFRi yo‘q ushbu holatda nima bo‘ladi, shu berilgan 10 ta grand kvota ochiq bo‘sh qolib ketadimi? Yoki kontraktga qabul qilinadimi? shu savollarimi rasmiy tarzda javob bersangiz, javoblar uchun oldindan rahmat.
Gulnora To'raboyeva
Zarin Ismoılova
Bir Umrlir Orzuim dala kôrish Paxtani bir marta ozini joyidan uzib korish paxta dalasini korganman ichiga kirib chanogidan uzib kormagan ekanman...Essiz 22 yil yoshimgacha uzim kormaganim alam qiladi  Deyarli Paxta bilan Qiziq voqealarim yoq  Lekin Orzuim bor Teriw Owa qiyinchiliklani korgim bor
Мана бизлардек пахта теришни орзу киладиган ёшлар бор экана, мактвбдв 5-синфдан то институтда 5-курсгача пахта тердим, сентябр ойидан декабргача, укитувчи булиб ишладим яна пахта....
Канча канча куз ёшлар, канча кувончли кунлар, ёшликнинг шухликлари....
Лекин фарзандларим узимдек кийналиб пахта теришларини хеч хам хохламайман, шунга харакат килиб касб хунарли киламан
Shu paytgacha oliygohda paxtaga borganimni eslayman. 3 yil litseyda o'qidik paxtaga jalb qilinmadik. To'g'ri ikki oy paxtada bo'lardik. Ya'niy sentabr va oktyabr oylarida. Ta'lim sifati o'z yo'liga lekin paxta davridagi do'stlik 35-50 kun kursdoshlar bilan bitta dasturxon atrofid o'tirish albatta 50-60 kishi bir oilaga aylanib ketardi. Xuddi shu davrdagi do'stlik 4 yil davomida talabalarga ta'sir o'tkazardi. Biz sovet davrdagidek yangi yilgacha paxta yurmadik Ollohga shukr. Men nonko'r bo'la olmayman. Chunki men o'sha davr non-tuzini yedim. Ochdan o'lganim yo'q yoki juda savodsiz yoki bilimsiz bo'lib qolganim yo'q. Ta'lim sifati haqida gapiradigan bo'lsam, shaxsiy fikrim bu jarayon ta'lim uchun juda bir ayanchli holat emas edi. Agar ta'lim sifati haqida qayg'ursangiz 100 yo 150 mln so'm pul bilan super kontraktga o'qiyotganlarni ayting. Bu degani endi puling bo'lsa diplom olasan deganimi. Siz o'ylab ko'ringchi biz sifat emas son ketidan quvib ketmadikmi. Bu kabi holatlar o'tkir ijtimoiy muommo ishsizlikni keltirib chiqarmaydimi. Bandlik boshqarmalariga murojaat qiladilar bandlik boshqarmalari budjet tashkilotlari(xususiylarga emas)ga bosim qiladi zahira ish o'rni yarat deb. Moliya tasdiqlab bermasa qayoqdan rahbar ish o'rni yaratadi yoki qachon bandlik kadr yuborar ekan deb zahira ish o'rni ushlab o'tiradi. Oxiri nima bo'ladi. Rahbarga jarima solinadi bazaviy hisoblashning o'n baravari miqdorida. Mard bo'lsa katta-katta xususiy sektordan so'rasin ish o'rni yaratishni. Chunki bu narsa ularning o'zini qo'lida pul o'ziniki davlatniki emas. Uzr mavzudan uzoqlashganim uchun. Men hamma jihatga qo'shilman ya'ni majburiy mehnat qismiga. Ammo ta'lim sifati haqida gapirilganda boshqa tamonlarni ham o'ylab ko'rish kerak menimcha. Uzr sog' bo'linglar
Bahrom
Вот бестыжий, как человек в 10 лет может учиться в 5 классе? И враньё это всё про хлопок, в то время этот хлопок нас кормил. Уважаемый Ислам Каримов основатель и великий президент Узбекистана. А вам надо стыдиться за эту не лепую ложь!
8-sinifligimda, adashmasam 30 kgga yaqin tergandim, puli esa 1700 soʻm boʻlgandi. shu pulni keyinroq beriladi degandi, berilmadi.
Kollejdaligimda paxtaga kelinglar deyilardi men va bir nechta oʻrtogʻim qaysarlik qilib bormasdik, keyin bir kuni kollej direktori bormayotganlarni, buyruqqa boʻy soʻnmayotganlarni chaqirib urishardi, lekin baribir bir-ikki borib yana qaysarliklar koʻrsatardik. (azizlar, bilasizlarmi, bu illatdan Islom Abdugʻaniyevich Karimovning hech qanday aybi yoʻq, U buyuk inson!!!)
Show next 91 comments