Мавзу очилгани учун пахтага оид хотираларим билан ўртоқлашгим келди.
5-синфда - 10 ёшлигимда илк марта пахта теришга чиққанимдан тортиб токи мажбурий меҳнатга қарши курашиш кампаниясида 5 йил ишлагунимгача бўлган воқеаларни ёдга олдим.
Охиридаги фикрларимни эшитиб кўрсангиз, бу мавзуни нима учун кўтарганимни, асосий айтмоқчи бўлган фикрларимни тушуниб оласиз, деган умиддаман.
❓Сизни пахта билан боғлиқ қандай хотираларингиз бор? Изоҳларда биз билан баҳам кўринг.👉 @xushnudbek 👈
Tunǵich ulning tıń kúchi,
Tunǵichimdan tunǵich óngan oppoǵim,
Kel doppinga taqayinchi, tunǵichim,
Tunǵich kuzgi tunǵichidan paxtaning!
Tunǵich kuzda
Tunǵich marta bilib qoy:
Pechonanga bosilgani bosilgan!
Oq paxtasiz-
Oq yollaring berik qoy.
Taǵdiringa yozilgani yozilgan!
(Erkin tarjima)
Men ham 1 -sinfda boshlab 1 kun paxtaga chiqanimizni eslayman. O‘sha paytlari paxta 25 so‘m edi. 1 sinf bolalari 1 etak paxta tergan edik. Lekin paxta chiqish xuddi bayramdek bo‘lgan edi. Xuddi Navro‘zga o‘xshab. Hamma har xil yeguliklar ovqatlar olib chiqan edi.
Keyin 5-sinfdan boshlab chiqdik.
Kollejda o‘qiganimda 3 yil paxtada bo‘lganman.
1kurs 64 kun
2 kurs 63
3 kurs 45 paxta terganman. Bir kun ham uyga kemagan edim. O‘sha paytlari. 3 kursgacha terimchi bo‘lib ketgan edim. 100 kilodan ko‘p ham tqrgandim.
Lekin paxta paylari yaxshi xotirada qoladigan paytlar ham bo‘lgan.
Kollejidi bitirdm bozorda savdo bn shugulandm Yana paxtaga odam ciqar bulardi Mana xammasi uz urnida
Lekin wuni esleman Xlob zavodga 12 borb 5 da qaygamiz paxta tozalab canogidan ajratb keyin termiga ciqb ham Norma 45 kg paxta tirbmiz uxlame davr buganakan esiz paxtade davrlarrr 🤦😂🤣
Siz bn bir masalada suhbat qilsak buladimi iltimos juda jiddiy
Умуман пахта бн боглик нарса бумаган и бумайди хам!👌
Xuddi o'sha majburiy mehnat to'xtatilsin deb qaror chiqqan 2017-yilda bolgandi bu voqea, lekin undan kn obchiqishmadi